Bahri bayt  ( 867707 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 06:06:37

Eh, nima qilay bir dalliyu devonaman,
Oyog‘ingda xor etganing — ostonaman,
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig‘lar sen bilmading.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:06:44

Guldan buloqlardan meni izlaysiz.
Olislarga eltgan ilohiy taqdir,
Yurgan yo'llarimdan yig'lab bo'zlaysiz.
Taqdirga tan bermay yo'q ilojingiz. ;)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:07:10

Zolim dunyo qahri qattiq shafqati yo`q
Yuragimga solib qo`ydi bir siqim cho`q...

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:07:17

Qayg`ulardan charchasa yurak,
Yaqinlaring bo`lmasa turgak.
Bo`lmay qolsang hech kimga kerak,
Umidingni uzma dunyodan. ;)

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:07:25

Nahri zilol, bag`ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal"¦

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:07:47

Lol qolardim goho so`zlaringizdan,
Ma`nolar uqirdim ko`zlaringizdan,
Lekin sizchi buni bilarmidingiz?
Muhabbatim nafasin sezarmidingiz....

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:07:55

Zor bo'lib yig'ladim, osmon ho'l bo'ldi,
Kiprigim havoga chizdi ariqlar.
Oyu kun ko'zimni olgan - ko'l bo'ldi,
Oylarni tangadek tortdi baliqlar.
Man rasan istarman, tan gulxandadir,
O'zim har joydaman, ko'ngil sandadir

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:08:01

Soginchim sochimga insa ham qirov,
Men sabrim kosasin tutaveraman.
Sabrim Yetgunicha ,Yetguncha umrim,
O'shal tasodifni kutaveraman!!!

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:08:09

Ruhlaring shod bo`lsin iloyim,
Jannatdan joy bersin xudoyim,
Tushimga bir kirib qo`ysang, bas
Uchrashtirsin qodir xudoyim.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 06:08:42

May ichsang, oqilu dono bilan ich,
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich,
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich.

Qayd etilgan