Buyuk sahobalar hikmatlaridan  ( 5523 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 09:17:09

Abu Hurayra (vafoti 75/678) - Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yaqin sahobalaridan va u zot bilan barcha janglarda qatnashgan. Hazrat Rasulullohdan 5374 ta hadis rivoyat qilgan.

Men hech kimdan biror narsa so‘ramayman. So‘ramasimdan nima bersa, olaman.

* * *

Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘lini ham ko‘rsatib qo‘ygan.

* * *

Zolimning zulmidan ezilgan va qo‘rquv bosgan tuvaloq inida yotgan joyida jon beradi.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=470&Itemid=60

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:36:44

Abu Zarr G’iforiy (vafoti h. 31) - ilk Islomga kirganlarning beshinchisi, taniqli olim, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) 179 hadis rivoyat qilgan.

Ey insonlar, azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin!

* * *

Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qorong‘usida turib namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting... Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bor. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangizga sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foydasi emas, zarari borligi uchun unga ehtiyojingiz yo‘qdir.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=462&Itemid=60

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:38:52

Abdulloh ibn Umar (vafoti 73/693) - mashhur sahobalardan, mujtahid, faqih, Rasuli akramdan 2630 hadis rivoyat qilgan, hazrati Umarning o‘g‘li, o‘z davrida fatvoda juda peshqadam bo‘lgan.

Agar biror kishi xufton va bomdod namozlarida jamoatga chiqmasa, uni munofiq, deb gumon qilardik.

* * *

Misvok ishlatilgandan keyin o‘qilgan namoz misvok qilmasdan o‘qilgan yetmish besh namozdan ko‘ra fazilatlidir.

* * *

Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.

* * *

Bir bandaga dunyo molidan nima yetsa, saxiy bo‘lsa ham, Alloh nazdidagi darajasi pasayadi.

* * *

Bandaning vujudida pokiza tutilishi lozim bo‘lgan eng muhim a’zo tildir.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=460&Itemid=60

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:40:30

Abu Muso al-Ash’ariy (vafoti h. 50) - Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sahobalaridan, yetuk muhaddis va faqih, ammo hadisning yozilishini xush ko‘rmaganlar.

Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islomning chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, sabr, shukr. Taqvo - ishlarning asosi, kamtarlik -kibrdan uzoq bo‘lish, sabr - do‘zaxdan najot topish, shukr - jannat bilan mukofotlanishdir.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=459&Itemid=60

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:42:35

Abu Juhayfa (vafoti h. 72) - Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalaridan.

Ulug‘lar bilan o‘tir, ulamolar bilan birga yur, hukamolar bilan do‘st bo‘l.

http://islom.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=455&Itemid=60

Qayd etilgan