Топ рейтинг www.uz Namanganliklar ham bormi???

Namanganliklar ham bormi???  ( 63455 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Abdulhafiz  07 Iyul 2009, 23:21:22

Vaalaykum assalom.
Biz har kuni Alloh nasib etganicha shu yerdamiz.

Qayd etilgan


IXLOS  21 Iyul 2009, 16:16:47

Assalomu aleykum aziz Namanganliklar va barcha musulmon birodarlar!
Biz xam Qodir OLLOXning qudrati ila ushbu go'zal diyorni
Uychi tumanida tavallud topganmiz.Karami keng zotni qutrati
bilan Abdulhafiz do'stim sababchi bo'lib biz ushbu forumga qo'shildik.
Men o'zimga kerakli insonlarni (do'stlarimni)  endi topdim va ularni OLLOX xoxlamagunicha
tashlab ketmayman (INSHOOLLOX).

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Sentyabr 2009, 10:49:51


Assalamu aleykum.
Birodarlar bu yergayam yozib turinglar...

Qayd etilgan


Ziyovuddin  08 Sentyabr 2009, 10:57:58

O'zlaridan bo'lsin. U bu narsa deb boshlab bering davo ettiramiza :)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Sentyabr 2009, 11:06:50

Shu boshlashi qiyinroqda.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Sentyabr 2009, 11:07:41

O'zlaridan bo'lsin. U bu narsa deb boshlab bering davo ettiramiza :)
Namanganda bo'lganmisiz?

Qayd etilgan


Ziyovuddin  08 Sentyabr 2009, 11:51:34

Bo'maganmande. Lekin Namanganliklarni yaxshi avtomobil ustasi deb eshitaman.

Qayd etilgan


Ansora  08 Sentyabr 2009, 18:27:46

Namanganni olmasi bilan gullarining mashur ekanligini bilaman. Keyin ashulasi ham bor, Namanganni olmasi,,,,:) 

Qayd etilgan


Fatima  12 Sentyabr 2009, 15:17:59


Assalamu aleykum.
Birodarlar bu yergayam yozib turinglar...

Vaalaykum assalom
Qayerlardadir o`qiydiganlarga savol namanganliklarga: Yangi o`quv yilini yaxshigina boshlab oldizlami? Ishlaydiganlar ishla bilan charchamayapsilami?

PS: nima deyishni bilmay shuni yozib qo`ydim  :)

Qayd etilgan


IXLOS  12 Sentyabr 2009, 15:51:57

Bismillahir rohmanir rohiym!
Assalomu aleykum Ahli Namanganliklar va barcha musulmon birodari azizlar.


Vaalaykum assalom
Qayerlardadir o`qiydiganlarga savol namanganliklarga: Yangi o`quv yilini yaxshigina boshlab oldizlami? Ishlaydiganlar ishla bilan charchamayapsilami?

PS: nima deyishni bilmay shuni yozib qo`ydim  :)
Fatima opa sizga katta raxmat Ollohga shukr o'qishlarni eson-omon, tinch-osoyishta kunlarda boshlab
oldik.
Eng qizig'i shuki xali o'qish boshlanmasdan oldin paxta masalasini xal qilib bo'lgandik(qachondan paxta boshlanishini)
xa mana o'qishni xam boshladik xaqiqatdan xam o'qishni ilk kunidan shu masala ko'tarildi ex shunday muammo
bo'lyaptiki asta qo'yaverasizlar, kimlardir VKK to'g'rilagan kimdir yana qayerlargadir yugurib qolgan.
Nima bo'lganda xam o'qish desa  :2 :3 :5 asta gapirmang...
Xa gapiraman desa gap ko'p eng zo'rini aytaymi?
nega xa demayabsizlar?
Ana endi bo'ldi endi aytaman shu desangiz domlalar talabalarni qo'rqitishni boshlashdi nima bilan deysizmi?
albatta seysiya bilanda xali 6oy boru,lekin seysiyada u bo'ladi, bu bo'ladi............ex bechora talabalar...
uzr qolganlarini yoza olmayman yana ushbu ulug' kunlarda g'iybat qilib qilgan ibodatlarimiz savobidan ayrilib qolmaylik
o'zi 365 kundan bor yo'g'i 30 kun bo'lsalar mohi ramazon.
xammangizga uchinchi o'n kunlik muborak bo'lsin.
Aynan Namangan ahliga Assalomu aleykum!!!

Qayd etilgan


Abdullоh  13 Sentyabr 2009, 11:54:50

Mening bilishimcha yaqin kunlarda namangan viloyatiga katta miqdorda chet el investitsiyasi kirib keladi. Bu qo'shma loyihaning asosiy maqsadi Namangan viloyatini hududiy rivojlantirish va uni O'zbekistonning muhim viloyatlaridan biriga aylantirish. Adashmasam bu loyihada UNDP (United Nations Development Programme) ham ishtirok etyapti.

Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Sentyabr 2009, 13:19:04

«Жафокаш онанг доимо румол ураб, ёпинчик ичида юргани учун бу ишидан хеч качон пушаймон булмади, аксинча у жуда бахтиёр сшади» шивирлади отаси. «Ва хеч ким онангнинг гузаллигида хеч кандай нуксон, камчилик сезмади, шундай смасми? Хакикий гузаллик инсоннинг ташки куринишида смас, балки унинг юрагидадир! Хакикий бахт курган нарсангда смас, балки куринмаган жойдадир... Хакикий севги килингани маълум нарсада смас, балки килингани холда билинмайдиган, куринмайдиган жойдадир!».

Alloh rozi bo'lsin. qalblarni larzaga keltiradigan hikoya ekan. Ona ham bu dunyoga bir marta keladi. lekin ming marta o'lib tiriladi. O'sha ona ham qulog'ini farzandiga berib qalbini asriy muzliklarning bosishidan, badanini tikan changaklardan tozalagan. o'zida yo'q bo'lsa hech gap emas. lekin farzandidagi kamchilikni ko'rsa ezilardi. Tarjimonga va hurmatli forumdoshlarga ikki dunyo saodatini tilab qolaman 


Qayd etilgan


Nurdinboy  13 Sentyabr 2009, 13:26:53

Men ham so'lim Namanganning Uchqo'rg'onidanman. Barcha vodiyliklarga ikki dunyo saodatini tilab qolaman

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 20:37:34

Uchqo'rg'on haqida mashhur gap bor, bilasizlar. Buning asl tarixi nimaga bog'liq ajabo, bilganlar bormi?
Har bir ibora o'zining qanaqadir tarixiga ega. Shahar, qishloq ismlari ham shunday. Namanganliklar bilishsa ajab emas:)

Qayd etilgan


ikbaljohn  17 Sentyabr 2009, 01:58:19

Uchqo'rg'on haqida mashhur gap bor, bilasizlar. Buning asl tarixi nimaga bog'liq ajabo, bilganlar bormi?
Har bir ibora o'zining qanaqadir tarixiga ega. Shahar, qishloq ismlari ham shunday. Namanganliklar bilishsa ajab emas:)
Albatta bilamiz.Norin daryosi tog' daryosi hisoblanib,juda tez oqadi.Va Uchqo'rg''onga borgandagina sekin oqishni boshlaydi.Bir yigitni onasi Norin daryosiga tushib ketadi.Yigit nima qilishni bilmay yig'lab turganda,bir yoshi katta odam maslahat beradi:O'g'lim,Uchqo'rg'onga borgin,u yerda daryo sekin oqadi.Onangni (jasadini) o'sha yerdan suvdan chiqarib olasan endi.Onangni uchqo'rg'onda ko'rasan endi.

Qayd etilgan