Bahri bayt  ( 869937 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 246 247 248 249 250 251 252 253 254 255 B


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 22:05:44


Dahr bazmu ayshi anduhu g'amig'a arzimas,
Sharbati jonparvari muhlik samig'a arzimas.

Yuz yil o'lsang yor vaslining safolig' subhida,
Bir zamonlig' hajri shomi muzlimig'a arzimas.

Yetsa davrondin sanga gar umrlar sur uzra sur,
Bir nafas yetkan malolu motamg'a arzimas.

La'lidin gar jon topub quchsang muroding shohidin,
Naz' vaqti paykaring pechu xamig'a arzimas.

Madhinga ochsa ulus gar xush iborat birla til,
Bir qabih alfoz ila qilg'on zamig'a arzimas.

Teng tut amvoli jahon beshu kaminikim, oning
Inbisoti beshi anduhi kamig'a arzimas.

Istabon aysh, Ogahiy, g'am boshinga kelturmakim,
Dahr bazmu aysh anduhi g'amig'a arzimas.

Ogahiy

Qayd etilgan


Muslimahon  01 Yanvar 2012, 22:27:14

Netay Majnun mening shogirdim o'lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.

Ko'ngulda zaxmlardurkim, falakning
NIshoni novaki bedodi men-men.

Mening nolamg'a xud sho'xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.

Ogahiy

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  01 Yanvar 2012, 22:47:25

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech, xayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.

Uzoru qaddu raftoringni ko'rsat,
Chaman sarvu gulini sharmisor et.

Labi maxmurdadurmen, jomi may tut,
Karam qil, soqiyo, daf'i humor et.

"Analhaqaq" mojarosin aylading fosh,
Kel, ey Mansur, istiqboli dor et.

Duru ashku aqiqi xuni dilni
Kelu yoring ayog'ig'a nisor et.

Kuyib, ey Nodira, olam elig'a
Muhabbat shevasini oshkor et.

(Nodira)

Qayd etilgan


Muslimahon  03 Yanvar 2012, 09:35:48

Tohir sevdi Zuhroni,
Yetolmadi bechora.
Majnun sevib Laylini
Oxir buldi devona.

Otabekchi Kumush deb,
Buldi qancha ovora.
Rano deb kuydi Anvar,
Yuragi yona-yona.

Shiringa yetmoq uchun,
Farxod chiqdi mardona.
Barchinoy deb Alpomish
Buldiku hup sarsona.

Muallifini eslomadim  ::)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  04 Yanvar 2012, 00:39:02

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jonu jahon o’rtar,
Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o’rtar.

Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,
Bo’lub besabru betoqat, yurak-bag’ri chunon o’rtar.

Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar.

Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"œNigoro!" deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o’rtar.

Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko’zum giryon, so’ngaklarni nihon o’rtar.

Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’lmoq,
Mening ohim o’tig’a bul zaminu osmon o’rtar.

Yurakda dardu g’am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o’rtar.

Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o’rtar.

Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig’a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.

(Boborahim Mashrab)

Qayd etilgan


Muslimahon  04 Yanvar 2012, 00:47:28

Ruxsoringiz tilayman,
Shirinmisiz Laylimi?
Ruxsatingiz so'rayman,
Sizni sevsam maylimi?

A.Qayum

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  04 Yanvar 2012, 01:34:35

Ishon, odam, bahorga ishon,
qara, go'dak kabi beg'ubor -
minginchi bor olovday porloq
gullarini ko'rsatar bahor.

Bahor senga ishonar, qara,
suzib chiqdi ko'ziga yurak -
qarab turar senga intizor,
sen bahorni sevishing kerak.

Ko'ziga boq, haydama uni -
minginchi bor qilmagin xato.
Ostonangdan ketmaydi bahor,
sen aslingga qaytmaguncha to.

Sharqiratar asov soylarin,
nafasidan ranglar ufurar,
o'ynayverar yashil qushlarin,
gullarini yondiraverar...

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Muslimahon  04 Yanvar 2012, 01:40:15

Yana R dan tushsa man oq bayrog'immi qidirib qolaman.....

Ranjimang siz meni achchiq so`zlarimdan,

O`zga qizni suydirgan zor ko`zlarimdan.

Ketar bo`lsam bo`zlamang izlarimdan,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

Qayd etilgan


Muslimahon  04 Yanvar 2012, 02:51:40

Men zorg'a bazmingoz aro joy bering,
In'om bila jomi dilosoy bering,
Ya'niki, xumorim yozorg'a har dam,
Lutfe qilibon kosa to'la choy bering.

Ogahiy

Qayd etilgan


Secret  06 Yanvar 2012, 08:35:07



Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas.
Navoiy

Qayd etilgan