Farzand.uz - Onalar va bo`lajak onalar uchun  ( 11950 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


farzand.uz  14 Fevral 2008, 14:32:35

Assalomu Alaykum hurmatli forum ishtirokchilari.

www.farzand.uz - Onalar uchun yaratilgan yangi web sahifamizga marhamat qiling. Bu yerda juda ham ko`plab foydali maslahatlar, maqolalar, hikoyalar, galereya, forum, va eng kerakligi shifokor maslahatlari mavjuddir. Yuqori toifali mutahassislarning maslahatlariga o`zingiz istab qoldirgan savollaringizga javoblar olishingiz mumkin.
Bu sayt ham ko`pchilik o`zbek halqi uchun foydasi tegadigan sayt bo`lishi maqsadida ochilgan.

Ko`pgina ayol va qizlarimizni qolaversa, bo`lajak ota-oanlarni ham bu saytga taklif qilamiz

Sizni sahifamizda ko`rishdan juda ham hursand bo`lamiz.
Marhamat forumga kirib fikrlaringiz va savollaringiz bilan ishtirok eting.

Hamma fikrlaringizni forumda qoldiring.

E`tiboringiz cuhun kattakon rahmat

Hurmat bilan Aziz

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Fevral 2008, 15:01:13

Juda yaxsgi sayt bo'libdi.
Ko'rib chiqyapman.

Maqolalarni ko'paytirish kerak.

Shifokor maslahatlari hali bo'sh ekan. Uniyam to'ldirish kere.

Fotogallereya ham go'zal chiqibdi. Manimcha uni alohida saytdamas, saytni ichida ochiladigan qilish kere.
Keyin haqiqiy suratlar bo'lsa (masalan Abdulhay) juda zo'r bo'lardi.

Forumnin ham qandaydir interaktiv qilish kere. O'zbekcha bo'lsa yana yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


farzand.uz  14 Fevral 2008, 15:07:42

Salom Abdusalom!

Sayt endigina ochilganiga 3 oy bo`lganiga hali yosh :) va forumni o`zbekchalashtirish ustida ayni paytda ish ketmoqda. inshalloh hammasini Siz aytgandaka qilish niyat bor.

Tanishlaringizga tavsiya qilasiz tegan umiddaman.

Hurmat ila Aziz

Qayd etilgan


Abdusalom  14 Fevral 2008, 15:19:49

Yana bir taklif. Ruschada farzandning jismoniy, ruhiy tarbiyasi haqidsa juda zo'r kitoblar chiqqan.
Shu kitoblardan tarjima qilib borseyla ham bo'ladi.
Keyin manimcha forumda (ziyouz.com) Islomda farzand tarbiyasi haqida ham yaxshi mavzular bor edi.
Shulardan ham foydalansa bo'ladi.

Qayd etilgan


farzand.uz  14 Fevral 2008, 20:54:55

Ha albatta, maslahatlariz uchun rahmat.
Shunday takliflarni iloji bo`lsa bizning forumda qoldirsangiz.

Hurmat bilan Aziz

Qayd etilgan


Muslimа  16 Fevral 2008, 10:09:05

Assalomu alaykum!
Sayt juda ham go'zal chiqibdi. Ayniqsa shirintoy bolajonlarni rasmlari......
Ishlarizda rivoj tiliman.
Qarshiligiz bo'lmasa va agar hamkasbim Robiyabonuni e'tirozlari bo'lmasa shu mavzuni yopishqoq qilib qo'yaman. InshaAlloh ko'pchilikka foydasi tegadi. Alloh hayrli ishlarizda madadkor bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Fevral 2008, 11:26:16

Assalomu alaykum Aziz!

Dastlab bu loyiha haqida xabar topganimda uning haqiqatdan ham jamiyatimiz uchun foydali bir manba bo'lishini chin dildan istagandim.
Alloh ishlaringizga rivoj bersin!  Yaxshi niyatda bu saytni tashkil qilgan ekansizlar, go'zal natijasini ham bersin!

Aziz, 1-2 takliflar bor edi. Shularni ham inobatga olsangiz, inshaalloh yaxshi bo'ladi:

1. Har kuni bitta bo'lsa ham yangi maqola qo'yib borish kerak. Chunki bugun kirgan user ertaga ham kirib, o'sha eski materiallarni ko'rsam uchinchi kun umuman kirmasligi mumkin. Shuning uchun davomiylikni saqlash kerak.

2. Barcha qidiruv sistemalari, kataloglarga sayt haqida ma'lumotlarni kiritish kerak. Forum va informatsion saytlarda bu sayt haqida xabar berish kerak.

3. Xuddi shu mavzuda siz forumga qo'yilgan yangi maqolalar haqida anons berib borsangiz bo'ladi. Bunda maqola nomi, rasmi va dastlabki 2-3 ta gapini kiritib, saytga link berishingiz mumkin. Bu narsa ham ko'pchilikda qiziqish uyg'otadi. Bu usulni boshqa forumlarda ham qo'llasangiz bo'ladi.

4. Shu soha bilan bog'liq boshqa nashrlar (gazeta va jurnallar, bulletenlar) bilan hamkorlikni yo'lga qo'ysangiz bo'ladi. Ulardagi ma'lumotlar bazasidan foydalansangiz ham yaxshi bo'ladi.

Yana fiklar tug'ilib qolsa, yozib yuboraman.
Xayrli ishlaringizga omad tilayman!

Qayd etilgan


farzand.uz  16 Fevral 2008, 11:27:21

Assalomu Alaykum Muslima!

Sayt yoqqanidan juda ham hursandmiz. Etganiz kelsin. ko`pchilikga yoqqanidanhursandman.

Kelajakda bundan ham zo`rroq qilishga harakat qilamiz.

Hurmat bilan Aziz

Qayd etilgan


farzand.uz  16 Fevral 2008, 11:31:35

Assalomu Alaykum AbdulAziz

Maslahatlaringiz uchun rahmat. Ularni amalga bajaramiz albatta.

Lekin ko`pgina qidiruv systemalarida bizni saytimiz qo`shilgan.
Qolgan qimmatbaho aytilgan fikrlarni albatta inshalloh amalga bajaramiz.

Sizga ham omad

Hurmat bilan Aziz

Qayd etilgan


Rukhiya  18 Fevral 2008, 20:13:22

Assalomu Alaykum!
Ajobiy sayt bo'libdi,omadilarni bersin. Ayollar uchun juda ham qulay ekan,muhimi shifokor maslahatlari ham bor ekan.Bemalol savol-javob qilishga imkon bor ekan.

Omad tilaymiz!

Qayd etilgan