Kunlarning birida Madinaga Tag’lib qabilasidan bo’lgan odam keldi. Ust-boshidan uning musulmon emasligi ko’rinib turardi. U xalifni qayerdan topishini so’radi va odamlar aytgan joyga yo’l oldi. Hazrati Umar badaviyni ko’rib:
- Gapir dardingni, - dedi.
- Men tag’lib qabilasidanman. Otimga soliq to’lash uchun Ziyod ibn Xuzayrga uchradim. Otimni yigirma ming dirhamga baholadi. Keyin: "œIstasang, ming dirhamni to’la, istasang, senga o’n to’qqizming dirham beraylik-da, otni bizga qoldir", dedi. Men otimni adolat bilan yigarma ming dirhamga baholaganlari uchun ming dirham soliqni to’lab u yerdan ketdim. Lekin ishlarimni bitirib, o’sha shaharga borsam, yana soliq to’lashni talab qilishdi. Ularga otimning solig’ini to’lab bo’lganimni aytsam ham, unashmadi. Vaziyatni o’zingizga tushuntirib berish uchun bu yoqqa keldim.
Hazrati Umar badaviyning gaplarini eshitib hafa bo’ldi:
- Bitta otdan ikki marta soliq olinmaydi-ku! — dedi.
Haligi odam u zotning: "œDarhol buyruq yoz. Bu odamning haqqiga hiyonat qilinmasin", deyishini kutdi. Lekin Hazrati Umar indamay, yana o’z ishlari bilan mashg’ul bo’ldi. Tag’liblik kishi xalifa huzuridan chiqarkan, kelganiga afsuslandi. Buyog’I boradigan joyi, shikoyat qiladigan odami yo’q edi. U endi shuncha yo’l bosib kelganiga kuysinmi yoki nohaklik tufayli to’laydigan ming dirhamigami? Yo’lda ketarkan, o’ziga o’zi "œOdil xalifa deganlari shu bo’lsa, zolimi qanday bo’larkan?" dedi.
Ikkinchi marta soliq to’lash uchun Ziyodning oldiga bordi. Ziyod esa javoban shunday dedi:
- Ol pulingni. Sen avvalroq, soliq to’lagan eding.
Badaviy sevinib ketdi.
- O’zingiz ikki marta olmoqchi edingiz-ku!
- To’g’ri, lekin xalifadan kelgan buyruqqa ko’ra, yil o’tmay turib, ikkinchi marta soliq olish mumkin emas. Undan keyin sendan uzr so’raymiz.
Tag’liblik hammasini tushundi. "œXalifa ko’p gapirgandan ko’ra, amalda qilishni afzal ko’rar ekan".
Hazrati Umar vaqtni boy bermasdan yuqoridagi amrni yuborib, bu odam yetib kelmasdan Ziyodni ogohlantirgan edi. Holbuki, o’sha payt Hazrati Umar: "œSen nasroniymisan? To’layver", deyishi mumkin edi.
Badaviy qisqa fursatda bir qarorga keldi:
- Men xalifaning diniga kirish uchun nima qilishim kerak?
U aytilganidek avval g’usl qildi, keyin shahodat kalimalarini aytib, ikki rak’at namoz o’qidi.
"œHazrati Umar" kitobidan Ahmad Lutfiy