Doimo g’olib edilar
Qari kampirning hayoti bir muncha og’ir kechar edi. Chunki uning na yaqinlari, na bollari — hech kimi yo’q edi. Buning ustiga, ko’zi ham ojiz edi. Bundan xabar topgan Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu zudlik bilan uning yoniga kelib:
- Ey onajon, men sizning holingizdan har kuni habar olib turaman. Uyingizni supurib-sidirib qo’yaman. O’zingizga qarayman. Taomingizni pishirib beraman. Siz endi hech bezovta bo’lmaysiz. Mashaqqat ham chekmaysiz, - dedilar. — Faqat bir iltimosim bor. Meni hech kimga aytmaysiz. Sizga ko’rsatayotgan xizmatimni ham biron kimsaga bildirmaysiz? Xo’pmi?
Kampir xursandlik bilan bunga rozi bo’ldi. Ona-boladek hayot kechira boshlashdi. Kunlar o’tdi. Hazrati Umar roziyallohu anhu olihimmat ishlarini davom ettiraverdilar. Kunlarning birida kampirning holidan xabar olay deb kirdilaru hayratdan yoqa ushlab qoldilar. Uy supurilgan, atrof chinnidek top-toza. Kampirning oldiga taom ham qo’yilgan.
Hazrati Umar roziyallohu anhu taajjublanib:
- Ey onajon! Men sizga, hech kimga aytmang, men o’zim sizga qarab turaman degan edim-ku, - dedilar.
- Men hech kimga hech narsa aytganim yo’q, - deb javob qildi kampir.
Hazrati Umar roziyallohu anhu "œSavobli ishni mendan oldin qilayotgan inson kim ekan", deb turgan vaqtlarida, ne ko’z bilan qarasalarki ichkaridan Amirul-mo’minin Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu chiqib kelmoqda edilar.
- Siz"¦ sizmisiz, ey amirul mo’minin, jonu-tanim sizga fido bo’lsin, - dedilar-u, boshqa so’z aytishga tillari aylanmay qoldi.
O’sha vaqtlarda Hazrati Umar roziyallohu anhu adliya ishlariga ams’ul edilar. Ul zot: "œQanday ishda bo’lmasin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan musobaqalashmay, u kishi g’olib chiqar edilar", deb tan olgan ekanlar.
"œSaodat quchganlar ibrati"