Umumiy bo'lim > Madaniyat

Bahri bayt

Sahifalar: (1/509) > >>

AbdulAziz:

Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!

Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.

Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.

Arxiv

AbdulAziz:

Forumimiz arxivida Assalom oxirgi marta yozgan ekanlar:

--- Iqtibos ---Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!
--- End quote ---

Endi men N harfidan davom ettiraman:

Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
Uzi hukm etsin odil va xolis.
Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bitgaman, yagona, yolg‘iz ...

Iqbol Mirzo

shoir:

 Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yog`du,
chin ishq yolqinlari bag`rimga to`lsin,
jismimni toblasin faqat chin og`riq,
chechaklar qop-qora bo`lsa-da bo`lsin.
Bag`rikeng xudoyim
kechirib qo`yar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
ko`milsam, ko`milay o`limi go`zal —
jo`mardlar ko`milgan tariqatimga.

Shavkat Rahmon

Shahina:

Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf

maknuna:

Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Muhammad Yusuf

Sahifalar: (1/509) > >>

Go to full version