English Grammar  ( 41991 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 04:58:50

Assalomu alaykum.
Mana shuncha vaqtdan beri o'ylab yurgan ingliz tili bo'limini ochayapman. Bu bo'limda ingliz tili grammatikasi qoidalarini yozishga harakat qilamiz. Nima savollaringiz bo'lsa, so'rashlaringiz mumkin. Javob berib, qiziqtirgan mavzularni yoritishga harakat qilamiz. Gaplashishni o'rgatadigan bo'lim ham albatta ochiladi.
Hozircha boshlovchilar uchun deb boshidan boshlashga qaror qildim.
Taklif va e'tirozlaringizni kutaman.
Katta rahmat.

PS. Bu mavzu muallifi: Feruzabegim.
Eski forumdan ko'chirildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:00

So'z turkumlari va boshqalarning inglizchadagi nomlari:
Ot - The Noun
Fe'l - The Verb
Sifat - The Adjective
Son- The Numeral
Olmosh - The Pronoun
Ravish - The Adverb
Bog'lovchi- The Conjunction
Predlog - The Preposition

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:09

The Noun- Ot
Kim (Who is this?) va nima (What is this?) so'roqlariga javob bergan barcha narsalar otlardir.
Ular atoqli (Proper Nouns) va turdosh otlarga (Common Nouns) bo'linadi.
Daryo, shahar, tog' va joylarning nomlari atoqli otlardir: the Volga, the Caucasus. Kishining ismlari ham shu turga mansub. Atoqli otlar katta harf bilan yoziladi, agar ular bitta so'zdan ko'p bo'lsa, artikldan tashqari barchasi katta harf bilan yoziladi:
the Atlantic Ocean
the United Kingdom of Great Britaon and Nothern Ireland
Predmetning va umumiy bo'lgan barcha narsalarning nomlari turdosh otlardir:a country (mamlakat, davlat), a house (uy). Turdosh otlarga alohida narsalarning otlari (kitob, daraxt) va yig'uvchi otlar, ya'ni bir butunlikda qaralayotgan shaxs yoki hayvon (a family, families, a crowd, crowds) nomlari ham kiradi. Harakat, holat, his, ilm fan, san'atni ifolaydigan otlar (Abstract Noun): honesty (to'g'riso'zlik), bravery (mardlik), love (sevgi), sleep (uyqu) va Material Nouns, qaysiki tabiatda mavjud bo'lgan narsalar, suv, po'lat va hk ham turdosh otlarga kiradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:17

Ot sanaladigan va sanalmaydigan otlarga bo'linadi. Sanasa bo'ladigan va birlikda hamda ko'plikda ishlatiladigan otlar sanaladigan otlarga kiradi:
I have bought a book. Men kitob sotib oldim.
I have bought books. Men kitoblar sotib oldim.
Sanalmaydigan otlarga sanab bo'lmaydigan otlar, hamda Material Nouns va Abstract Nouns ham kiradi. Ular faqat birlikda ishlatiladi.
Knowledge is power. Bilim bu kuch.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:26

Otlarning ko'plik shakli ularning birlikdagi shakliga -s qo'shish bilan yasaladi va bu jarangli undosh va unlilardan keyin [z], jarangsiz undoshlardan keyin esa deb talaffuz qilinadi.
hand qo'l hands [hendz]
shoe oyoq kiyim shoes [shu:z]
map xarita maps [meps]
Birlikdagi shakli s, ss, x, ch, sh va boshqalar bilan tugaydigan otlarning ko'plik shakli ularga -es qo'shish bilan yasaladi va [iz] deb o'qiladi:
box quti, yashik boxes [boksiz]
dish idish, taom dishes [dishiz]

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:34

Agar otlarning birlikdagi shakli undosh harfdan keyin keladigan -y bilan tugasa, ko'plik shakli -es qo'shish bilan yasaladi, bunda y harfi i ga almashtiriladi:
city shahar cities
factory fabrika factories
Agar -y dan oldin unli harf turgan bo'lsa, umumiy qoidaga bionan -s qo'shish bilan yasaladi, bunda -y harfi i ga almashtirilmaydi:
day kun days
toy o'yinchoq toys
Agar ot birlikda -o bilan tugasa, ko'pligi -es qo'shish bilan yasaladi:
cargo yuk cargoes
hero qahramon heroes
*lekin photo rasm, va piano pianino so'zlari bundan mustasno.(photos, pianos)
Oxiri f bilan tugaydigan otlarning ko'lik shakli f ning v ga almashtirillishi va s qo'shilishi bilan yasaladi:
knife pichoq knives
Ammo bir nechta f yoki ef bilan tugaydigan otlar -s qo'sish bilan yasaladi:
handkerchief ro'molcha handkerchiefs

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:43

Ayrim otlarning ko'plik shakli -s qo'shish bilan emas, balki maxsus yo'l bilan yasaladi:
man erkak kishi men
woman ayol kishi women
foot oyoq(tag qismi,) feet
tooth tish teeth
goose g'oz geese
mouse sichqon mice.
Child bolaning ko'plik shakli children.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:00:52

Sheep qo'y va fish baliq ko'plik va birlikda ham bir xil shaklga ega:
I caught two fish. Men ikkita baliq tutib oldim.
The farm has a great number of sheep. Fermada juda ko'p qo'ylar bor.
Ammo baliqlarning har xil turlari haqida gapirilganda, fishes ishlatiladi:
There are all kinds of fishes in this lake. Bu ko'lda baliqlarning har xil turi bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:01:00

*Advice -maslahat, information- ma'lumot, progress -yutuq, progress, knowledge- bilim faqat birlikda ishlatiladi:
My mother gave me some advice. Oyim menga maslagat berdilar.
* News yangilik, yangiliklar ko'plik shakliga ega bo'lsada, birlikdagi ma'nosi bilan ishlatiladi:
What is the news? NIma yangiliklar?
* -ics bilan tugaydigan fanlarning nomi (mathematics, physics) o'zi ko'plik shakliga ega bo'lsa ham, birlikda ishlatiladi:
Mathematics forms the basis of many other sciences. Matematika boshqa tabiiy fanlarning asosini tashlik etadi.
* Money- pul va hair -soch faqat birlikda ishlatiladi:
My hair is long. mening sochim uzun.
This money belongs to me. Bu pul menga tegishli.
* Fruit meva birlikda ishlatiladi:
Fruit is cheap in summer. Mevalar yozda arzon bo'ladi,
ammo har xil turini bildirish uchun ko'plikda ham ishlatilishi mumkin:
There are apples, peaches and other fruits in our garden.
Bizning bog'imizda olmalar, shaftolilar va boshqa mevalar bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:01:13

Ko'pchilik juft predmetlar faqat ko'plikda ishlatiladi: scissors qaychi, scales tarozi, trousers shim, spectacles ko'zoynak:
THese scissors are very sharp. Bu qaychi judayam o'tkir.
Quyidagi otlar faqat ko'plikda ishlatiladki: goods magsulat, tovar, contents mundarija, tarkib, clothes kiyim, wages maosh, riches boylik.

Qayd etilgan