Bahri bayt  ( 870189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 243 244 245 246 247 248 249 250 251 252 253 ... 255 B


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:30:50

Дунёда сшашга қсймасангиз гар,
Шу сизга буюрсин қайтиб бераман.
Аммо аримагай кснглимдан кедар,
Худога ҳаммасин айтиб бераман.

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:40:24

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 14:45:11

Oqil ahli hisga giriftor bo'lmas,
Hasad qilgan bilan tillo xor bo'lmas.
Nomard - it kabidir, mard buyuk daryo
Daryo it damidan hech murdor bo'lmas.

(Pahlavon Mahmud)

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 14:49:15

Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning — taxting.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 15:03:30

Gulim, mehr ko'zda degani yolg'on,
Mening dilimda hech o'chmas yolqinsiz,
Qancha ko'rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo'lsak shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting, sizdan bo'lak kimim bor yana?..
Siz yo'q chog'imdagi dunyom begona,
Siz yo'q bog'imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin azobim,
Siz mening ko'klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo'qotgan ko'zmunchog'imsiz.

Yodimda kechagi sho'xliklaringiz,
Ko'ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o'sha - orzusi oydan oydin qiz,
Siz o'sha - kulgusi qo'ng'irog'imsiz.

Siz o'sha ko'zimning kiftida yurgan,
Siz o'sha ko'nglimga ko'ngli in qurgan,
To'kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...

(Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Muslimahon  31 Dekabr 2011, 15:06:35


Зинҳорки, дсстлуқни унутмагойсен,
Туққонлиғдин кснгулни совутмагойсен.
Атлар била душман тарафин гар тутсанг,
Туққонлиғу дсстлуғ тамаъ тутмагойсен!


Z.M.Bobur

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  31 Dekabr 2011, 15:15:14

Na bo'lg'ay bir nafas men ham yonog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomgan ki go'yo qatra bol bo'lsam.

Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqliqqa tong chog'i shamol bo'lsam.

Bo'yingni tarqatib olamni qilsam mastu mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.

Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolg'iz,
O'zimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol bo'lsam.

Agar bog'ingda gul bo'lmoq mening-chun noravo bo'lsa -
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.

Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondin,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray, mayli, qamol bo'lsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga, mayli, uvol bo'lsam.

(Hamid Olimjon)

Qayd etilgan


Govegastar  01 Yanvar 2012, 15:06:46

  Men, men, menga deb duo
qilarda

  Men, u, bizga deb qo'shsangiz
so'zin

  Shod, shod bo'lardik bo'lsak
ham olis

  Aylabon, nustratning ko'rsadik
 o'zin.

  Nik: Abu Muslim.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 16:15:03

Na iloj ixtiyor o'limda qoldi,
Nigoron do'stlarim yo'limda qoldi.
Na afsus, na ta'ma dilimda qoldi,
Mening bor umidim ilmda qoldi...

Alvido beva tun, yetim saharga,
Endi qaytmas bo'lib chiqtim safarga.
Iqbolim bor ekan, tushdim nazarga,
Nomim yaxshi bo'lib, elimda qoldi...

(Iqbol Nazariy, oxirgi she'rlaridan)

Qayd etilgan


Secret  01 Yanvar 2012, 18:01:20


Ibodat ne?
Yaratganga itoat ham ibodatdur
Haqiqiy bandalik birlan
Sadoqat ham ibodatdur.

Otang birla onang qalbi
O`tar ka'ba tavofidin
Alar ko`nglini shod etsang
Bu xizmat ham ibodatdur.

Umrni etmayin isrof
O`zing ro`za vujuding sof
Agar pok holda uxlarsan
Bu rohat ham ibodatdur.

Butun borliq nabotot ham
Yaratganga etar tasbeh
Bobodehqon ekib yursa
Ziroat ham ibodatdur.

Ibodatdur biror johil
Jafokorga desang haq so z
Va nodonga sukut qilsang
Sukunat ham ibodatdur

Agar juftihalol birla
Ko ngilxushlik qilar bo lsang
Falak shohid Malak hozir
Bu suhbat ham ibodatdur.

Tamal imoni ixlosdur
Bu qullik bandaga xosdur
Xudo deb qilganing har ish
Va niyat ham ibodatdur.

Sevib aziz do'stlar,
Ko'nglini shod ayla
Agar Olloh uchun sevsang
Muhabbat ham ibodatdur...
  (Mirzo Kenjabek)

Qayd etilgan