Muallif Mavzu: Bahri bayt  ( 542393 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 673
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Bahri bayt
« Javob #2535 : 14 Iyul 2012, 09:35:08 »

Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,
Tilakni izla, qo‘y dunyoni, ber orzuga tabdillar.

(Hofiz Sheroziy)

Ramazonda bir oydin sahar
… Alloh shunday qildi iroda-
Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,
Uchrashdilar g’ori Hiroda.

Dedi: Gumroh qolmishdir basher,
Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga.
Alloh hukmi – O’qi! Payg’ambar,
Odamlarni boshla haq yo’lga!

Arshdan aziz boshingga indi
Muqaddas ishq – muborak davlat.
To qiyomat zimmangda endi
“Tur, ogoh et!” – imonga da’vat.

Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan,
Xadichaga so’zladi holing.
Zukko ayol uning ko’zida
Ko’rdi asrlarning kamolin.

Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.

Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul –
Biru Birga ibodat – tavhid.

Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom – nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.

Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi – Qur’on!   
       Abdul Jalil

Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 673
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Bahri bayt
« Javob #2536 : 20 Avgust 2012, 11:58:58 »

Agar vasl istasang, undan yiroqqa ketma, ey Hofiz,
Tilakni izla, qo‘y dunyoni, ber orzuga tabdillar.

(Hofiz Sheroziy)

Ramazonda bir oydin sahar
… Alloh shunday qildi iroda-
Tushdi ko’kdan Nomusi Akbar,
Uchrashdilar g’ori Hiroda.

Dedi: Gumroh qolmishdir basher,
Nihol ekkaydurmiz qoq cho’lga.
Alloh hukmi – O’qi! Payg’ambar,
Odamlarni boshla haq yo’lga!

Arshdan aziz boshingga indi
Muqaddas ishq – muborak davlat.
To qiyomat zimmangda endi
“Tur, ogoh et!” – imonga da’vat.

Titroq bosdi, qo’rqdi o’zidan,
Xadichaga so’zladi holing.
Zukko ayol uning ko’zida
Ko’rdi asrlarning kamolin.

Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.

Ne jafolar ko’rmadi Rasul,
Haqoratu masxara, tahdid.
Lekin har dam uqtirgani shul –
Biru Birga ibodat – tavhid.

Yillar kechdi. Haq Rasul bilan
Balqdi Islom – nur aro Ka’ba.
Iqror, tasdiq, taslim dil bilan
Ahli imon topdi martaba.

Yuraklar pok, xulq go’zal bo’ldi,
Elni baxtga boshladi irfon.
Ming shukrkim, mukammal bo’ldi
Mo’jizalar onasi – Qur’on!   
       Abdul Jalil



Na uchun ularning tovushlarida
O'tgan asrlarning ohangi yig'lar?
Na uchun yozmishning o'ynashlarida
Har yurish ko'nglimni nashtardek tig'lar?

Kenglik hayollari uchdimi ko'ka
Butun umidlarni yovlarmi ko'mdi?
Mangu tutqunlikka kirdimi o'lka?
Xayolda porlagan shamlarmi so'ndi?

Kechaning jon olg'ich qorong'uligi,
Najod yulduzini xayolmi bildi?
Shuncha tutqunlarning haqqi, haqligi
Bir hovuch tuproqqa qurbonmi bo'ldi?

Ohimning o'tidan chiqqan shu'lalar,
Sharqning ko'kragida bir topmasmi?
Ko'ksimdan qisilib chiqqan na'ralar,
Uhlagan dillarga kulib boqmasmu ?    Cho'lpon

 o'zi Bahri bayt o'zaro bo'ladiku... mayli shundoq bo'lsa ham yozib qo'yurdik-da. Yaxshi she'r ekan.
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

BilmasOY

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 945
  • -oldi: 401
  • Xabarlar: 266
  • Jins: Ayol
  • Bilmaganni so'rab o'rgangan olim!!
Re: Bahri bayt
« Javob #2537 : 20 Avgust 2012, 14:28:28 »
Ularning qo'lida hamisha tuzoq -
Lola, lojonim, lolaqizg'aldoq...
                    Muhammad Yusuf
BU DUNYO HECH KIMGA QOLMAS ABADIY:
KETDILAR, KETAMIZ, KELISHAR, KETAR...
                                        UMAR XAYYOM

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Bahri bayt
« Javob #2538 : 20 Avgust 2012, 21:23:26 »
Қардошларим, мана, сизга бир ўлка —
Ким, топилмас ер юзида сингари.
Ҳар ёнида кенг, ям-яшил учмохлар,
Жон сувидан етишгандир гуллари...
Оғочлари яшил кийимлар кийган,
Терилишар топинғоли тангрига.
Оғир, юксак, кўркам, ҳайбатли тоғлар
Ўнгдан,
Сўлдан,
Ҳар ёндан
Ҳақ йўлида урушғувчи аскардек
Ясов тортиб, кўкрак керуб, юксалган,
Кўкдан дағи ўз ҳаққини истардек.
Денгизлардан қанот очиб табиат
Қучоқламиш бу севгили ёвдусин.
Тангри дағи муздан, сувдан ҳам тоғдан
Қуршатмишдир қўрғон қилиб теграсин —
Ким, ёввойи бир ҳайвон
Суқиб қолмасун мунга
Йиртқич тишин, тирноғин.
Бунда турди ҳар улуснинг ҳарнаси:
Бутхонаси, ўт уяси, каъбаси.
Ҳам шунда Ñžқ яшади,
Бироқ, букун, эсизларким, бу ўлка
Ҳар томондан таланмишдир йўлсизча.
Маданият деган ғарбли олбости,
Боқинг, бунинг кўкрагидан Ñžқ босди.
Қуш боқиши қарангиз,
Бунда букун нелар бор:
Ўтлар ора ёниб турғон қишлоқлар,
Хирмон бўлуб Ñ‘Ñ‚қон гавдалар жонсиз
Оқмоқдадур қизил қондан ариқлар,
Тинч турганлар таланалар омонсиз.
Тўрт-беш яшар бир боланинг бошини,
Боқинг, кескин қилич билан кесмишлар.
Йиғлаб турғон онасининг бўйниға           
Бир ип билан осмишлар!..
Янгигина келин бўлғон бир қизнинг
Кўкрагини, эри бўлғон йигитнинг
Жонсиз Ñ‘Ñ‚қон гавдаси узра қўюб,
Найза билан тешмишлар!..
Хотинларнинг пардаси,   
Болаларнинг юраги,         '
Қариларнинг гавдаси,
Йиртилғон,
Ёрилғон,
Эзилғон!..
Ким берган
Бу уғурли ўлкага бунча ўтни?!
Ким тўккан
Бу муқаддад ишга бунча қонни?!       
Билмайсизми?   
Шўр сувлардан чиқиб келган бир маймун
Тулки билан шайтон, алдовчи малъун,
Англиз!..
Ҳамда унинг қуйруғини тутқонлар!

Абдурауф Фитрат
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Bobur Sharipov

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 803
  • -oldi: 217
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
Re: Bahri bayt
« Javob #2539 : 19 Sentyabr 2012, 23:33:26 »
Ruhingda safoyu taningda mador,
 Umidbahsh qo’shiqlar kuylaganmisan?
O’sha payt, o’sha on hech qursa bir bor
 Chinorni kim ekkan – o’ylaganmisan?
Ro’baro’ kelding sen toshqin daryoga,
Qolding sohil uzra chorasiz, giryon,
Lekin yo'liqqanday ajib ro’yoga,
 Qarshingda bir ko’prik bo’ldi namoyon.
Bamisli uzala tushgan xor vujud,
 Ko’targay u turfa insonlar korin.
 O’tding sen daryodan salomat va but,
Lekin o’yladingmi ko’prik me’morin? Abdulla Oripov
« So'nggi tahrir: 20 Sentyabr 2012, 14:44:59 muallifi _BOBURBEK_ »

Bobur Sharipov

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 803
  • -oldi: 217
  • Xabarlar: 97
  • Jins: Erkak
Re: Bahri bayt
« Javob #2540 : 14 Oktyabr 2012, 10:59:09 »
Nega o'zim bilan kelisholmayman?
Nega yuragimning tili qisiq-jim?
Nega o'lim bilan olisholmayman,
Nega "nega"lardan iborat umrim?
Behzod Fazliddin

Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5300
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1257
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Javob: Bahri bayt
« Javob #2541 : 04 Iyul 2016, 01:42:57 »
Qani kelga joyidan davom ettiramiz..


Ming chumchuq dovrug'in urar bir shunqor,
Yuz mushuk birgina sirtlon bo'lolmas.
Sochilib ketadi soxtaviy viqor,
Ming bulut yig'ilib, osmon bo'lolmas.

Bu nazmiy saroyda hokim ko'hna g'am,
Har dilga berilmas ilohiy malham.
"Quyosh" taxallusi bilan yozsa ham,
She'riyat bazminda Cho'lpon bo'lolmas...

Xayrulla Hamidov

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor

Rahmatnoma


Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Javob: Bahri bayt
« Javob #2542 : 04 Iyul 2016, 03:26:12 »

"Сен эй Жаллод окизма хунлар,
чопма кози хукм гар қилса.
Кундага бош куйган мактуллар
Хофиздан бир катор шеьр билса.."

"Эй Зиндонбон бандаларингни уз,
куйгил, кетсин, тусма рохини,
Чох ичида урен бир махбус
тилга олса Хофиз номини..."

"Эй Биродар чида барига,
чида дусту ерлар тарк этса.
Бошингни куй оекларига
кимдир бир кун "Хофизман" деса..."

Аскар Махкам "Хожа Хофиз девони хошиясига"
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Rahmatnoma


 

Toshpo'lat Usmonov. Ahmad Farg'oniy va bayt ul-hikma

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2226
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:20:32
muallifi AbdulAziz