The Noun- Ot
Kim (Who is this?) va nima (What is this?) so'roqlariga javob bergan barcha narsalar otlardir.
Ular atoqli (Proper Nouns) va turdosh otlarga (Common Nouns) bo'linadi.
Daryo, shahar, tog' va joylarning nomlari atoqli otlardir: the Volga, the Caucasus. Kishining ismlari ham shu turga mansub. Atoqli otlar katta harf bilan yoziladi, agar ular bitta so'zdan ko'p bo'lsa, artikldan tashqari barchasi katta harf bilan yoziladi:
the Atlantic Ocean
the United Kingdom of Great Britaon and Nothern Ireland
Predmetning va umumiy bo'lgan barcha narsalarning nomlari turdosh otlardir:a country (mamlakat, davlat), a house (uy). Turdosh otlarga alohida narsalarning otlari (kitob, daraxt) va yig'uvchi otlar, ya'ni bir butunlikda qaralayotgan shaxs yoki hayvon (a family, families, a crowd, crowds) nomlari ham kiradi. Harakat, holat, his, ilm fan, san'atni ifolaydigan otlar (Abstract Noun): honesty (to'g'riso'zlik), bravery (mardlik), love (sevgi), sleep (uyqu) va Material Nouns, qaysiki tabiatda mavjud bo'lgan narsalar, suv, po'lat va hk ham turdosh otlarga kiradi.