Bahri bayt  ( 869603 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 209 210 211 212 213 214 215 216 217 218 219 ... 255 B


Hadija  23 Oktyabr 2009, 19:33:34

Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!

Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi

Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 20:26:20

Me’roj tunida bir-bir, ochildi so’zga ko’klar,
Salom bilan qarshilab, har qavat payg’ambarlar!
Shunda bir on keldi-ki, to’xtab barcha malaklar!
Haqqa yolg’iz bordingiz, yo hazrati Muhammad!

Turkchadan Gulbahor Abdulloh qizi tarjimasi

D.

Davrangiz o'zbekchadurmish, fayzi ham xo'p o'zgacha,
Bunda bormish ko'p musofir, hamda mezbon yuzgacha,
Yoki yuzdan ham ziyoda, tenglashib besh yuzgacha,
Dong'i ketmish har tarafga, toki yetmish bizgacha!

A.

:)

Ulug'bek
2009-10-23[/size]

Qayd etilgan


Hadija  23 Oktyabr 2009, 20:40:54

Aytib hamdu sano, Xudoni yod et,
Qilib toat-taqvo, Xudoni yod et.
Agar yo’ldan adashsang, tilab hidoyat,
O’zin bil rahnamo, Xudoni yod et.

Xohi oily maqom, xoh xorlig’dasan,
Xohi yo’qlik ichra, xoh borlig’dasan,
Xoh kengliklar aro, xoh torlikdasan,
Har yerda, doimo Xudoni yod et.

Fozil Zohid

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 01:42:18

Tunlar bedordurman yana Seni vasling umidida,
Qalbim vayron qilmagil g'am alam, nafs uyida.
Mayli sina, ber sinovlar, bu foniy mehmonxona,
O'lishga tayyorman iymon halovating yo'lida!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


siddiqa  24 Oktyabr 2009, 07:37:12

Gar qalbing yig'lasa sira ham tinmay,
birov senga ozor bersada bilmay ,
yuraging amriga itoat etmay ,
bariga qo'l siltab bir tabassum qil .


Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 16:02:42

Labdan ketdi kulgilar,
Til Uning nomi-la band.
Ko’z yoshim bugun kutar,
Bir ko’rmoq uning-chun baxt.

Habibim, Hayot, Borim,
Asiringdir bugun dil.
Eshit, tinglagin zorim,
Menga bir nazar qilgil.

Abadul mahbus bo’lay,
Nurli manzil,makonda.
Fano fillohga yetay,
Ruh asir bu jahonda.

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Ulugbek75  24 Oktyabr 2009, 20:05:58

Gar qalbing yig'lasa sira ham tinmay,
birov senga ozor bersada bilmay ,
yuraging amriga itoat etmay ,
bariga qo'l siltab bir tabassum qil .

Bunchalar g'o'zal manolar!
Bunga amal qila olgan kishi, juda katta ehtiromga haqlidir.
Jon jon deb bunga javob yozardimu, ammo kechikibman.

So'nggi qoldirilgan misralarning oxirgi harfi A ekan
A.

Agar yo'llar berk ko'chaga qadalsa,
Iliq so'zlar nokaslarga atalsa,
Haqqingnida kelib nohaqlar olsa,
Allohga iltijo qilib, sabr qil!

Bunga nodonligu - g'o'rlik qo'shilsa,
Baxtini o'z qo'li-la berib qo'ysa,
Bu alam qalbingni kuydirsa, so'ysa,
Allohga iltijo qilib, sabr qil!

2009-10-24.

Demak: L

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 20:55:55

Luqmang halol bo'lsin, dilda-chi Alloh,
Nafsing hujumidan bo'l mudom ogoh.
Niyatni xolis qil, duoda qoim,
Shunda Seni qo'llagay Allohim doim!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Oktyabr 2009, 21:39:53

Mastura ayollar, go'zal ayollar,
Sizga ko'z tushganda hapqirar yurak.
Kibrga berilmay sursak xayollar
Siz bizga keraksiz, sizga biz kerak!!!
X.Hamidov

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 21:52:36

Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan