Bahri bayt  ( 867114 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 255 B


maknuna  06 Iyul 2006, 06:57:43

Lahza-lahza chiqdimu chekdim yolida intizor,
Keldi jon og`zimgaul sho`xi badho` kelmadi.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:58:25

Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Muhammad Yusufdan

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 06:58:56

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 07:01:36

Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora —
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim"¦
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:03:10

Qoldim kulko`rpamda
To`shagim — tuproq,
Yumalab yotaman
Ilonlar bilan.
Ularga ishondim
Bir yordan ko`proq.
Ilon chaqar,
Ammo
Gapirmas yolg`on!..

Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 07:04:01

Nima qilay seni unitolmayman
Endi seni ko'rmasdan unitaman abadiy
Unitaman barini xatto seni sevsam xam
Kulganimda seni eslab yig'layman
So'zlaringni aytib qalbim tig'layman.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:04:33

Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko'ngli bor,
Qo'yavering, o'ynasin...

Muhammad Yusufdan

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 07:05:04

Nafasim — g‘animat, so‘zim g‘animat,
Fojia — poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:05:28

Zarragina rahm etgali
Sabring menga yo`qmidi?
Onajonim, bundan o`zga
Jabring menga yo`qmidi?

Abdulla Oripov "Onajon" she'ridan

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 07:05:48

Ibodating, savobing ham,
Ziyorating, tavofing ham.
Sen aldagan o‘sha qizning
Qarg‘ishiga arzirmidi?

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan