Kirillni lotinga, lotinni kirillga o’tkazadigan programma-makros  ( 56190 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  11 Fevral 2008, 00:43:14

Assalomu alaykum!
Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.

Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas - Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas  – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas  - Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip  – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.

MAKROSNI O’RNATISH

Avvalo Microsoft Word dasturini oching. Buyruqlar qatoridan Сервис > Макрос > Редактор Visual Basic ka kiring.



Shunda sizda Microsoft Visual Basic oynasi ochiladi. Buyruqlar qatoridan File > Import File ga kiring.

 

Ko’chirib olgan .bas fayllaridan mosini tanlang. Masalan: Cyr3Lat.bas. Сохранить tugmasini bosganingizdan so’ng,  siz tanlagan fayl Visual Basic modullarida paydo bo’ladi. So’ng buyruqlar qatoridan File > Close and return to Microsoft Word ni tanlab, yana Wordga qaytasiz.

Makros muvaffaqiyatli tarzda Word dasturiga o’rnadi. Endi biron kirillcha matnni ochib tekshirib ko’ring. Сервис > Макрос > Макросы дан Сyr3Lat ni tanlang va Выполнить tugmasini bosing.

Sizga oson bo’lishi bo’lishi uchun, ushbu makrosni alohida tugmacha bilan ifodalash ham mumkin. Buning uchun buyruqlar panelidan Сервис > Настройки ga kiring va Команды qatoridan Макросы ni belgilang.



U yerdan Normal.Cyr3lat.Cyr3Lat ni sichqoncha bilan belgilab, qo’yib yubormasdan tepadagi buyruqlar qatoriga olib chiqing. Joylashtirganingizdan so’ng sichqonchaning o’ng tomoni bosib, Makrosni o’zingizga moslab olishingiz mumkin.



Bunda siz unga biron nom berishingiz (masalan, Kirill>Lotin yoki Cyr>Lat), rasmcha-belgi tanlashingiz mumkin.

   

Endi siz ushbu tugmacha yordamida istalgan kirillcha matnni lotinga aylantisrishingiz mumkin. Boshqa .bas fayllarni ham shu tarzda o’rnatishingiz mumkin.

Sizga maroqli kayfiyat tilayman.

Ushbu macroslar © Davronbek Tojialiyev tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayd etilgan


Murod_bek  12 Fevral 2008, 13:47:14

Assalomu alaykum!
E yashang Davron aka! :) Alloh rozi bo'lsin! Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin!

Lekin zo'r ish qilibsiz....

Qayd etilgan


shoir  13 Fevral 2008, 17:47:38

Assalomu alaykum!
E yashang Davron aka! :) Alloh rozi bo'lsin! Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin!

Lekin zo'r ish qilibsiz....

Ha, juda zo'r bo'lghan.
Men ancha avval AbdulAzizdan bu makrosni olgan edim.
Forumga kiritgan ko'p kitoblarda shu makrosdan foydalanganman.

Avvallari juda ko'p shunga o'xshash programmalarni ishlatib ko'rgan edim.
Deyarli hammasida Q G' H O' harflari bilan bog'liq muammolar chiqadi.
AbdiulAziznikida esa bu muammo hal qilingan. Ham orfografik jihatdan to'g'ri konvert qiladi.

Omad tilayman.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Mart 2008, 16:14:14

Men ko'chirib oldim. O'rnatdim ham. Lekin yuqoridagi buyruqlar safiga qo'shganimdan keyin uning nomini o'zgartirolmayapman.

Qayd etilgan


Imron  04 Aprel 2008, 00:23:08

Rahmat, juda foydali narsa yozibsiz!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 May 2008, 12:43:10

Manda ikkita yaxshi narsa bor. bu yerga qanaqa qilib tashlasa bo'ladi?

bittasi word shablon . lotin.dot.               faqat kirillchadan lotinchaga, lekin zo'r ishlaydi.

bitta proga . word translate. wt.exe.  - universal.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 May 2008, 12:45:46

Kimga zarur bolsa e-mailga yuborishim mumkin.

Qayd etilgan


abdu3333  07 May 2008, 23:57:09

Salom menda  2 ta   krilni - lotinga  , lotinni - krilga  aylantiradigan   programmalar  bor ammo  ularning  ikkalasi  ham  қ,ғ,ҳ,с  kabilarni  umuman  convert  qilmaydi  .  O'zbekcha  shriftlarni  o'rnatganman  , Agar  sizlarni   programmalaringizda  shunga  oxshagan muommo  bo'lmasa  iltimos  mail ga yubiringlar  . (Oldindan  rahmat)
mail:[email protected]

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  08 May 2008, 10:55:10

Salom menda  2 ta   krilni - lotinga  , lotinni - krilga  aylantiradigan   programmalar  bor ammo  ularning  ikkalasi  ham  қ,ғ,ҳ,с  kabilarni  umuman  convert  qilmaydi  .  O'zbekcha  shriftlarni  o'rnatganman  , Agar  sizlarni   programmalaringizda  shunga  oxshagan muommo  bo'lmasa  iltimos  mail ga yubiringlar  . (Oldindan  rahmat)
mail:[email protected]

Man hozir harakat qilaman sizga jonatishga.

Qayd etilgan


Musannif Adham  02 Oktyabr 2008, 04:46:09

AbdulAziz  aka! Alloh rozi bo'lsin, juda yaxshi ish bo'libdi. Bir zumda kerakli matnlarni kirildan lotin yozuviga o'girib oldim.

Qayd etilgan