So'rovnoma

Siz "Zakovat" Intellektual ko'rsatuvini tomosha qilasizmi?

Ha, ashaddiy muxlisiman
  12 (32.4%)
Ha, qiziqaman
  6 (16.2%)
Ba'zida, vaqtim bo'lganda
  9 (24.3%)
Yo'q, ba'zida ko'zim tushib qoladi
  4 (10.8%)
Men umuman televizor ko'rmayman
  5 (13.5%)
Shunaqa ko'rsatuv bormi?
  1 (2.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 34

"ZAKOVAT" INTELLEKTUAL KLUBI: yangiliklar, fotosuratlar, ma'lumotlar  ( 99194 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B

Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 18:35:15

ZAKOVATda Yangi Yil - Zakovatda yangi oila paydo bo'ldi: Qosimovlar oilasi!!! Nodirbek Qosimov o'zlarining juft xaloli bilan!!!

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 19:53:32

OLIY LIGA-2008

1-tur

1-o'yin

Oliy Liganing ilk o'yini Furqat Qurbonov jamoasi bilan bo'ldi. 2006-yilning chempionlari bo'lgan bu jamoaning o'yini muxlislarni juda qiziqtirishi tabiiy. Variantlar, muhokamalarga boy o'tishi, undagi bilimdonlar ham muxlislar qalbidan o'rin olgan. Ayniqsa Furqat Qurbonov, Nodirbek Qosimov, Rustam Jabborovlar ko'psonli muxlislarga ega.
Xullas bu o'yin ham qolganlaridan qolishmagan tarzda o'tdi. Faqat oldingi Oliy Liga o'yinlari kabi 1-bo'lib o'ynash bu jamoaga ham qiyinchilik tug'dirdi. Garchi hisob 4:6 ko'rinishini olgan bo'lsa ham asosiysi qiziqarli va esda qolarli o'yin bo'ldi deb bemalol ayta olaman. Eng yaxshi o'yinchi deb Rustam Jabborov topildi.

Jamoa a'zolari:

Nodirbek Xalilov --- talaba
Zuhriddin Abduraximov --- Moliya instituti magistranti
Bobur Imomov --- Tibbiyot Akademiyasi rezidenti
Nodirbek Qosimov --- Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi xodimi
Rustam Jabborov --- jurnalist
Furqat Qurbonov --- xalqaro ishlar bo'yicha kordinator

Hisob:

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 20:05:25

OLIY LIGA-2008

1-tur

2-o'yin

Oliy Liga baxslarining 1-tur ikkinchi o'yini 10-fevral kuni, ya'ni shu hafta yakshanba kuni soat 18:10 da "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bunda 2007-yilning chempionlari deb topilgan Bobur Yoqubov jamoasi "maydonga tushadi".

Jamoa a'zolar:

Akmalxon Amilov - TDSHI 4-bosqich talabasi
Zafar Mirzaboyev - TDIU 4-bosqich talabasi
Xushnud Xudayberdiyev - TDYI 2-bosqich talabasi
Umid Valiyev - O'zbekiston Milliy banki xodimi
Maqsud Sharopov - G'ijduvon tumani Soliq Inspeksiyasi xodimi
Bobur Yoqubov - Sud-Tibbiyot ekspertizasi eksperti

Ko'rishni unutmang!!!!!!!!!!!

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 19:05:51

OLIY LIGA-2008

1-tur

2-o'yin

Mana 2008-yilgi Oliy Liga o'yinlarining 2-o'yini ham bo'lib o'tdi. Bu o'yinda 2007-yilgi Oliy Liga o'yinlarining chempion jamoasi, ya'ni Bobur Yoqubov jamoasi o'ynadi. Ammo afsus ular kutilgan natijani bera olishmadi. O'yinda bilimdonlar o'zlarini ancha erkin tutgan bo'lsalar ham, ammo Teletomoshabinlardan kelgan savollar oldida ancha qiynalib qolishdi. Bu ham muxlislarning Zakovat o'yinlariga e'tibori ancha yuqoriligidan dalolatdir. Sababi yildan-yilga muxlislardan kelayotgan savollar darajasi ancha yuqori bo'lmoqda. O'yinda bir-biridan qiziq savollar, xususan ekran savoli, boshlovchi tomonidan bilimdonlarga yuzma-yuz ravishda berilgan savol(tishlar haqida) shular jumlasidandir.

Eng yaxshi o'yinchi deb Maqsud Sharopov topildi.

Hisob

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  19 Fevral 2008, 20:33:00

OLIY LIGA-2008

1-tur

3-o'yin

Oliy Liga baxslarining 1-tur uchunchi o'yini 24-fevral kuni, ya'ni shu hafta yakshanba kuni soat 18:10 da "O'zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bu o'yinda "Zakovat"ning yangi jamoasi Jobir Ahmedov Jamoasi o'yinga tushadi. Xo'sh, ilk marta stol atrofiga o'tirgan (albatta barcha o'yinchilar emas) bilimdonlar qanday natijaga erishar ekan. Buni tez kunda bilib olamiz.

Jamoa a'zolari:

Farrux Rafiqov   ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Nizomiddinxo'ja Nig'monov  ---  Arxitektura va qurilish instituti 4-bosqich talabasi

Mavlon Marasulov  ---  Jahon tillari Universiteti 3-bosqich talabasi

Jasur Najmiddinov  ---  Islom Universiteti magistranti

Shavkat Ulug'ov  ---  O'zNeftGaz kompaniyasi xodimi

Jobir Ahmedov  --- jamoa sardori, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Magistranti

Ko'rishni unutmang!!!!!!!!!

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 19:00:44

E'lon!!!

Hurmatli "Zakovat" intellektual o'yini muxlislari!!!

23-24 fevral kunlari "Kamolot" YIH bilan hamkorlikda "Zakovat"ning 3-Respublika Festivali bo'lib o'tadi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Festivalning 1 va 2-o'rin sohiblari Televizion o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ma'lumot uchun oldingi festivallar g'olibi Buxoro viloyati jamoasi hisoblanadi.

Siz ham qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanmoqchi bo'lsangiz marhamat qilib tomoshaga tashrif buyurishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz festival 23 fevral kuni soat 15:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) boshlanadi. Final qismi esa ertasiga b24 fevral kuni ertalab soat 9:00 dan boshlanadi.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  26 Fevral 2008, 09:49:05

Mana kutilgan o'yin ham bo'lib o'tdi. Debyutant jamoa ancha ishonchli o'ynadi. Ular garchi ilk marta stol atrofida o'ynayotgan bo'lsa-da (ba'zi o'yinchilardan tashqari) o'zlarini erkin tutishi va erkin fikrlashi bilan muxlislar ko'nglidan joy ololdi deb o'ylayman. Ular garchi 3:6 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham chiroyli o'yin ko'rsata olishdi. Hatto ular  3:2 hisobida oldinga ham chiqib olishgandi. Ammo baribir tajriba o'z so'zini aytdi. Natija boshqacha ko'rinish oldi.

Eng yaxshi o'yinchi deb Shavkat Ulug'ov topildi.

Xullas bu safar ham tomoshabinlar bilimdonlardan ustun kelishdi.

OLIY LIGA-2008

1-tur

3-o'yin

Hisob:

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  26 Fevral 2008, 13:14:50

E'lon!!!

Hurmatli "Zakovat" intellektual o'yini muxlislari!!!

23-24 fevral kunlari "Kamolot" YIH bilan hamkorlikda "Zakovat"ning 3-Respublika Festivali  bo'lib o'tadi. Bunda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlardan jamoalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

Festivalning 1 va 2-o'rin sohiblari Televizion o'yinda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Ma'lumot uchun oldingi festivallar g'olibi Buxoro viloyati jamoasi hisoblanadi.

Siz ham qiziqarli o'yinlar guvohiga aylanmoqchi bo'lsangiz marhamat qilib tomoshaga tashrif buyurishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz festival 23 fevral kuni soat 15:00 da "Kamolot" YIH Respublika binosida (O'rda) boshlanadi. Final qismi esa ertasiga b24 fevral kuni ertalab soat 9:00 dan boshlanadi.

Oldin xabar berib o'tganimizdek, "Yoshlar yili" munosabati bilan o'tkazilgan 3-Respublika "Zakovat" Festivali ko'ngilli darajada bo'lib o'tdi. Unda Respublikamizning turli viloyatlari va Toshkent shahridan 21 jamoa ishtirok etdi.
Bular quyidagilar:

1. "Ziyoli yoshlar" (Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus Davlat Universiteti)
2. "A-Z" (Andinjon viloyati Andijon shahar)
3. "Tafakkur yog'dusi" (Andijon viloyati Shahrihon tumani 2-ixtisoslashgan litsey)
4. "BuxDU (Buxoro Davlat Universiteti)
5. "Fidokor" (Buxoro shahri)
6. "Evrika" (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri)
7. "Navoiy " (Navoiy Davlat Pedagogika Instituti)
8. "Iqtisodchilar" (Navoiy viloyati)
9. "Muhandis" (Namangan viloyati)
10. "Afrosiyob" (Samarqand viloyati)
11. "Registon" (Samarqand viloyati)
12. "Al Hakim at-Termiziy" (Surxondaryo viloyati)
13. "Angren" (Toshkent viloyati Angren tumani)
14. "Intellekt" (Farg'ona viloyati)
15. "Xorazm" (Urganch Davlat Universiteti)
16. "Xaker" (TATU Urganch filiali, Xorazm viloyati)
17. "Nurli istiqbol" (Toshkent shahar Soliq Akademiyasi)
18. "Yurist" (Toshkent Davlat Yuridik Instituti)
19. "Arxitektor" (Toshkent Arxitektura va qurilish instituti)
20. "Texnika Yulduzlari" (Texnika Universiteti)
21. "O'zDJTU" (O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti)

Festivalga bir necha o'zgartirishlar kiritildi. Xususan bu yilda, oldingi festivallar kabi Saralash bosqichi, Yarim Final, Final o'yinlari o'tkazilmadi. Barcha g'oliblar 5-tur natijasiga ko'ra aniqlandi. Har bir turda 12 tadan savol berildi. Jami 60 ta savol. Hamma jamoalar 60 ta savolda ishtirok etdi.

2-o'zgarish, Festivalda endi faqat 1 va 2-o'rinlarni egallagan jamoalr emas, balki kuchli uchtalikka kirgan jamolar ham televizion o'yinda qatnashish huquqini qo'lga kiritadigan bo'ldi. Demak, festivalda g'olib bo'lgan 3 jamoa TV da chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Bir so'z bilan aytganda Festivalga kiritilgan bunday ijoyib o'zgartirishlar kiritilishi va mukammal tashkillashtirilishi uning ajoyib tarzda o'tishiga zamin bo'ldi.

Sizlarning e'tiboringizga Festival haqida fotoreportaj tayyorlab taqdim etaman.
P/S: Ba'zi suratlar sifati pastroq chiqqani uchun oldindan uzr.

Siz Festivalda kim g'olib chiqqanini bilmoqchimisiz??? Unda maqolani oxirigacha o'qing va tomosha qiling!!!

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  26 Fevral 2008, 13:17:11

24/02/2008 - 09:30. Festival boshlanish arafasida. Jamoalar hali "jang maydoniga" kirib kelishgani yo'q.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  26 Fevral 2008, 13:18:19

Hakamlar va ochkolarni hisoblash guruhi: (chapdan) Zafar Mirzaboyev, Saidkamol Abdurazzoqov, Umid Valiyev

Qayd etilgan