Sevgidan so'z ochib qarmoq tashlaydi,
Gohida bie bo'sa jarga boshlaydi.
Sensiz yasholmayman, desa ishonma,
Sensiz yashab kelgan, yana yashaydi.
Ilohiy nur singgan azalda,
Unda mavjud hidoyat, dalda.
Qo‘lga olsam ilhaq mahalda,
Sabru to‘zim bo‘lar she’riyat.
Najot izlab hijron baloga,
Nochor boqdim foniy dunyoga,
Dardim aytsam Arshi a’loga,
O‘tinch so‘zim bo‘lar she’riyat.
Daraxt kuysa qolar ildizi,
Qalbda bitmas ayriliq izi.
Porlab chiqsa ilhom yulduzi,
Ko‘rar ko‘zim bo‘lar she’riyat.
Torim bevaqt uzmasa firoq,
Kuylar edim balki yaxshiroq.
Yozmishimdan tushmaydi yiroq,
Mening o‘zim bo‘lar she’riyat.
Asror Mo'min