Bahri bayt  ( 867449 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 255 B


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:07

Chidaymiz nozingizga,
Nozu arozingizga,
Qishlardan omon chiqsak
Yetarmiz yozingizga.

Abdukarim Jumaboyev

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:13

Ana ko`zing ko`zimga tushdi,
Yuragingda titrar hayajon.
Axir menga hayot baxsh etgan
Sen ozingsan, sen o`zing faqat,,
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:20

Tunlar ko’kka boqib o’ylaysan kimni,
Gul kabi jamoling kimga fidodir?
Samodan izlayver, mayli, baxtingni,
Sevgingni arsh bilgan oshiq — xudodir:
Baxt sari ibtido tilayman senga,
Eng sodiq bir xudo tilayman senga!

Mirzo Kenjabek!
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:27

Ana, ko‘zim ko‘zingdan o‘tdi,
Qo‘y, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, o‘zingdan o‘tdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.

Behzod Fazliddin
   

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:34

Ishqingizdan qoldi yuragimda dog',
Angladim ishqingiz o'tsiz ekanin.
Porlab ko'ringan gul bo'ldi-yu yantoq,
Ko'nglimni qon qildi uning tikani.

Agar ishqingizda bo'lsa edi o't,
Bu qora quyunlar qilmas edi kor
Va mening qalbim ham qolarmidi but,
Ming bitta baloga bo'lmay giriftor.

Bu chigal xatolar to'ydirdi juda,
Tilagim oq, sizga duch kelsin baxt, shon.
Ammo menga ayting bir og'iz vido
Va uzilsin bizni bog'lagan arqon.

Halima Xudoyberdiyeva

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:27:40

Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!

Halima Xudoyberdiyeva

Qayd etilgan


Nodi  18 Iyul 2006, 07:31:00

Assalomu alaykum!

Eski manzildagi "bahri bayt" hammasi ko'chirib bo'lindi.

Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!

Qayd etilgan


Abdusalom  18 Iyul 2006, 14:52:12

Eski manzildagi "bahri bayt" hammasi ko'chirib bo'lindi.

Endi bahri naytni yangitdan boshlaymiz!

AbdulAzsiz, manimcha eski forumdagi "Bahri bayt" g'oliblarini aniqlash kerak.
Kim eng ko'p post qilganini.

Nima dedingiz?

Qayd etilgan


Abdusalom  18 Iyul 2006, 14:56:59

Niyat but. Albatta yetib boraman
Bir kun xush kun kelar tong rangi bilan
Ro‘zi mashhargacha ketib boraman
Qalqon — sovutlarning jarangi bilan!

Halima Xudoyberdiyeva

Yangi Bahri baytni boshlab berayotganimdan xursandman!

Nechun o`zgalarning shandir xayoli —
nastarin ochilgan,
sayrar qumrilar?!
Nechun yetimlarning o`tkir faryodi
shajarday chayqalur tasavvurimda?!

To`rt fasl —
osilgan kulfat arshiga,
go`yoki mudhish bir manzilga keldim.
Kuygan kechalarning qaltis avjida
chirqirab yig`laydi bir to`da yetim.

Shavkat Rahmon

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 05:33:48

Men sendan nima deb gina qilayin?
"Qul edik" desam ham boshing silkiysan,
"Kul edik" desam ham silkiysan boshing,
"Ozodmiz" desam ham boshing silkiysan,
"Bunyodmiz" desam ham silkiysan boshing
Men sendan nima deb gina qilayin?

"Taxtlimiz" desam-da,
"Baxtlimiz" desam-da,
"Jasorat" desam-da,
"Matonat" desam-da
"Xiyonat" desam-da
Boshing silkiysan.

Qutlibeka Rahimboyeva

Qayd etilgan