So'rovnoma

Siz "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvini tomosha qilasizmi?


Ha, ashaddiy muxlisiman
  12 (32.4%)
Ha, qiziqaman
  6 (16.2%)
Ba'zida, vaqtim bo'lganda
  9 (24.3%)
Yo'q, ba'zida ko'zim tushib qoladi
  4 (10.8%)
Men umuman televizor ko'rmayman
  5 (13.5%)
Shunaqa ko'rsatuv bormi?
  1 (2.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 34



"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar  ( 99140 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 B


Y_U_R_I_S_T  23 Mart 2009, 19:35:35

Bobur Yoqubov jamoasi ilk g'alabaga juda yaqin edi

Yurtimizda yangilanish va yosharish bayrami bo’lmish Navro’z ayyomi shukuhi kezib yurgan bir paytda, "Zakovat" Intellektual o’yinlarida Oliy Liga bahslarining 1-turidagi eng so’ngi o’yin o’tkazildi. Ushbu o’yinda 2009-yilgi Oliy Liga Saralash bahslarining g’olibi Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etdi. Aytish mumkinki, bo’lib o’tgan o’yin qiziqarli vaziyatlarga va ehtiroslarga boy hamda bayramona ruhda o’tdi. Oliy Ligada har bir ochko qadrli ekanligini tushunib yetgan bilimdonlar, barcha savollar javobini jon kuydirib izlashga harakat qildilar. Butun o’yin mobaynida na bilimdonlar, na teletomoshabinlar yaqqol ustunlikka ega bo’ldilar, aksincha o’yin teng kurashlarga boy bo’ldi. Buni eng oxirgi raunddan oldin hisob 5:5 bo’lib turganidan ham bilsa bo’ladi. Aksiga olganday, oxirgi 11-raundda Blits savol tushdi. Bobur Yoqubov jamoasi ushbu Blits-savollarning ikkitasiga aniq javob berdilar, ammo hal qiluvchi uchinchi savolning yechimini topa olmadilar. Buning natijasida Oliy Ligadagi ilk g’alabani qo’lga kiritishga juda yaqin turgan bilimdonlar mag’lubiyat alamini totib ko’rishga majbur bo’ldilar.

Eng yaxshi bilimdon deya, Saidkamol Abdurazzoqov topildi. Ushbu o’yinda ham Super Blits, Blits savol, Internet savoli hamda 12 raqamli savol (Boshlovchining o'zi bilimdonlar oldiga chiqib savol beradi)   o'ynaldi.

Oliy Liga-2009
1-tur. 4-o'yin
Bovur Yoqubov jamoasi

Jamoa tarkibi:

Bobur Yoqubov - Toshkent Tibbiyot akademiyasi sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi assistenti
Saidkamol Abdurazzoqov — "œDilight" qo’shma korxonasi menedjeri
Umid Valiyev - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh mutaxassisi
Zafar Mirzaboyev — Iqtisodchi
Akmalxon Amilov — Xitoyshunos-sinolog
Xushnudbek Xudayberdiyev — Toshkent Davlat Yuridik Instituti 3-bosqich talabasi

Hisob:



Maqolani to'liq ko'rish manzili:
http://zakovat.mtrk.uz/uz/news/show/news/bobur_yoqubov_jamoasi_ilk_galabaga_juda_/

Qayd etilgan


J@hongir_shox  10 Iyul 2010, 14:29:15

men ushbu o`yinga qiziqishim oshdi mana shu saytni tashkit qilgan odamga o`z minnatdorchiligimni bildiraman kattakon rahmant men endi faqat shu intelektual o`yinni tomosah qilaman   
  SAVOL:
ikkita sonni bir biriga qoshsa ham ularni ko`paytirganda xam javov 10 chiqadi . Javobingizni kutaman J@hongir_shox ! ! ! . . .

Qayd etilgan


gayrat17  12 Iyul 2010, 11:21:30

javob - shou biznes=zakovat  ???

Qayd etilgan


Sadulla  12 Iyul 2010, 12:52:11

 :as:

Kecha kechqurun televizor kanallarini aylantirib o'tirsam TV1 kanalida zakovat bo'votkanakan.Ozgina tomosha qilib o'tirsam ko'zim jilmayib turgan bir bolaga tushib qoldi.Shunda man bu bolani tanib qoldim,bu o'zimizzi Y_U_R_I_S_T akan.Diydor shirin mavzusida rasmlarini ko'rganimga tanib qoldim.Zakovatchilar orasida forum ahlidan bo'lgan insonni ko'rish odammi xursand qildi,bundan keyin ham bu Zakovatchini ishlarida omad tilab qolamiz.

Qayd etilgan