Bahri bayt  ( 869939 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 255 B


Farida  01 Sentyabr 2006, 02:55:52

Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.

Islom Hamro

Qayd etilgan


Nodi  01 Sentyabr 2006, 23:08:35

Rohatdamiz goho Urganchning,
Goh Toshkеntning Do'rmonlarida.

...Bir-bir uziladi yaproqlar
Sharq va g'arbning o'rmonlarida.

Matnazar Abdulhakim

Qayd etilgan


shoir  02 Sentyabr 2006, 07:36:03

Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.

Zulfiya

Qayd etilgan


Nodi  02 Sentyabr 2006, 11:01:12

Qoshingni qarolig'i,
Yuzingni zebolig'i,
Jonga jafo qiladi
Shu qizning balolig'i.

Qaro-qaro qoshligim,
Uzun-uzun sochligim,
Qaro qoshingni deb yurib,
O'tib ketmasin yoshligim.

Qayd etilgan


zulayxo  02 Sentyabr 2006, 20:56:48

 BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM               

Qur'on oyatlarga she'riy tafsir.

Musulmon bekorga urmas va so’kmas,
Kimsani ezmoqqa qidirmas aybin.
Shubha yo’qki, Alloh zolimni suymas:
Vallohu la yuhibbuz-zolimiyn...

Sabr etgan doimo murodga yetar,
Ey mo’minlar, siz ham murodga yeting.
Alloh ham sabrli qullarni sevar
Vallohu yuxibbus-sobiriyn...

Qayd etilgan


Farida  03 Sentyabr 2006, 08:02:26

Ne tong edi izg'irinlar zahrini totding,
Dasturxonda muztar qoldi qandu novvoting,
Shahidlarning munglaridir har bir ravoting,
Abadiyot erur asli adabiyoting,
Cho'lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim Vatan.

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan


Mas'ud  03 Sentyabr 2006, 22:58:31

Nechun, jonim, ko'zlaringda nam?
Nechun yillar qiynading o'zing?
Dadrlaringni ko'ramiz baham,
Haqiqatdan yummagin ko'zing.

Qancha kutdim gohida chidab,
Gohi sendan qilib andisha.
Majbur bo'ldim o'zimni aldab,
Yashab yurdim kulib hamisha.

Qalbim-chi, u yig'lar edi jim,
Qayg'ularin etmasdi oshkor.
Faqat rozing kutdi yuragim,
Qadamingga bo'lib intizor.

Ko'zlaringni yashirma mendan,
So'zing tinglab, qarab to'ymayman.
Menikisan. Endi hech qachon,
Hech kimsaga berib qo'ymayman.

Toshkent...2005

Hurmat ila, JaruleUZB

Qayd etilgan


Shahina  04 Sentyabr 2006, 07:56:37

Nahotki mendek farzandni
Uvoli tutmasmikan seni?
So'ngra esa tirnog'imga zor bo'lib,
Axtarib yurmasmisan meni.

Yulduz Usmonova qo'shig'idan

Qayd etilgan


Nodi  05 Sentyabr 2006, 19:05:41

Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Sentyabr 2006, 10:47:50

Izlasam toparman, do'stu birodar,
Yo davlat toparman, yo'qotsam agar.
Dildordan ayrilsam, yor bo'lar dilbar,
Sizni hech yo'qotmay onajon, sizni,
Hech biri berolmas mehringizni.
Iymanib yashama
Xayol pinjida.
Yoyil, yayra jonim,
O'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida,
Tuhmatga chida.
Sen ahir bittasan
Yorug' olamda.

Qayd etilgan