Yolg'onchi va munofiqlarga vayl bo'lsin!  ( 13505 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  02 Oktyabr 2007, 06:26:02

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taolo aytadi:

«Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas» (Zumar surasi, 3).
Ya'ni, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsani hidoyatiga muvaffaq qilmaydi, haq dinga yo‘llab qo‘ymaydi.

«Yolg‘on so‘zlarni ham faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalargina to‘qirlar. Ana o‘shalar yolg‘onchidirlar» (Nahl surasi, 105).
Ya'ni, Allohga va oyatlariga iymon keltirmagan kimsagina U zot sha'niga yolg‘on to‘qiydi. Chunki u azobga duchor bo‘lishidan qo‘rqmaydi. U haqiqiy yolg‘onchidir. Yolg‘on gapirish ulkan jinoyat bo‘lgani bois, mo‘min unga yaqinlashmaydi.

«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir surasi, 28).
Ya'ni, Alloh haddan oshib zalolatga botgan va U zot sha'niga yolg‘on to‘qiydigan kimsani hidoyatga, iymonga muvaffaq qilmaydi.


Assalomu alaykum!
Jamiyatda yolg'onchi va munofiqlarga qattiq munosabatda bo'linishi bejiz emas.
Zero, aynan yolg'on tufayli necha-necha dillar og'riydi, qancha-qancha ko'ngillar xufton bo'ladi.
Ayniqsa, din, diyonat, ilm nomi bilan yolg'on gapirish esa misli ko'rilmagan fojealarga olib keladi.

Yolg'on siz uchun nima?
Munofiqlik nima?
Ishonch nima?
Munofiq kimsalarni ko'rganingizda ularga nima degan bo'lardingiz?
Yolg'onchi-munofiqlarni kechirsa bo'ladimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2007, 08:21:29

Assalamu alaykum!
Yolg'on - Qlablarga qilingan xiyonat.Samimiy muhabbatga nisbatan amalga oshirilgan qotillik.
Munofiqlik - musulmonlarni sifatiga kirmaydi. Rasululloh sav, musulmonni hasadchi, qo'rqoq bo'lishi mumkinligini aytganlar, lekin musulmon kishi yolg'onchi bo'lishi mumkin emas, deganlar. Munofiqlarning ta'riflash uchun shu so'z yetarli deb o'ylayman.
Ishonch - har bir musulmonda bo'ladigan tuyg'u Biz ko'p shu ishouvchalnligimiz sabab aldanib qolamiz. Chunki musulmon - musulmon bilan tuyg'ularni ustidan kulib alday olishiga ishomaymiz.Balki shuning uchundir.
Munofiq kishilarni ko'rganimda ularga hech nima demasdim.Lekin ularni ko'zlariga tikilgim keladi. Ular uchun yuqorida keltirilgan Alloh taoloni kalomlari yetadi:"ALBATTA, ALLOH HADDAN OSHUVCHI, YOLG'ONCHI KIMSALARNI HIDOYAT QILMAS".
Ular uchun shuni o'zi yetarli.
Agar ular chin dildan tavba qilishsagina va bu ishlarini takrorlashmasa,
lekin ularni tavbalari chin tavba ekanligini va bunday ishlarni qayta qilmasliklarini biz ojiz bandalar bilolmaysiz. Shuning uchun bunday kishilarga nisbatan ishonchsizlik doimo qoladi qalblarimizda...
Bular meni shahsiy fikrlarim...
Alloh taolo barchamizni to'g'ri yo'lga boshlasin, boshlaganidan keyin adashtirib qo'ymasin.
Yolg'onchi va munofiqlarning fitnasidan saqlashi uchun faqat O'zidangina panoh so'raymiz...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Oktyabr 2007, 07:03:50

Assalomu alaykum Munira va Diydor opa!
Mulohazalaringiz uchun tashakkur!
Ilohim, Allohim O'zidan begona qilmasin! O'zidan o'zgaga ishonguvchimiz, O'zidan o'zgadan so'rovchimiz yo'q. O'zi to'g'ri yo'lidan adashtirmasin.

Ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Munofiqning alomati uchta: gapirsa yolg‘on gapiradi, va'da bersa, ustidan chiqmaydi, omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi» (Muttafaqun alayh).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda to‘rt xislat bo‘lsa, u haqiqiy munofiq bo‘ladi. Kimda ulardan biri bo‘lsa, to uni tark etmagunicha unda munofiqlikning bir xislati bo‘ladi: omonat qo‘yilsa, xiyonat qiladi, gapirsa, yolg‘on gapiradi, ahd qilsa, (ahdida) turmaydi, xusumatlashsa (tortishsa), fojirlik qiladi», dedilar» (Buxoriy, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


shoir  05 Oktyabr 2007, 15:13:24

Assalomu alaykum!
Yolg'onchilar haqida gap ketganda beixtiyor o'zbek xalq ertaklaridan "Yolg'onchi cho'pon" esimga tushadi.

Yolg'on hadeb gapiraverilsa, yolg'onchi insonlarga kishilarning ishonchi qolmaydi.
Yolg'onchi insonning suhbati "shirin" bo'lishi mumkin, lekin o'sha "shirin" suhbat payti kelib zahar bo'lib o'zingizga qaytishi hech gap emas.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 07:29:44

Assalomu alaykum!
Yolg'on - Yolg'onni turi ko'p meni eng o'ylantiradigani "shirin yolg'on" SUBHANALLOH yolg'onning ham shirini bo'ladimi?! YO'Q!!! Bo'lmas ekan hech qachon bo'lmagan bo'lmaydi ham.......... u boshida juda shirin boshlanadi keyin esa... Ehh... "oddiy" yolg'onnig tagi ochilganida ham inson bunchalik tushkunlikka tushmasa kerak...(Vallohu A'alam)...

Munofiqlik - 8. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar.

9. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.

10. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir.

11. Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar.

12. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar.

13. Ularga: «Mana bu kishilardek iymon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ularning o‘zlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar.
14. Iymon keltirgan zotlarga yo‘liqqanlarida: «Biz ham iymon keltirdik», deydilar. O’zlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganda esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmoqdamiz, xolos», deyishadi.

15. Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurishlarini davomli qiladi.

16. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar.
(Baqara surasi) Bir olimning mana shu oyatlarga bo'lgan tafsirlarida mana bunday gaplar bor edi: "Alloh Ta'alo Baqara surasining birinchi besh oyatida mo'minlarga yana ikki oyatida kofirlarga ta'rif berdi va shu ikki ta'rifni qo'shgandagidan ham ko'p qilib MUNOFIQLARGA ta'rif berdi degan edilar....
Ishonch - Aynan shu tuyg'u tufayli qanchadan qancha insonlarni qalblarini muzlashiga sabab bo'lish mumkin ekan.... afsus...Aynan shu tuyg'u orqali "sindirilgan" insonlar keyin ko'p vaqtgacha eng yaxshi insondan ham shubhalanib yurishar ekan......
Yolg'onchi munofiq insonlarni kechira olmayman... bilmadim vaqt o'tishi bilan bilinmay ketar lekin darz ketgan idishni to'g'rilab bo'lmagani kabi qalbning ham darz ketgan yerini bir umr yashirib yashashni iloji yo'q....

Qayd etilgan


lolo  07 Oktyabr 2007, 07:43:24

Yana aytadigan bo'lsak, Baqara surasida Alloh taolo mo'minlarni 4 ta oyatda (2-5-oyatlarda) qandayligini aytib bergan, kofirlarni esa bor-yo'g'i 2 ta oyatda (6-7-oyatlarda) aytgan. Munofiqlarni esa 12-13 ta oyatda tasvirlagan, chunki ularni odamzot aniqlashi mushkul ish, musulmonman deyishadi va hokazo.

Qayd etilgan


Muslimа  18 Oktyabr 2007, 13:42:20

Munofiq kim?


Hadis: "œMunofiqning alomati uchtadir: GAPIRGANDA YOLG’ON GAPIRADI, va’dasida turmaydi, omonatga hiyonat qiladi".
Sharhi: Yolg’on gapirish buzuqlik ekani ma’lum. Yolg’onchilikni kishilar ko’pincha yosh vaqtlaridan o’rganadilar va bu odat asta-sekin ularning fe’liga aylanib ketadi. Natijada foydasi bo’lsin — bo’lmasin, yolg’ondan lazzat topadigan bo’lib qoladilar.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan so’raldi:
"œMo’min kishi qo’rqoq bo’lishi mumkinmi?" 
"œHa, mumkin", deb javob qildilar.
"œMo’min kishi baxil bo’lishi mumkinmi?"
"œHa, bo’lishi mumkin", deb javob berdilar.
"œMO’MIN KISHI YO’LG’ON GAPIRISHI MUMKINMI?"
"œYO’Q, MUMKIN EMAS!" deb javob qildilar.

Demak, qo’rqoqlik, baxillik hususiyatlari mo’minda ham bo’lishi mumkin ekan, ammo YOLG’ONCHILIK MO’MINGA G’IRT TESKARI ILLAT ekan. Bu hadisda zikr etilgan va’dadan murod yaxshi ishga va’da bermoqdir. Ammo buzuq va shariatda man’ etilgan ishga va’da berilsa-yu, shu va’dada turilmasa, munofiqlik alomati emas, balki chin musulmonlik alomatidir. Islom hukmiga binoan, yomon niyatlarni amalga oshirmaslik, buzuq va’dalarga vafo qilmaslik zarurdir. Ammo bu uch alomat topilgan odamni shoshilib "œmunofiq" atashdan ehtiyot bo’lmoq lozim, chunki bir narsani alomati bor joyda o’sha narsani o’zi har doim uchrayvermaydi. Hadisdan ko’zda tutilgan maqsad — shu uch turli illatdan iloji boricha saqlanish haqida nasihatdir.
Munofiqlik, Qur’on va hadis ta’rifiga ko’ra, TIL bilan DILNING yoki ich bilan sirtning o’zaro hilof (zid) kelib qolishidir. KO’NGILDAGI O’YNING HILOFINI IZHOR QILUVCHI KISHI MUNOFIQDIR. Agar zohirda musulmon bo’lib, ko’ngilda ishonmasa, bu kishi Qur’oni Karimda holi ta’rif etilgan munofiqlardandir. "œMunofiq kim?" deb so’ralsa, "œISLOM DINIGA BIR ESHIKDAN KIRIB, IKKINCHI ESHIKDAN CHIQIB KETUVCHI" deb javob berilsa ham, to’g’ri bo’ladi.
MUSULMONLAR ORASIDA HAM GAPIRGANDA YO YOZGANDA YOLG’ON ISHLATADIGANLAR, VA’DASIDA TURMAYDIGANLAR VA OMONATGA HIYONAT QILADIGANLAR BOR, ALBATTA. O’ZLARI QANDAY O’YLASALAR O’YLASINLAR, NIMA BAHONA KELTIRSALAR KELTIRSINLAR BARIBIR ISHLARI MUNOFIQLIK ALOMATI BO’LIB QOLAVERADI. AGAR O’ZLARI YAXSHI ODAM BO’LSALAR-U, BU ODATLARINI PAYQASALAR, DAVOSI SHUKI, BUNDAY ALOMATLARDAN TEZDA UZOQLASHISHLARI KERAKDIR.

      "œJavome’ul kalim" dan   
"œMusulmonlar taqvim kitobi" III chorak
1999 yil (1420 h.y.)

Qayd etilgan


Muslimа  16 Fevral 2008, 09:42:35

"œMunofiqlarning mo’minlar libosida yurishlari faqat dunyoviy foyda ko’rish uchundir. Shu bois, qachon mo’minlar qatorida bo’lish ko’zlariga foydali ko’rinsa, obro’ keltiradigan bo’lsa, xuddi yashin atrofini yoritgandek bo’ladi va ular mo’minlar qatorida yurib oladilar, ammo iymon sababli biror musibatga — mashaqqatga duchor bo’ladigan bo’lsa, munofiqlar nazarida butun dunyo zimistonga aylanadi va ular mo’minlar saflaridan chiqib, ko’zlariga foydaliroq ko’ringan kufr tarafga o’tib oladilar — HAQIQIY BAHSRALARI OCHILADI.
Darhaqiqat, MUNOFIQLAR KOFIRLARDAN YOMONROQDIR".


Qayd etilgan