So'rovnoma

Siz "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvini tomosha qilasizmi?


Ha, ashaddiy muxlisiman
  12 (32.4%)
Ha, qiziqaman
  6 (16.2%)
Ba'zida, vaqtim bo'lganda
  9 (24.3%)
Yo'q, ba'zida ko'zim tushib qoladi
  4 (10.8%)
Men umuman televizor ko'rmayman
  5 (13.5%)
Shunaqa ko'rsatuv bormi?
  1 (2.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 34



"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar  ( 75215 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:02:54

Assalomu alaykum aziz ziyouz.com Forumi a'zolari! Bu forum menga juda manzur bo'ldi. Menga yuborilgan PM maktublari va mavzularda qoldirilgan mulohazalardan shuni bildimki, "O'zbekiston" telekanali orqali efirga chiqadigan "ZAKOVAT" Intellektual o'yiniga qiziquvchilar va muxlislar ko'pchilikni tashkil qilar ekan. Albatta bu bizni quvontiradi.
Shuni inobatga olib men "Zakovat" Intellektual klubi haqida yangiliklar, ma'lumotlar, fotosuratlarni joylashtirishga qaror qildim.

Agar bu ishim sizga manzur bo'lsa, bundan bag'oyatda xursand bo'lardim. Fikrlaringizni kutib qolaman.

Hurmat ila,
Y_U_R_I_S_T

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:05:33

Hurmatli "ZAKOVAT" muxlislari diqqatiga!!!

Agar siz ham "Zakovat" intellektual klubiga a'zo bo'lmoqchimisiz?! Siz ham bilimdonlar hayotiga qo'shilishni xoxlaysizmi? Dunyoning sirli savollariga yechim topmoqchimisiz? Unda bunday imkoniyat sizda bor!!!

Jamoa bo'lib "ZAKOVAT" o'yinlarida o'ynamoqchi bo'lganlar uchun har hafta shanba kuni soat 17:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) eshigimiz ochiq.
U yerda siz "Zakovat" klubining barcha jamoalari orasida o'ynaysiz, siz ham o'zingizni bilimlar dunyosida his qilasiz. Bir oylik badal to'lovi bir jamoa uchun 15.000 so'm.
Xozirda har hafta ichki chempionatlar ketmoqda. G'olib jamoa 10.000 so'm bilan taqdirlanadi. Marhamat, bilimni qadrlaydiganlarni kutamiz.

Yakka tartibda tuganmas ilm xazinasiga ega bo'lishni xoxlaganlarni esa Bilimdonlik kurslariga taklif etamiz. Har hafta seshanba kuni soat 15:00 da Milliy Universitet Madaniyat saroyida kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:08:33

Furqat Qurbonov, Rustam Jabborov va Bobur Imomov Rossiyaning "Chto? Gde? Kogda?" o'yinlari 2007-yilgi "Billur sava" sohibi Boris Burda bilan.



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:10:20

Boris Burda "Zakovat" O'yinlarida!!!




Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:15:33

ZAKOVATda Yangi Yil --- Fatxulla Ma'sudov va  Ra'no Yarasheva: Savolga Javob topish aktyorlikdan qiyinroq ekan.




Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:23:52

ZAKOVATda Yangi Yil --- Saida Rametova qo'shiq kuylamoqda




Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:30:59

ZAKOVATda Yangi Yil --- Mahmud Namozov: Men ham Zakovatga befarq emasman!



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:32:24

ZAKOVATda Yangi Yil --- Hamma qarasin: xozir qushcha uchib chiqadi.


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:33:22

ZAKOVATda Yangi Yil --- Farxod Abdullayev: "Zakovatchilar" bilan esdalikka bir rasmga tushay!



Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:34:21

ZAKOVATda Yangi Yil --- Kamina o'zimning eng yoqtirgan aktrisam bilan!
(P/S: Ra'no Yarashevaning ajoyib rollarini ko'rib xavas qilardim. Ularning qanchalik aqlli ayol ekanligini ko'rganimdan so'ng esa ularga bo'lgan hurmatim va muhabbatim cheksiz darajada ortdi)


Qayd etilgan