Abu Bakr Siddiq r.a. hikmatlaridan  ( 8158 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 09:12:46

Abu Bakr Siddiq (572-634) - Payg‘ambarimizning (s.a.v.) eng yaqin sahobalari va qaynotalari, to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifaning birinchisi, ilk Islom bilan sharaflanganlardan.


To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying.

* * *
   
Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.

* * *
   
Dunyo - mo‘minlarning bozori, kecha va kunduz - sarmoyalari, go‘zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa zararlaridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 09:13:14

Ey insonlar! Siz qay zamon tugashi sizga noma’lum bir umr ichida kun va tunlaringizni o‘tkazmoqdasiz. Agar qo‘lingizdan kelsa, bu hayotingizni solih amallar bilan o‘tkazing. Buni ham faqat Alloh taoloning yordami bilan amalga oshira olasiz. Ajalingiz sizdan ishlash fursatini olib qo‘ymasdan turib, imkoniyatlaringizni ishga soling, xayrli amallarga shoshiling. Zero, ajallarini unutgan, amallarini boshqalarga tashlagan kimsalar ham bordir. Zinhor ular kabi bo‘lmang. Tezroq bo‘ling, g‘aflatda qolmang... Yashayotgan kishilarga emas, o‘lganidan so‘ng ular ortda qoldirayotgan go‘zal narsalarga havas qiling!
   
* * *

Dunyo ila oxirat ikki oilasi bor kishiga o‘xshar. Inson birini rozi qilarkan, ikkinchisini ranjitadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 09:14:38

Mol ziqnalarning, qurol qo‘rqoqlarning, rahbarlik zaiflarning qo‘liga tushsa, ishlar buziladi.
   
* * *

Bir joyda axloqsizlik yoyilsa, Alloh (yaxshi-yomonni ayirmay) barchaga birday balo yuboradi.

* * *

Hech bir musulmon o‘zidan boshqa musulmonni haqir va kichik deb bilmasin, chunki kichik ko‘ringan musulmon Allohning nazarida kattadir.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=473&Itemid=60

Qayd etilgan


Wild Flower  05 Noyabr 2009, 20:10:37

Hazrat Abu Bakr r.a. og'izlariga tosh solib yurar ekanlar. "Bu toshlar meni g'iybat va bo'hton gapirishimdan saqlaydi"- deb aytganlar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:25:20

Abu Bakr Siddiqdan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œUch narsaga uch narsa bilan erishilmaydi:
Boylikka umid bilan, yoshlikka bo’yanish bilan, sihat-salomatlikka dori-darmon bilan"


Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:26:59

Abu Bakr siddiqdan  :ra: Alloh taoloning quyidagi oyati haqida rivoyat qilinadi:
"œQuruqlikda va dengizda fasod zohir bo’ldi" oyatidagi quruqlik tildir, dengiz esa qalbdir. Agar til fasod bo’lsa, unga nafslar yig’laydi, agar qalb fasod bo’lsa, unga moilaklar yig’laydi".

Ibn Hajar Asqaloniyning "œOxirat kuniga tayyorgarlik" kitobidan

Qayd etilgan