Bahri bayt  ( 870144 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 247 248 249 250 251 252 253 254 255 B


MUSLIM_uz  06 Yanvar 2012, 22:22:11

Na qlay mohitabonliging yuragmga jo
yellar kabi yoqimtoy suzing
nigorin sen urtanma aslo
suqsurdayin guzalsan uzing

yella meni asta allalab vujudimga ajib his solar
ayrilqning bordur oxiri
menman senga juda intizor
ayt4i meni sen sevasanmi
no4orlgm hech sezasanmu?

Oppodomlani hotira daftarlaridan!

Qayd etilgan


Muslimahon  07 Yanvar 2012, 08:28:16

Утар умр утмокда орзуларга адашиб,
Кун ботиб тонг отмокда ниманидир талашиб,
Юрак толиб бормокда Армонларга калашиб,
Келар гохо омадим аммо бахтан дарак ёк,
Унутаман борлигим гохо ёрук дунёда билипмами,
Кимга зорлигим умр деган дарёда,
Жавоб кутиб севгимга сшаспман гадойдай,
Гоё гозал хаёта мендай жон халак ёк,
Козим тола ачик токилгиси келмайди,
Ох такдирга койиб бош дил конгиси келмайди,
Зор Калбимда ёк бардош чекингиси келмасди,
Охларимга осмон зор фарёдимга фалак ёк,
Туйгуларим тунлари ойга айтким келар коп,
Армон болган тушларим сойга айтким келар коп,
Асли коркам кунларим куйга атгим келар коп,
Юрак тола хасратим тинглагувчи юрак ёк.........

(muallifini bilmiyman shu sherri, lekin rossayam yoqadi shu)  :5

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  07 Yanvar 2012, 09:34:28

Qamatsang qamatuvur
qarshingda qoqqan qoziqday qoqilib qoqlilovuraman qulpinisa :p

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  07 Yanvar 2012, 12:24:18

Асли ксркам кунларим куйга айтгим келар ксп,
Юрак тсла ҳасратим тинглагувчи юрак йсқ.........

Qarsak nima o'zi?
Ikkita kaftning
orasidan potrab chiqadigan sas,
xohlasam chalaman, xohlamasam yo'q,
qarsak menikidir, sizniki emas.
Qarsaklar hozircha qo'ltiqlarimda
mitti mushuklarday mudraydi taftdan.
Axir, o'zbekning bir o'jar shoiri
qarsak chalarmidi bema'ni gapga.
Vijdonsiz shoirlar ko'paygan juda,
yurakni so'z bilan yondirguvchi kam,
xalqimas,
shuhratni o'ylab so'ylagan
ahmoqqa bermayman qarsagimni ham.

Qarsak nima o'zi?
Arzimagan gap,
kerak bo'lganida topilar qoplab.
Titroqqa to'ldirib osmon gumbazin,
qarsaklar chalishni bilaman boplab.
G'irromlik qilmasa notiq agarda,
yolg'on she'r aytishdan qaytsaydi shoir,
miltiq o'qlariday gumbirgum qilib
havodan qarsaklar yasardim doim.
O'jar shoirlikni tashlab o'shal payt,
epchil bir yugurdak kabi zamonda
qarsak chaladigan xizmatchi bo'lib,
ishga kirar edim O'zbekistonga.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan


Muslimahon  07 Yanvar 2012, 18:42:13

Aytsang-chi, yo‘lingda kimlar bo‘ldi g‘ov,
Bezdi-ku kulbamdagi fayzu farishta.
Ko‘ngil mulkim mening alg‘ov-dalg‘ov,
Qayt, yana dunyomni qilg‘il sarishta.

Asqad Muxtor

Qayd etilgan


Muhammad Said  07 Yanvar 2012, 19:29:43

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora.
Sening qalbing yara menig qabim yara.
Bu dunyoda men bechora, sen bechora
Erka kiyiik maylimi bir erkalasam.
(Muhammad Yusuf)

Qayd etilgan


Muslimahon  07 Yanvar 2012, 19:48:21

Muhammad Said oxirgi xarfi ga mosini topinn  ;D

Mеn siz bilan nafas oldim,
Dard bilan yaraldingiz.
Har gal o'ksib qoldi qalbim,
Yellar-la taraldingiz.

Oppoq bulut suzib o'tdi,
Yana tomchi tommadi...
Nahot bunga ham ko'nikdim,
Dardli o'ylar qolmadi?

Mayli, agar to'ymasa
Dilimning qaqroqlari,
Dovul tursin, to'kilsin
Umrimning yaproqlari:

Asqad Muxtor

Qayd etilgan


Muhammad Said  07 Yanvar 2012, 20:28:00

Iymonli sarbonlar davondan o'tar,
Iymonsiz sarbonlar toyilib ketar,
Pok niyatda chiqqan murodga yetar,
Davonlar o'sha-yu,  yo'llar o'zgardi.

Boshimiz ko'yingda ey sultonimiz,
Senga qul bo'lmoqlik bizning shonimiz,
Fidoiy qullikga bor imkonimiz,
Imkonlar o'sha-yu, qullar o'zgardi.
(Baxtiyor Fidoiy)

Qayd etilgan


Muhammad Said  07 Yanvar 2012, 20:31:26

Muslimahon (i)ga toping

Qayd etilgan


Muslimahon  07 Yanvar 2012, 20:53:15

Ikki narsa og‘ir ko‘ngaimga asli,
Ikki narsa uchun yo‘q menda bardosh:
Biri - dushmanimning shodon qahqahasi,
Biri - do‘st ko‘zida miltillagan yosh.

Asqad Muxtor
 :5

Qayd etilgan