Bahri bayt  ( 867505 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 242 243 244 245 246 247 248 249 250 251 252 ... 255 B


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:36:57

Ichimda bir nima g’imirlar,
Goh faryod uradi, gohi jim,
Har bitta hujayram shivirlar —
"œMen Sizni judayam sog’indim"

Mayliga dunyolar o’zgarsa,
Umr ham kuzlardek sarg’arsa,
O’yimda boshqa yo’q,hech narsa —
Men Sizni judayam sog’indim.

Xayolda gul yuzingiz rasmi,
Hayronman, ishq ko’zi ko’rmasmi?
Boshqalar ne desa dermasmi —
Men Sizni judayam sog’indim.

G’alati hislardan boshim gang,
Intiqib qaqshagan dilim tang,
Qalbim yo shundanmi lolarang? —
Men Sizni judayam sog’indim.

Hech kimga aytilmas bu sirlar,
Yurak ham, o’zgacha tipirlar,
Har bitta hujayram shivirlar —
"œMen Sizni judayam sog’indim"

Masud

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:50:29

Мен саҳронинг  фарзанди сдим,
Етишмайди менга нур, қуёш.
Кошки ажал келмасдан олдин,
Кетсам,  олиб бу ерлардан бош.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 13:54:11

Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish bo'ldimi yigit boshimga.
Hamma shoir zotin yig'sa - arzimas
Onamni sog'inib to'kkan yoshimga.

(Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Secret  31 Dekabr 2011, 13:56:17


     qoyil hali she'rni o'qib ulgurmasimdan keyingisi shitooob bilan kelib qolyaptimi-aa...  :D

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 13:59:23

Айбимми, бир бслса тақдирлар?

Ўртада қанча бордир сирлар...

Балки, Ҳақ сртага хурсанд килар,

Шу бугун сиз мендан ранжиманг.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 14:03:02

Garchi shuncha mag'rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?

Kamtarin bo'l, hatto bir qadam
O'tma g'urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O'par doim peshonasidan.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:06:15

Аигоҳингиз маъюс, қарашлар маҳзун,
Ксзингиз афсусдан ҳеч ксрмасин нам.
Бахтни чиндан туйиб сшашингиз чун,
Қалбим керак бслса, олинг, фариштам.

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:12:09

Ninachi qanotin urgan anhorim,
Sog‘inchingdan so‘zlab ber!
Ayt, seniyam bir sog‘inganing bormi,
Sopoldek darz ketgan yer?

Dadam ekkan terak, qishning chillasida
Bag‘ring tilinmadimi?
Qishlog‘im, ko‘klamning ilk pallasida
O‘rnim bilinmadimi?

İqbol mirzo

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 14:19:56

Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Endi sizga yo'qdir mening keragim.
Yolg'onlarni termang oldimga qator,
Dilingizda ne gap sezar yuragim!

Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Silliqqina keting - hayrlashmaymiz.
Xushomadlar qiling odatdagiday -
Gap yo'q do'stim, sizni hech unutmaymiz.

Ishlar bitdi - eshaklar loydan o'tdilar,
Qo'y, yurak yig'lama, senu men g'arib.
Bu besh kunlik yolg'onchi dunyoda besh kun
Yuribmiz behuda mehr axtarib!

Ishlar bitdi...

O'ktam Tojiboyev

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:22:54

Iching anor kabi.
Qizillikka g‘arq,
Har bitta donasi —
Azobing, darding.
Ayt nega jim tiling,
Sarvinozi Sharq,
Bunchalik sabrni
Qaerdan olding?

Bitmas matonat-u
Tuganmas toqat,
Va jindek tabassum,
Ko‘zlaringda jo.
Yuraging aqlingdan
Istaydi shafqat,
Har bitta zarbasi —
Yuzta iltijo.

Qayd etilgan