Ilm va ziyo > Chet tillari

English Grammar

(1/6) > >>

AbdulAziz:
Assalomu alaykum.
Mana shuncha vaqtdan beri o'ylab yurgan ingliz tili bo'limini ochayapman. Bu bo'limda ingliz tili grammatikasi qoidalarini yozishga harakat qilamiz. Nima savollaringiz bo'lsa, so'rashlaringiz mumkin. Javob berib, qiziqtirgan mavzularni yoritishga harakat qilamiz. Gaplashishni o'rgatadigan bo'lim ham albatta ochiladi.
Hozircha boshlovchilar uchun deb boshidan boshlashga qaror qildim.
Taklif va e'tirozlaringizni kutaman.
Katta rahmat.

PS. Bu mavzu muallifi: Feruzabegim.
Eski forumdan ko'chirildi.

AbdulAziz:
So'z turkumlari va boshqalarning inglizchadagi nomlari:
Ot - The Noun
Fe'l - The Verb
Sifat - The Adjective
Son- The Numeral
Olmosh - The Pronoun
Ravish - The Adverb
Bog'lovchi- The Conjunction
Predlog - The Preposition

AbdulAziz:
The Noun- Ot
Kim (Who is this?) va nima (What is this?) so'roqlariga javob bergan barcha narsalar otlardir.
Ular atoqli (Proper Nouns) va turdosh otlarga (Common Nouns) bo'linadi.
Daryo, shahar, tog' va joylarning nomlari atoqli otlardir: the Volga, the Caucasus. Kishining ismlari ham shu turga mansub. Atoqli otlar katta harf bilan yoziladi, agar ular bitta so'zdan ko'p bo'lsa, artikldan tashqari barchasi katta harf bilan yoziladi:
the Atlantic Ocean
the United Kingdom of Great Britaon and Nothern Ireland
Predmetning va umumiy bo'lgan barcha narsalarning nomlari turdosh otlardir:a country (mamlakat, davlat), a house (uy). Turdosh otlarga alohida narsalarning otlari (kitob, daraxt) va yig'uvchi otlar, ya'ni bir butunlikda qaralayotgan shaxs yoki hayvon (a family, families, a crowd, crowds) nomlari ham kiradi. Harakat, holat, his, ilm fan, san'atni ifolaydigan otlar (Abstract Noun): honesty (to'g'riso'zlik), bravery (mardlik), love (sevgi), sleep (uyqu) va Material Nouns, qaysiki tabiatda mavjud bo'lgan narsalar, suv, po'lat va hk ham turdosh otlarga kiradi.

AbdulAziz:
Ot sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo'linadi. Sanasa bo'ladigan va birlikda hamda ko'plikda ishlatiladigan otlar sanaladigan otlarga kiradi:
I have bought a book. Men kitob sotib oldim.
I have bought books. Men kitoblar sotib oldim.
Sanalmaydigan otlarga sanab bo'lmaydigan otlar, hamda Material Nouns va Abstract Nouns ham kiradi. Ular faqat birlikda ishlatiladi.
Knowledge is power. Bilim bu kuch.

AbdulAziz:
Otlarning ko'plik shakli ularning birlikdagi shakliga -s qo'shish bilan yasaladi va bu jarangli undosh va unlilardan keyin [z], jarangsiz undoshlardan keyin esa deb talaffuz qilinadi.
hand qo'l hands [hendz]
shoe oyoq kiyim shoes [shu:z]
map xarita maps [meps]
Birlikdagi shakli s, ss, x, ch, sh va boshqalar bilan tugaydigan otlarning ko'plik shakli ularga -es qo'shish bilan yasaladi va [iz] deb o'qiladi:
box quti, yashik boxes [boksiz]
dish idish, taom dishes [dishiz]

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version