Bahri bayt  ( 867368 marta o'qilgan) Chop etish



Muslimahon  01 Yanvar 2012, 18:45:24

Hmm yo'g'imda aaaancha muncha bellashibsila a  :4



Rahmim keladi sangayu  o'rtoqmasman
Sevsangda meni,men senga hech boqmasman.
Sen misli tariq ildiz otarsan har yon
Bo'lsamda bulut,ustingga men yog'masman.

(tojik xalq ruboiylari)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 19:10:55

Nima yetmay qoldi ikkovimizga, yor,
Dilda ne g'ubor?
Nahot shu keng dunyo bugun bizga tor,
Qandoq qutqu bor!
Axir jahonga teng yurt-ku o'rtada,
Nahot bo'lishsak?
Nima yetmay qoldi, dil nedan zada,
Nahot urushsak!
Mayli, bo'lishaylik - bog'larni sen ol,
Cho'l menga qolsin.
Daryolarni sen ol, tog'larni sen ol,
Ko'l menga qolsin.
Agar ko'llarni ham olaman desang,
Soy menga qolsin.
Agar quyoshga qo'l solaman desang,
Oy menga qolsin.
Agar oy ham kerak deb ekansan, ol,
Yulduzdan qo'l tort.
Oq tunlar ayshini surgin bemalol,
Kunduzdan qo'l tort.

Sharob senga bo'lsin, choy menga qolsin,
Yoki ayroni.
Saroy senga, chetroq joy menga qolsin,
Sayg'oq, jayroni...
Samarqandni sen ol, Turkiston menga,
Yo mayli, Sayram.
O'shaning o'zi ham bir jahon menga,
Bir to'y, bir bayram.
Olaver, olaver, barisini ol,
Oshiq indamas,
Barini olginu, menga-chi, Oyxol,
O'zing qolsang bas.

(Mirtemir)

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 19:18:00

Сочларимга инмоқда қорлар,

Интиқтирди бизни баҳорлар.

Секин стар бслганида он,

Йсллар қараб чашминг нигорон...

Соғинганим,

Соғинмадингми?

 

Туманларга айланди оҳим,

Хун бслган шу юрак гувоҳим.

Дардим ёзиб, стганимда ёд,

Тиқилади бсғзимга фарёд.

Соғинганим,

Соғинмадингми?

Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Yanvar 2012, 19:19:45

ilon iziman boyni qiziman, kalta koylak obermasez dadam demayman

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  01 Yanvar 2012, 19:34:33

Na iloj sizga dada bulolmasman
bilb turib duzaqi bulolmasman
kalta kuylak olib sizga
men jannati bulolmasman

Qayd etilgan


BelleQizcha  01 Yanvar 2012, 19:35:47

nasihat darsimi bu? bahri bayt shekilli?

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  01 Yanvar 2012, 19:41:58

Qofiya wunga kesa manda nima ayb keganini qaytarmadimda

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 19:51:17

Eyy bellashuvniyam beli chiqdi  :-[

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  01 Yanvar 2012, 20:02:15

Imkon bering yana bir bora
qofiya keb qosa zora
bela4ayam hafa bulmasti
hafa qmasta kuynim tulmasti :p

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 20:08:04

Assalomu alaykum aziz she'riyat muxlislari!

Ushbu mavzumiz nomi BAHRI BAYT bo`lib u huddi adabiyot darsidagi bahri baytga o`xshaydi. Ya'ni bir kishi she'r aytadi. She'rning oxirgi harfiga ikkinchi kishi davom ettiradi.

Shartlari:
She'r kamida 2 qator bo`lishi kerak.
Muallifi ko'rsatilishi kerak.
Buzg'unchilikni targ'ib etadigan she'r bo'lmasligi kerak.
She'riyat talablariga javob berishi kerak.



Qayd etilgan