Yosh oilalar o’rtasidagi breyn-ring musobaqasi g’olibi Andijonlik oila
Muqaddas tushunchalardan biri bo’lmish oila tarixi uzoq ibtidoiy davrga borib taqaladi. Aynan inson hayotini ta’minlash uchun oilalar qurish kerakligi anglab yetilgan. Albatta oilada bo’lajak voris oila ustunlari, ya’ni ota-onadan ta’lim, xulq-atvor va umuman komillikka erishish tarbiyasini oladi. Bekorga oila muqaddas dargoh deb aytilmaydi. Bejizga yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan 1998-yil "œOila yili" deb e’lon qilinmagan edi.
"œYoshlar yili" munosabati bilan "œZakovat" Intellektual klubi "œKamolot" YIH bilan hamkorlikda "œYosh oilalar — jamiyat negizi" loyihasi asosida Respublikamizning viloyatlar, Toshkent shahar va Qoraqalpog’iston Respulikasidan kelgan yosh oilalar orasida 27 noyabr kuni Breyn-ring musobaqasini tashkil etdi. Undan ko’zlangan asosiy maqsad oilalar o’rtasida bahs tashkil etish emas, balki oila a’zolarining bilim saviyasini oshirish, ularning barkamollikka erishishlariga imkon qadar o’z hissasini qo’shish edi. Zero, sport inson sog’lig’i garovi bo’lsa, aqliy mehnat uning ruhiy kamolidir. Breyn-ring musobaqasi natijalariga ko’ra Andijon viloyatidan kelgan Sobirovlar oilasi 1-o’rinni, Navoiylik Ubaydullayevlar oilasi 2-o’rinni, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan Ahmedovlar oilasi faxrli 3-o’rinni egalladi. Eng asosiysi yosh oilalar o’rtasidagi hamkorlik, ularning fikr almashishi kabi vazifalar ham amalga oshdi. Chunonchi, "œZakovat" Intellektual klubining asosiy maqsadi ham bilimga chanqoq, intiluvchan insonlarni yaqinlashtirish va jamiyat hayotiga shu orqali ko’proq hissa qo’shishni ta’minlashdan iboratdir.
Breyn-ring musobaqasida ishtirok etgan yosh oilalar:
1. Qoraqalpog’iston Respublikasidan
Matjonovlar oilasi 2. Andijon viloyatidan
Sobirovlar oilasi 3. Buxoro viloyatidan
Axmedovlar oilasi 4. Navoiy viloyatidan
Ubaydullayevlar oilasi 5. Namangan viloyatidan
Mirzayevlar oilasi 6. Samarqand viloyatidan
Voseyevlar oilasi 7. Sirdaryo viloyatidan
Daliyevlar oilasi 8. Surxondaryo viloyatidan
Jumayevlar oilasi 9. Toshkent viloyatidan
Yesidinovlar oilasi 10. Toshkent shahridan
Kultashevlar oilasi 11. Farg’ona viloyatidan
Fayzimurodovlar oilasi 12. Qashqadaryo viloyatidan
Shirinovlar oilasiManba:
www.zakovat.mtrk.uz