Bahri bayt  ( 868831 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 ... 255 B


Robiya  06 Fevral 2008, 12:48:09

Rizqingdan ortiqni yeb bo’lmasa ham,
Talabda bo’lmag’il dangasa, beg’am.
G’avvos nahang og’zini o’ylasa agar,
Qo’lga kiritolmas hech durru gavhar.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Fevral 2008, 15:02:34

Rayhon xidlarini yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni chiroyli tuqqan!

Qayd etilgan


Mahzunabonu  07 Fevral 2008, 21:48:05

Nechun o‘g‘irlading o‘yu fikrimni,
Nechun xayolimni aylading sarson.
Endi men bilmasman borar yerimni,
Endi tuyg‘ularim qoldi sargardon.

Seni ko‘rgandayman tushimda faqat,
Uchib o‘tgandaysan misoli yulduz.
Samoviy mo’jiza, ilohiy tal’at,
Tengi yo‘q bir malak, qoshlari qunduz.

Nasib etarmikan biror kun visol,
Nasib etarmikan tutmoq qo‘lingni.
Va yo noshud qolgan munajjim misol,
Poylab o‘tarmanmi qaytar yo‘lingni...

Abdulla Oripov.

Qayd etilgan


AL_laziz87  08 Fevral 2008, 18:10:04

Ikki dunyo borligi rostdir, rostdir mudom,
Bu tomon aldoqchi derlar, u tomon rostdir mudom,
Bunda kim och, kimsa to‘q, kimlarga ko‘p sozdir mudom,
Kimni yozi qish esa, kimlarga qish yozdir mudom,
Har kimni bosgan izi niyatiga mosdir mudom.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2008, 17:10:09

Men bugun tirigu ro’yxatda yo’qman
Mozorda yotmagan o’likman bugun
Kimningdir rizqiga otilgan o’qman
Olloh nazaridan qolgan bir tugun

Ollohning quliman deya va’z o’qib
Shaytonga qul bo’ldim tunlar,saharlar
Ilmni o’qidim,olmadim uqib
Riyoni g’isht qilib qurdim shaharlar

Niyatim ko’p,undan bahonam bisyor
Bugun ulgrmadim,erta boshlayman
Yasha degan do’stu,koyigan ag’yor
Dunyo etagini zichroq ushlayman

Jangga chiqmoq lozim birga uch bo’lib,
Shaytonu,ham nafsu,ham dunyo bilan
Yengilsam yonarman mangu o’t bo’lib
Yengsam,ketajakman yuz ro’yo bilan

Ojizgina tanam,ham ojiz qalbim
Hech narsaga o’zim qodir emasman
Gar madad bermasang sen o’zing Tangrim
Ertamdan bir umid bordir demasman

Tunlar uyg’onmagan oshiq emasdir
Saharni boy bergan o’tar g’aflatda
Uni hech kimsa chin mo’min demasdir
Undan yeru-zamin bo’lar nafratda

Bugun duolarim bo’lmas ijobat
Gar yosh o’rniga qon to’kib aytsam-da
Toat-ibodatim bo’lmas ibodat
Gar samoga ming bor chiqib qaytsamda

Senga iltijoyim yaratgan Egam
Tun-sahar ko’zimni uyquga qo’yma
Solih bandalardan bo’layin men ham
Qiyomatda meni qayg’uga qo’yma

Qayd etilgan


Mahzunabonu  09 Fevral 2008, 22:04:29

Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Bo’lganmikin mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib bo’lgan umid bilan yor?

Zulfiya

Qayd etilgan


Robiya  12 Fevral 2008, 16:23:23

Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?

 

Qayd etilgan


Kumushbibi  13 Fevral 2008, 11:22:27

Rizq agar har kimga kelur begumon,
Aql der: "œQidirgil uni sen o’zing"
Hech kishi ajalsiz o’lmaydi, ammo —
Kim ajdar og’ziga uradi o’zin?

 
Necha bahorim o'tdi gul atriga begona,
Shamoldayin shoshgani-yo'l qadriga begona.
Qaysi oshiq,axir,ayt, ishq dardiga begona?
Oqqushginam o'zingni so'roqlardan izladim.

Payqarmiding,bilmadim,suvlarda oqqim keldi,
Baliqlarga aylanib ortingdan chopgim keldi.
Eh,bilsayding,shunchalar o'zingga yoqqim keldi,
Oqqushginam o'zingni qirg'oqlardan izladim...

Qaylarga uray boshim,dog'larga yetolmasman,
Qadginamni dol qilgan tog'larga yetolmasman.
Shunchalar sog'intirgan yoqlarga yetolmasman,
Oqqushginam o'zingni yiroqlardan izladim...

To'zib ketdi xayolim,to'zon bo'lib qoldim men,
O'z qalbimga sig'mayin zindon bo'lib qoldim men.
Hasratlarga ko'milgan armon bo'lib qoldim men,
Oqqushginam o'zingni firoqlardan izladim...

Qayd etilgan


AbdurRohman  13 Fevral 2008, 11:28:42

Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, meni nega unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?

Meni sev, deb bo’ylarida o’ltiribman,
Telba bo’lib ko’ylarida o’ltiribman.
Tashnasiga bir qultum suv bermaydi u
Ariqning hech ishi yo’qmi yalpiz bilan?

Uni sevdim, tomirga qon sig’may sevdim,
Uni sevdim, jismimga jon sig’may sevdim.
Ey Xudoyim, buncha ozdir uning ishqi,
Jilg’alarni tenglashtirma dengiz bilan.

O‘n beshi tun, o’n beshi kuning yorug’ bo’lar,
Aytdilarki:
-Endi darding forig’ bo’lar.
O‘n byoshidan o’n besh mingi o’tib ketdi,
Ko’zlarim hech uchrashmadi kunduz bilan.

G’arib dunyo g’arib shonin qig’zonadi,
Qizg’anch dunyo burda nonin qizg’onadi.
Ey Xudoyim, dunyoingga aytib qo’ygil
Mehmonman-ku, siylasin-da non-tuz bilan.

Kuylab-kuylab yuragimni yaro qildim,
Yashab-yashab yuzlarimni qaro qildim,
Ey Xudoyim, bosh ko’tarmay ketarman men
Axir senga yuzlasharman qay yuz bilan?

Maysalarning ishi yo’qmi ildiz bilan,
Osmonning hech ishi yo’qmi yulduz bilan.
Ey Xudoyim, nahot meni  unutgansan
Yolg’izning hech ishi yo’qmi yolg’iz bilan?

Guljamol Asqarova.

Qayd etilgan


Robiya  13 Fevral 2008, 11:58:01

Nazar sol behamiyat ul kishiga,
Ki hargiz ko’rmagay baxtu saodat.
Tunu kun o’ylar o’z tan rohatini,
Jafo oilaga soatba-soat.

Qayd etilgan