English Grammar  ( 42119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:01:53

Sifat-The Adjective
Narsaning yoki predmetning xususiyatini, shaklini, holini bildirib, qanday yoki qanaqa savollariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi. Ingliz tilida sifat birlik yoki ko’plikka, jinsga, yoki kelishikka qarab o’zgarmaydi, ular har doim bir xil bo’ladi.
Sifat oddiy yoki yasama bo’lishi mumkin. Oddiy sifat tarkibida hech qanaqangi qo’shimcha yoki o’zgartirishlar bo’lmaydi. Masalan, red qizil, black qora va hk. Yasama sifat esa o’z tarkibida turli xil qo’shimchalarga ega.

Boshqa so’zlardan sifat yasaydigan suffikslar:
-ful: useful-foydali
-less: helpless-yordamsiz, yordamga muhtoj, useless befoyda, yaroqsiz
-ous: famous-mashhur, dangerous-xatarli
-al: formal-rasmiy, central-markaziy
-able, -ible: capable-qobil

Sifat yasaydigan prefikslar:
-un: unhappy-baxtsiz, unequal-tengsiz
-in: incomplete-tugallanmagan, indifferent-farqsiz, befarq
Bundan tashqari qo’shma sifatlar ham bo’lib, ular bir yoki bir nechta sifatlarning qo’shilmasidan yasaladi. Masalan, dark-blue to’q- ko’k, snow-white oppoq(qor kabi oq)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:02:04

Sifatning oddiy(Positive Degree), qiyosiy (Comparative Degree) va orttirma (Superlative Degree) darajalari bor.
Sifatning oddiy darajasi hech qanaqangi qiyoslashni ko’rsatmaydi va o’z shaklini o’zgartirmaydi ham.
The Amu Darya is a long river.- Amudaryo uzun daryodir.

Sifatning qiyosiy darajasi sifatga —er, (-e yoki —er deb talaffuz qilinadi), orttirma darajasi esa —est (-ist deb talaffuz qilinadi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:02:34

Sifatning davomi

Oddiy daraja       Qiyosiy daraja   Orttirma daraja
Sharp o’tkir     Sharper o’tkirroq    Sharpest eng o’tkir
Cold sovuq      Colder sovuqroq    Coldest eng sovuq
Deep chuqur      Deeper chuqurroq   Deepest eng chuqur
 
Sifatning orttirma darajasi oldida har doim aniq artikl The qo’yiladi.

Ikki bo’g’inli —y, -er, -ow, -ble bilan tugaydigan sifatlar ham xuddi shu yo’l bilan yasaladi.
Oddiy daraja   Qiyosiy daraja   Orttirma daraja
Busy band   Busier bandroq   Busiest eng band
Clever aqlli   Cleverer aqlliroq   Cleverest eng aqlli
Narrow tor, ensiz   Narrower ensizroq   Narrowest eng tor
Able qobil                   Abler qobilroq   Ablest eng qobil
Noble                       Nobler                        noblest
Easy oson   Easier osonroq   Easiest eng oson
      

Shu yo’l bilan boshqa sifatlarning ham qiyosiy va orttirma darajalari yasaladi.

Oddiy daraja   Qiyosiy daraja   Orttirma daraja


Common umumiy    Commoner    commonest
Simple oddiy   Simpler oddiyroq   Simplest eng oddiy

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:06:29

Sifatning davomi

Agar sifat -e harfi bilan tugasa, uning qiyosiy va orttirma darajalarini yasashda, bitta -e tushirib qoldiriladi:
brave qo'rqmas braver bravest
large katta larger largest

Agar sifat qisqa tovushdan keyin undosh harf bilan tugasa, uning boshqa darajalari, oxirgi harfning ikkilanishi bilan yasaladi:
big katta bigger biggest
hot issiq hotter hottest

Agar sifat undosh harfdan keyin keladigan -y bilan tugasa, -y ning o'rniga -i ishlatiladi:
busy band busier busiest
easy oson easier easiest

Agar sifat unli harfdan keyin keladigan -y bilan tugasa, unda -y o'zgarmaydi:
gay xursand gayer gayest

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:06:41

Ko'pchilik ikki yoki undan ortiq bo'g'inli sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalarini yasash uchun, qiyosiy daraja uchun most, orttirma daraja uchun esa most ishlatiladi:
famous mashhur more famous most famous
beautiful go'zal more beautiful most beautiful
difficult qiyin more difficult most difficult

Masalan,
This is the best way to solve the problem. - Bu masalani yechishning eng yaxshi usuli.

BA'zi bir sifatlarning darajalari qoidadan farqli o'laroq, boshqacha bo'ladi:

good yaxshi better best
bad yomon worse worst
little kichkina, kam less least
much, many ko'p more most

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:06:53

Far uzoq so'zining darajalari ikkita so'z bilan ham ifodalanishi mumkin:

far uzoq farther farthest
further furthest

He was in the farthest(furthest) corner of the garden.- U bog'ning eng uzoq burchagida edi.

Sifatning qiyosiy darajasida shu so'zga alohida urg'u berish uchun far, yoki much ishlatilishi mumkin:
It is far better than it was before.- Hozir u oldingidan ancha yaxshi.
The Sirdaryo is much longer than Zarafshon. - Sirdaryo Zarafshonga qaraganda ancha uzun.

* much bilan many ishlatiyotganda, u bilan ishlatilayotgan otning sanaladigan yoki sanalmaydiganligiga e'tibor berish lozim. Chunki many sanaladigan otlar bilan, much esa sanalmaydigan otlar bilan ishlatilmaydi:
I have much more free time now. - Hozir ancha bo'sh vaqtim bor.
I have many more books than you.- Menda senikidan ancha ko'p kitob bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:07:17

Agar kimdadir TOEFL ga qiziqish bo'lsa, quyidagi web saytga tashrif buyursin.
www.ets.org/toefl

Qayd etilgan



Zulfiyabonu  22 Sentyabr 2007, 11:21:38

Engliz tilini tez va oson o'rganaman deganlarga ushbu siteni tafsiya qilaman.
http://www.manythings.org/

Qayd etilgan


uktamchek  01 Noyabr 2007, 18:42:32

so'z yodlashni oson yo'li bormi?

Qayd etilgan