Bahri bayt  ( 869273 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 207 208 209 210 211 212 213 214 215 216 217 ... 255 B


Robiya  22 Oktyabr 2009, 07:19:05

:as:

Kim to'kkali obro'ying shitob qilgaydir,
Xalq o'rtasida ta'na - itob qilgaydir.
Sen unga javob aylamayu, jim o'ltir,
O'rningga farishtalar javob qilgaydir.

Ubaydiy

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 07:29:12

Rozimiz ne yozuq ekan taqdirda,
Qalbimiz sururda, ko'ngil huzurda,
Allohga hamd bo'lsin shirk to'la yerda,
Shirkka yo'q bizlarda aslo murosa.

H.Hamidov

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 08:35:45

Ribo-yu, o'girlik, zulm, fosiqlik,
Jallodlik, nomardlik, olg'ir notiqlik,
Bir amallab mumkin chidab bermoqlik,
Shirkka yo'q bizlarda aslo murosa

H.Hamidov

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 11:24:13

Yana r mi  :(

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar  ;)

H.Hamidov

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 11:49:45

Yana r mi :)
Rozimasman, Alloh desa, dil yonmasa,
Rasululloh desa, zahmatga ko'nmasa.
Ruhsiz tanim,nafsga asir bo'lsa abas-
Islomsiz o'tgan kunlarim kerak emas. :) Ijod qivordim..

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 12:13:47

"K"echa o'tdi, "ertaga" yo'q, "bugun" so'roq,
Kim o'ziga, kim Allohga tavakkulroq.
Ustunligi taqvosida bilinar kun,
Lozim bizga chin musulmon,mo'min bo'lmoq.
Kamina

Qayd etilgan


Abdulhafiz  22 Oktyabr 2009, 12:20:09

Qur'onda bor barcha ilmu fazilat,
Buni biling, ey insonlar, ey ummat!
Qur'on o'qing, qiling uni tilovat,
Qur'on bilan nurli bo'lar oxirat.
(c)

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 12:33:26

Tilda Alloh, dilda Uni unutganmiz,
Aql boru, lekin nafsga qul bo'lganmiz.
Voizlar ko'p, eshitguvchi topolmasdan,
Arzimas bir gapga bahsni boshlagan biz.

Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Oktyabr 2009, 13:44:13

Zaifnimas, zo'rni ishi bitmoqda,
Pul uchun o'z dinini ham sotmoqda,
Ega bo'lib martabayu, unvonga
Bitta-bitta u dunyoga ketmoqda...

Mahdiyah
qale ijod?  :D

Qayd etilgan


Robiya  22 Oktyabr 2009, 14:01:35

MashaALLOH, bu forum a'zolari tap-tayyor shoiru ijodkor ekanku :D

Ana endi yangi mavzu ochaversak bo'ladi. Forumning havaskor qalamkashlari, kuzatib boring...

ON.: Alloh dedim, kam qilmadi,
Do'stu yorga qildi oshno.
Tilga zikru fikr berdi,
Hayotim ham nurli, ziyo.

Robiya

Qayd etilgan