Bahri bayt  ( 869999 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 210 211 212 213 214 215 216 217 218 219 220 ... 255 B


Ulugbek75  24 Oktyabr 2009, 22:33:02

Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!

Go'zal Ahliddin qizi

Kalomida Qur'on, iymon, halovat,
Halimlik ham toat, xayr ibodat.
Mastura qizlarga tolib yigitlar,
Siz bizga keraksiz, keraksiz albat!

Go'zal Ahliddin qizi

Bu faqat idealda, afsuski ko'pincha diyonat qolib, kim qaysi jihatlari "kerak" bo'lib qoladi, afsus...
Gap qizlarimizga ham yigitlarimizga ham bab-barobar tegishli.

T.

Tuxtamasdan so'zlading zebo, sano,
Qalbi-da zebo deya, sevdim mano,
Lek haqiqat ochilib dunbolida,
Hasratimdin yondimu - kuydim mano.

2009-10-25

Demak: O

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 22:44:50

Osongina hukm ila qilmang xato,
Niyatga yarasha har ish bo'lgay ravo.
Muslimani qilib orzu yurmang bekor,
Duo qiling, ijobatin bergay Xudo!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Ulugbek75  24 Oktyabr 2009, 23:33:09

Osongina hukm ila qilmang xato,
Niyatga yarasha har ish bo'lgay ravo.
Muslimani qilib orzu yurmang bekor,
Duo qiling, ijobatin bergay Xudo!

Go'zal Ahliddin qizi

Oqilona so'z yozilmish, vale ammo,
Duolar va harakatda yo'q muammo,
Balki duom qabulmasdir? Bu muammo?
O da boshlab o da yakun qildim ammo!
:)

Demak : O

ps. Mulohazalara uchun Off-topic ga qaralsin.

Qayd etilgan


Robiya  24 Oktyabr 2009, 23:43:14

Olmoq kerak birodarning nasihatin,
Bu haqiqiy mo'minlikdan bir nishona.
Zohir emas, bizda muhim erur botin,
Dunyo uzra boradurmiz u jahona!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2009, 05:09:53

Aytgan so'zim Sizga og'ir botmasin hech,
Kuyingandan aytdim, aslo kuygandanmas.
Urhbu yo'lda yaxshi ishni qilmasdan kech,
Chin tolib-u, matlubiga qiling havas.

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2009, 10:15:59

InshoALLOH, afzalini bersin Rabbim,
Islomiy ishq saroyida posbon bo'ling.
Bu ishq yo'li oson bo'lmas, lek tilagim:
Shunday tuyg'u talabida sobit turing!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Shokirbek  25 Oktyabr 2009, 14:59:17

InshoALLOH, afzalini bersin Rabbim,
Islomiy ishq saroyida posbon bo'ling.
Bu ishq yo'li oson bo'lmas, lek tilagim:
Shunday tuyg'u talabida sobit turing!

Go'zal Ahliddin qizi

Gulshan ichra tursa rayhon xush tarovat tarqatib,
She'r ichinda ko'pni hayron aylagay bul bahrubayt,
Bahrubayt bo'yin tuyib kelg'ay pari* xandon otib,
Xush bo'lur bundin yeru ko'k, to'gu cho'l, ham bahru bayt.. :)

==================
* Ilhom parisi nazarda tutilmoqda.. :)


Qayd etilgan


Mas'ud  25 Oktyabr 2009, 15:32:50

Toki do'stlar davrasinda she'riyat mahsuli bu,
Ayting bormi ash'or uchun xushki bundan o'zga payt,
Bayt go'zal, misra go'zal, o'zbekchadur - o'zgadur
So'z o'yuni qalbga yoqar, dilni tortar baxru bayt

P.s. Siznikiga juda o'xshatolmagan bo'lsam-da, harakat qildim :-)

Qayd etilgan


Robiya  25 Oktyabr 2009, 15:35:46

Tilim ojiz, javob mavhum,  bu satrlar o'qiganda,
Ne dey endi deya ilhom parisi ham zo'r hayratda.
Shu on qalbim tubi aro otildi ushbu tug'yon:
Go'zal, charchama zikrdan, so'zingda bo'lsin iymon!

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Mas'ud  25 Oktyabr 2009, 17:23:18

"Аечун қисматимда бунча имтиҳон?
Ае сабаб тссиқдан иборат умрим?
Қайда ибтидо-ю, қайда интиҳо?
Қай вақт сабр косаси бслар скан лим?"...

Тунги сукунатдан толиққан хаёл,
Мудраган юракдан ссрайди тсзим...
Қалб-чи ёлғизликдан топиб минг завол,
Тақдир ксзларига термулмоқда жим...

Қачон бошқалардек одам бсламан,
Кимгадир керакли айларми ҳаёт?
Аки шу дард билан снди сламан,
Ғамларим чақирар сканми мамот...

Тунги рутубатдан сиқилиб кетиб,
Кейин қслин силтаб бари-барига,
Бемажол танамни ғафлатга отиб
А уҳим сингиб кетди зулмат қаърига...

(c) 2009...

Qayd etilgan