Bahri bayt  ( 870161 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 248 249 250 251 252 253 254 255 B


Muhammad Said  07 Yanvar 2012, 22:09:55

Shariatda ayri qolmang,
Haq ishiga sustkash bo'lmang,
Odam o'g'li, g'ofil yurmang,
Ko'ch ketar, karvon aylanmas.

Kimdar sahar turar birdan,
Kimdir bosh ko'tarmas yerdan,
Shaydo dilli go'zallardan
Tish ketar, zabon aylanmas.

Maxmutquli.
Mirzo Kenjabek marjimasi

Qayd etilgan


Muslimahon  07 Yanvar 2012, 23:23:44

Siz bilasiz mening yonishlarim,
Satrlarga ko'chgan qalb cho'g'imni,
O,yulduzlar,tungi tanishlarim,
Nur bilan sug'oring shu qo'shig'imni.

Ehtimol,shunda u biron kimsaning
Yurak yarasiga malham bo'lardi.
Guldek ochilardi zamin insonning
Atigi bir zumga arisa dardi.

Asqad Muxtor

Qayd etilgan


Muslimahon  08 Yanvar 2012, 00:28:26

Сени сйласпман...
 
Сени сйласпман,
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим.
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам,
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.
 
Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл,
Йсл қараб чарчаган
Аигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаспти тин.
 
Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси —
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?
 
Битмас матонат-у
Туганмас тоқат
Ва жиндек табассум
Ксзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси —
Юзта илтижо.
 
Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
А­згуликка тсла
Ксркам ҳаётда
Албатта иккимиз
Бахтли бсламиз...
 
Соғиниб, сртаниб,
А­нтикиб ёниб,
Сени сйласпман...

Masud

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  08 Yanvar 2012, 03:43:29

Nazar topgan kimsa - qiymatli gavhar,
Kam o'ylagan kimsa bo'lur benazar,
Ishqsiz kamol bo'lmas ushbu olamda,
Kosadan muroddir, asli kosagar!

(Pahlavon Mahmud)

Qayd etilgan


Muslimahon  08 Yanvar 2012, 04:35:18

Chigirtkalar

Rizqimizni terib jim,
Yurganday biz - g‘ir-g‘ir,
Har qadam xavf-xatardan
Qaqshar yurak zir-zir.

Ana biri - yirtqichlar,
Bir tulki deb, xirr-xir,
Yirtib-yirtdi tipglashib
Bir-birini shirr-shir.

Tomoqlari takkillab,
Darrandalar "chirr-chir",
Poylab yurar bizni ham
Og‘iz ochib qirr-qir...

Sal boshimiz ko‘tarsak,
Uchib kelib pirr-pir,
Changal urar och arvoh,
Parrandalar birr-bir.

O’t, ushoq yeb, yalang‘och,
O’rnimiz loy, kirr-kir.
Oyoq osti umrimiz,
Aytishamiz jirr-jir.

Bosh bo‘lmasa bir boshda,
Yursak titrab dirr-dir,
Bosib o‘tar har hayvon,
Temirlar ham "tirr-tir".

Nur tovlanar bir, ana,
Bu ne balo sirrsir?..
Joning bo‘lsa, qochib qol,
In-inigga kirr-kir!..

Cho'lpon

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  08 Yanvar 2012, 12:22:41

Roziman, rizoman, o'la-o'lguncha
Xalqim deb o'ldim.
Xalqim nima bo'lsa, men o'sha bo'ldim,
Yuragim, bo'g'ilma, o'rtanma buncha!

O'zimga xiyonat qildimu aksar,
Xalqimga xiyonat o'ylaganim yo'q.
Mening yuragimni teshib o'tdilar
Xalqimga otilgan talay-talay o'q.

Qancha yo'llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard.
Faryod solar chog'da jim bo'la oldim,
Xalqim dardi edi dil o'rtagan dard.

Xalqim etagida yetdim voyaga,
Xalq bilan kuldim.
Bardoshim so'z bermas, deyman, qoyaga...
Roziman, o'lguncha xalqim deb o'ldim.

(Mirtemir)

Qayd etilgan


Aqoid  08 Yanvar 2012, 12:43:53

Menga Pushkin bir jahonu,
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon O'zbegim.

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  08 Yanvar 2012, 13:18:54

Meni seskantirar gohida zimdan
Mo'ralab yugurgan kaltakesaklar.
Meni seskantirar gohi izimdan
Yashirin otilgan uvoq kesaklar.

Tutaqib ketaman, nomus, andisha
Xippa bo'g'ib olar, biroq yo'q shubham -
Agarda biqinmay, tik kelar bo'lsa,
Olishardim hatto ajdar bilan ham...

Jamol Kamol

Qayd etilgan


Muslimahon  08 Yanvar 2012, 16:13:32

MASHRABNING DOR OSTIDA AYTGANLARI

Mendek motamsaro yo‘q,
Yovlarimga qazo yo‘q.
Nolib shunday besamar,
Men ko‘rmagan balo yo‘q.

Yolg‘iz panoh nafsimiz,
Ham bu harom lafzimiz.
Haqgo‘y odam - javobgar,
Qasamxo‘rga jazo yo‘q.

Yetim qizdek bedavo,
Kulgi bo‘ldi sharm-hayo.
Orsiz ketdi - tavoqda,
Ta’rifiga imlo yo‘q.

Halol noni - minnatli,
Qilgan ishi illatli.
O’g‘ri to‘rda — mo‘htavo*
Hech gapida xato yo‘q.

Aqli kullar* - devona,
O’z elida begona.
Yurt og‘asi - sotqinlar,
Xoindan zo‘r daho yo‘q.

G’aru kazzob, qaroqchi
Yurtimizga poyloqchi.
El-ulus deb kuyganlar
O’lib ketsa, da’vo yo‘q.

Talab mol-mulk, jonimiz,
Yurar yallo har iblis.
Yeb-yutmagan bizni hech
Ya’juj-ma’juj, tarso* yo‘q.

Oldi to‘ymay sarvarim
Hatto bor-yo‘q javharim.
Oppoq Xo‘jam qo‘llari
Yetmagan joy - halo yo‘q.

Tillarida madh-sano,
Chanog‘ida* hech vaqo.
Darveshlar biz bevatan,
Qo‘limizda aso yo‘q.

Bas endi, os, ey jallod,
Mangumas hech istibdod!
Kelmasa u qasos kun,
Men kelurman, fano yo‘q!

Cho'lpon

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  08 Yanvar 2012, 16:53:45

Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'ngluma har birining dardu balosinmu deyin?

Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmu deyin?

Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?

Zulfi dominmu deyin, la’li kalominmu deyin,
Birining qaydi yana birning adosinmu deyin?

Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uza gulrang qabosinmu deyin?

Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javru jafosinmu deyin?

Ey Navoiy, dema qoshu ko'zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?

(Alisher Navoiy)

Qayd etilgan