Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Madaniyat
Bahri bayt
Bahri bayt ( 860945 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
206
207
208
209
210
211
212
213
214
215
216
...
255
B
Robiya
21 Oktyabr 2009, 22:51:20
S
ening ishqingda bitdi sabru bardosh,
Ko'zim yoshi etar pinhon sirim fosh.
Bu oshiq ko'ngli misli ho'l yog'ochdir -
Kuyar bir uchi, bir uchi to'kar yo
sh
.
Bobo Tohir
Qayd etilgan
Abdulhafiz
21 Oktyabr 2009, 23:18:44
Shafqat aylab ko'rsating man osiyga rohi vusul,
Chunki isyon ranjidin muhtojingizdurman malul,
Yig'labon har dam bu sarsoni biyoboni hamul,
Sidq ixlosim bila, ey oli ashobi rasul,
Ruhingizg'a qo'l ochib, shomu sabo aylay du
o.
Huvaydo
Qayd etilgan
Robiya
21 Oktyabr 2009, 23:26:44
O
lsang - da jahonni zo'r bilan - oxiri hech,
Yuz yil yashasang - da unda san - oxiri hech.
Dunyodagi bor shohlar oyog'ingni o'pib,
Tursa sening xizmatingda shan - oxiri he
ch
.
Ubaydiy
Qayd etilgan
Abdulhafiz
21 Oktyabr 2009, 23:45:21
Chandon kishi bu dunyoda ko'p molu zar etti,
Hech topmadi poyon,
Tashlab borini, suyi go'riston guzar etti,
Bo hasratu armo
n.
Huvaydo
Qayd etilgan
Robiya
21 Oktyabr 2009, 23:56:52
N
omai a'molda bormi mazmun, so'ray?
Bul narsani qandoq so'ray, chun so'ray?
Yaxshisi ko'kragimdan bir darcha ochib,
Qonli yuragimdan bu hol sharhin so'ra
y
...
Pahlavon Mahmud
Qayd etilgan
Abdulhafiz
22 Oktyabr 2009, 00:09:41
Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman,
Ilgim olib afv etmasang, darmondaman,
Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman,
Rahmon egam, aro yo'lda qoldim mano.
Ahmad Yassaviy
Qayd etilgan
Robiya
22 Oktyabr 2009, 00:23:29
O
qilga past kishi ko'rguzsa jafo,
Ko'p alam chekmasin bo'lib dilsiyo.
Arzon tosh sindirsa zar kosani gar,
Tosh narxi oshmaydi, pastga tushmas za
r
.
Sa'diy
Qayd etilgan
Robiya
22 Oktyabr 2009, 01:00:16
R
uhim begumon senga har on yor erdi,
Oshufta bu jonim-da mudom zor erdi.
Dil bo'lgan emas senga giriftor senga,
Ul asli azal senga giriftor erd
i
.
Ubaydiy
Qayd etilgan
Abdulhafiz
22 Oktyabr 2009, 06:44:03
Ilohiy, jumla mo'minni Ato birla Ano haqqi,
Gunohini bag'ishlog'il tamomi anbiyo haqqi.
Aziz jon labga yetg'onda, o'lumni vaqti kelgonda,
Qil oson talxiyi jonni habibing Mustafo haqq
i.
Huvaydo
Qayd etilgan
Mahdiyah
22 Oktyabr 2009, 07:06:16
Istasang toza ko’ngilga qo’nmasin zarra g’ubor,
Pok so’zu pok ish va pok dil, pok xayol bo’lmoq kerak.
Jismu jonimga desang begona bo’lsin xastalik
Ishq zavqu dardi birlan xasta hol bo’lmoq kerak.
Qalbga gar istarsan orom, bo’l yomon so’zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo’lmoq kera
k
.
Erkin Vohidov
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
206
207
208
209
210
211
212
213
214
215
216
...
255
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc