Bahri bayt  ( 867213 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 255 B


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:14:23

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo —
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u"¦

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:14:35

Unut meni arzimasman, sening toza izhorlaringga,
Men o‘zimni kechirolmasman, zarra ozor yetsa qalbingga,
Qo‘ygin meni arzimasman, senga dilim tutolmasman,
Bir bevafo tilgan qalbimni senga ravo ko‘rolmasman.

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:14:49

Nahot, she’rlar aytdim
bo`shliqqa qarab,
nahotki, sovrildi olov so`zlarim,
nahotki haq bo`lsa, el-u yurt asli,
quruq so`zlar degan gumroh do`stlarim?!

Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:14:57

Menga minbar emas,
unvonlar emas,
latta chechaklaru
ehsonlar emas,
olov bir sahroni,
yurtim xayoli
nurga gurkiragan sahro bering, bas.

Shavkat Rahmonning "œOvozim" she’ridan

Qayd etilgan


Ziyo  12 Iyul 2006, 06:15:11

Seni deb yashaydi toabad ko'nglim,
Ishqingni yo'lida mayli qon yutay!
Ochilmasdan qoldi dilimdagi gul,
Ox sening qalbingga sig'masam netay?

Qayd etilgan


maknuna  12 Iyul 2006, 06:33:13

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 06:59:30

Zavqim endi cheksiz bir muddat.
Ko'lim yorga bo'lganda maftun,
Chamanlarga bahor qaytganda.
Go'yo faqat ikkimiz uchun

Qayd etilgan


maknuna  17 Iyul 2006, 05:49:44

Nozaninlar bazmida aytilar mastona so‘z,
Termulib joningni olg‘ay surmali mastona ko‘z,
Kelgil ey jonimki sendan tinglayin do‘stona so‘z,
Qo‘llarim tutsin belingdin, surtayin poyingga yuz,
Bazmi dildoshlarni tuz, do‘st bo‘sang yonimda tur,
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:53:02

Eski forumdan ko'chirvomman:

Raqibning boshiga mushtlagan qo'llar,
Uning yelkasidan quchsa bo'lmasmu?
Nafrat sahrosiga boshlagan yo'llar,
Mehr vodiysiga uchsa bo'lmasmu?

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 05:53:12

Umidim ko'p edi orzuim osmon,
Yuragim yig'laydi qalbimchi vayron.
Endi yashash menga qanchalar gumon,
Yig'lab ketayapman sezdirmay kulib

Qayd etilgan