Bahri bayt  ( 867370 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 255 B


maknuna  06 Iyul 2006, 07:06:23

Ismingni ayirib kechdi asrlar,
Xonlikni beklikka bo`lgan ne sirlar...
Kentlarga sochilgan o`rda, qasrlar...
Qumdan qorilganmi loylaring, o`zbek.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:11:12

Kulib turib, kulib ko`zin opqochgan,
O`rgatvolib, keyin o`zin opqochgan.
Quchoqlasam, titrab yuzin opqochgan
Tugunchagin tugib qo`ygan tayyor qiz,
Yolg`on yig`lab erga borar ayyor qiz.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:11:26

zo'ravon qaxriga berolsin bardosh
ko'zini ochiq tut raqibi nogox
hilvatta oyog'in chalib ketmasin
ezgulik ufqiga tekkanda nigox,
shirin so'z nomardlar yo'lin to'smasin

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:11:39

Necha kunki yo`q oromim
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:11:47

 Armonli yuraging og'rimasin xech
O'zingni chorlagin baxtli bo'lmoqqa
Anduxlarni unut g'am baxridan kech
sening xam xaqqing bor o'nab kulmoqqa

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:11:56

Axir o`zing der eding-ku,
Silab o`ksuk boshimni:
- Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
   

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:12:03

Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:12:10

Mana, bugun navro'zi olam,
Do'stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam...
Qo'limda gul, seni kutarman,
Umrim bo'yi chorlab o'tarman,
- Sen bahorni sog'inmadingmi?
   

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:12:17

Iqbolingni ko'roldim ayon
Istiqlolning ufqlari osha.
Iqboli hur, sho'x-shanim manim.
O'zbekiston, Vatanim manim.
   

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:12:24

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon.
Lek Navoiydek bobom bor
Ko'ksim osmon, o'zbegim.

Qayd etilgan