Qizlar sigaret cheksa...  ( 38157 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ulugbek  24 Iyun 2006, 05:40:20

Chekish... naqadar xunuk so'z!!!
*********************************************
Chekish jarayonini o'zi undanda xunuk.
Qiz bolani chekishi esa... eh, inson biror narsaga qo'l
urishdan avval uni oqibatini o'ylamaydimi?
"Chekmasdan ayot gashtini sur". Chekkan odam
hayotning qanchadan qancha ajoyibotlaridan mahrum bo'lishini o'ylab ko'rganmisiz?
*********************************************
Chekan odam, toza havoni sofligini, lazzatli taom ta'mini,
hushbo'y hidlarni tuya olish bahtidan asta sekin
mahrum bo'lib boradi.
*********************************************
Unuman chekan odam, u o'g'il bolami yoki qiz mi...
*********************************************
Nima keragi bor shi "zormandani", umuman chekmaslik
kerak!!!!!!!!!
*********************************************
Chekayotgan odam o'z sog'lig'ini yo'qotish barobarida
yon atrofidagi chekmaydiganlarni ham zaharlaydi.
*********************************************
CHEKMANGLAR BIRODARI AZIZLAR!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Iyun 2006, 08:57:11

Assalamu alaykum, Ulug'bek. Juda ham foydali va kerakli muammoni ko'taribsiz. Alloh rozi bo'lsin. Siz aytganingizdek chekish juda hunuk uni oqibatlari esa undanda hunuk. Ayniqsa qizlarimizni chekishi bu juda katta fojea. Ham dinga ham millatga ham davlatga ayniqsa insonnig iymoniga ko'tarilgan quroldek. Buni zamiri nimada? Bunga aybdorlar kim? Nega hozik hilqat sohibalari bu jirkanch narsani o'zlariga odat qilib boryapti? Bu savollarni javobi bitta menimcha. Qizlarimizni umuman olganda yoshlarimizni Islom va Iymon asosida tarbiya qilolmayotganimizda. Harom va halolni, Allohdan qo'rqishni, Qiyomatda hamma narsa uchun javob berish borligini singdira olmayotganimizda. Chekish va ichish insonga, uni atrofidagilarga juda ham yomon ta'sir qiladi. Agar chekishda 10% zaharlanadi desak, bundan 1% o'ziga, qolgan9% atrofdagilarga. Bu o'zini ham boshqalarni ham o'ldirish degani. Bu qotillik. Qotillik va o'z joniga qasd qilish esa Islomda gunohi kabira hisoblanadi. Ba'zi otalarni, hatto ilmli kishilarni o'z farzandlari oldida chekishlarini nima deyish mumkin. Bunday "ibrat" ko'rsatayotgan otalarni, buni jim kuzatayotgan onalarni farzandlariga keyinchalik "chekma,chekish zararli" deb "tarbiya" berishlari foyda berarmikin? nima deb o'ylaysizlar?  Menimcha bunga faqat chekib o'tirgan otalar emas hatto onalar ham aybdor. To'g'ri chekadigan odamlarni farzandlari ham chekishga yaqinlashmay umr o'tkazishlari mumkin,lekin bu juda ham kam uchraydigan holat.  Biz bu fojeani oldini olishga hammamiz harakat qilishimiz kerak. Har birimiz farzandlarimizni, yaqinlarimizni Allohdan qo'rqishga halol haromni farqiga borishga o'rgatishimiz kerak. Alloh hech birimizni adashtirib qo'ymasin. Amiyn.

Qayd etilgan


Mahdiyah  25 Iyun 2006, 07:49:40

Assalomu alaykum barchaga!
Chekish haqida gap borar ekan. Manimcha bu aloxida qiz bola chekishi yoki o'g'il bola chekishi deyish noto'gri.
Mana Kamol etganlariday ta'savvur qilin oldingizda qiz bola o'tirsa yu undan sassiq sigaret xidi kelsa...........
Lekin qizlarga ham huddi shunday o'g'il bola yonida tursa yu undan sassiq sigaret hidi kelsa huddi shunday yoqmaydi. Lekin shunday insonlarni bilamanki ro'za tutib ham chakadilar. Bu tog'rimi?

Qaysidir olim etgan ekan "Chekishni tashlashdanda oson ishni o'zi yoq, men o'zizm 200 marta chekishni tashlaganman".

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Iyun 2006, 15:26:15

Assalomu alaykum barchaga!
Chekish haqida gap borar ekan. Manimcha bu aloxida qiz bola chekishi yoki o'g'il bola chekishi deyish noto'gri.
Mana Kamol etganlariday ta'savvur qilin oldingizda qiz bola o'tirsa yu undan sassiq sigaret xidi kelsa...........
Lekin qizlarga ham huddi shunday o'g'il bola yonida tursa yu undan sassiq sigaret hidi kelsa huddi shunday yoqmaydi. Lekin shunday insonlarni bilamanki ro'za tutib ham chakadilar. Bu tog'rimi?

Qaysidir olim etgan ekan "Chekishni tashlashdanda oson ishni o'zi yoq, men o'zizm 200 marta chekishni tashlaganman".


Va alaykum assalam, Noza.Yangi forumga hush kelibsiz! Alloh sizdan rozi bo'lsin. Sizni gaplaringiz to'g'ri, chunki umuman inson zoti borki cheksa, bu chekmaganlarga hoh yigit,hoh qiz bo'lsin yoqmaydi. Endi ro'za tutib ham chekadiganlarga kelsak, bu albatta noto'g'ri,ahir chekish o'zi yomon va gunoh odat bo'lganidan keyin u qanaqa holatda bo'lsa ham noto'g'ri. Lekin buni hukmi Allohga havola. Ba'zan eshitib qolganman, chekkanlarni namozi ham ro'zasi ham qabul bo'lmaydi, degan gaplarni. Lekin bunga hukm chiqarish, biz gunohkor bandalarni izmimizdagi narsa emas deb o'ylayman, bu meni fikrim. Chunki qilngan amallarga savob yoki gunoh berish va uni qabul qilish yo qabul qilmaslik Allohga havola. Lekin biz o'z yaqinlarimizni,birodarlarimizni, ekrak bo'lsa turmush o'rtoqlarimizni bu harom narsadan qaytarishga harakat qilishimiz kerak. Chunki biz bir birimiz uchun mas'ulmiz. Siz aytgan olimni so'zlariga kelsak, demak u olim 200marta tashlagan va yana 200 marta qaytgan. Aslida irodasi mustahkam inson uchun chekishni tashlash hech narsa emas. Inson Allohni roziligini topishi uchun o'ziga foydali va sevimli narsalardan kechadi. Bu nima bo'libdi. Meni fikrim shu. Hidoyat ALLOHDAN.

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:15:32

Inson zoti tabiatan qiziquvchan yaralgan. Nimaiki ta’qiqlangan bo‘lsa, unga qiziqishi ming bora ortadi. «Chekish — salomatlik uchun zarar», — deb bong urilayotgani bilan kashandalarning soni ortsa ortyaptiki, kamayayotgani yo‘q. Ularning orasida ayollarimizning «alohida mavqega ega» ekanliklari achinarlidir.
O‘n-yigirma yil muqaddam madaniyatimizga zid bo‘lgan, axloqsizlik sanalgan bu odat bugungi kunda «zamonaviylik» deya yangicha nom oldi. Hayo, ibo va nafosatda jahon xalqlariga namuna bo‘lgan o‘zbek xotin-qizlari orasida ham chekish borasida tobora g‘arb ayollariga «tenglashib» borayotganlari kuzatilmoqda. Ta’kidlash joizki, Sharqda hech qachon chekayotgan ayollarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘linmagan.
Ayol deganda, ko‘z oldimizda farzandini bag‘riga bosib turgan ona siymosi gavdalanadi. Chekayotgan ayollar bu odat bilan nafaqat o‘zlarini, balki kelajak avlodni zahar-
layotganliklarini yodda tutsalar, kashanda ayollar soni kamaygan bo‘larmidi?
Istardikki, ayollarimiz ming yillar mobaynida shakllanib, sayqal topib kelgan urf-odatlarimizni bir quti tamakiga alishtirishmasa.

Dilsora MIRZAAHMEDOVA,
O‘zDJTU talabasi

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:39:36

kamol:

Umuman bu bema'ni narsani kim chaksa, qat'iy nazar biza u odam haqida yaxshi taassurotga bormimiza.

Endi qizlani chakishiga umuman izohlashni ham hojati yo'q.
1-dan, sigaret qizlaga umuman yarashmiydi.
2-dan, tasavvur qiling yoningizdagi o'tirgan qizdan sigaretning sassiq hidi buruqsab tursa, qanday nohush holat bo'ladi?
3-dan, ayol ona bo'ladi, onaning tutab turgan holatini ko'rganmisiz?

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:39:58

Chekish ko‘proq yoshlik mahsuliga o‘xshaydi. Chunki kashandalarning to‘qson to‘qqiz foizi chekishni yoshlikda o‘rganganlarini tan olishmoqda.
Albatta, bu holga ulardagi dunyoga yiziyish, taylidchilik, turmush tashvishlari va qiyinchiliklariga sabr qilolmaslik sabab bo‘lsa kerak.
Dunyoning achchiq-chuchuklarini ko‘rib, hayotning ma’nosini anglab, tamakidan voz kechganlar ham yo‘q emas. Quyida bir paytlar chekib, keyin tashlaganlar va hozir ham chekayotganlarning mulohazalari bilan tanishasiz.

"œQizalog‘im tutun hidlardi..."

N. Olimov, 38 yoshda. Sobiq kashanda, filologiya fanlari nomzodi. Toshkent shahri.
— Sigaret tutatsam, bo‘ldi, qizcham kelib, menga suykalaverardi. Bir kuni tutunni to‘yib-to‘yib hidlayotganini sezib qoldim. Qizimning kashanda bo‘lib qolishi meni cho‘chitib yubordi. Chekmay qo‘ydim.


"œHozir ham chekishadi..."

Lola Asaboeva, 33 yoshda, o‘qituvchi, Navoiy viloyati.
—Ukuvchilik kezlarimizda ro‘y bergan bir voqea hech ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Sinfdosh yigitlar dars paytida ham nosvoy otib olishardi. Bir gal o‘qituvchimiz nos chekib olgan bolaga savol berib qoldi. Sinfdoshim sekin o‘rnidan amio mum tishlaganday jim edi. Muallim takror so‘raydi, yana jim. O‘qituvchimiz holatni tushuna olmay, jahli chiqa boshladi. Shunda haligi noskash og‘zidagini "qult" etib yutib yubordi-da, tilga kirdi...
Ko‘nglim aynib ketgan edi o‘shanda...
Keyin tanaffusda o‘sha yigitning tobi qochib qolgan, men juda qo‘rqqan edim. Hozir ham ko‘p bolalar maktabda sigaret, nos chekishadi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:40:17

Farzonochka:

Assalomu alaykum!

Avvalo, bu juda ham dolzarb mavzu. Negaki man ham qizlani kochada segaret chekvotganini korganan. Man tanigan bir qiz ham shunga qol urgan ekan, u bilan unchali tanish emasmanu, lekin bitta bitta maxallada yashiymiza, unga ettdim bu ishin yaxshi emas deb, lekin u bunga organib qolganini etdi.
Manimcha bu bizning ozbek qizlarimizga umuman yarashmiydi. Chetdan qaraganda juda ham xunuk korinadi va albatta osha qizning kelajagiyu, sog`ligiga ham anchagina salbiy ta`sir qiladi, manimch oilaviy muxit ham qiz bolaning tarbiyalanishida kotta rol oyniydi.

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:40:29

margilanets:

Sigaret ham juda hunuk, lekin nos undanam battar.
Shu zormondani qanaq qilib og'zilariga solishlariga hayron qolaman.
Ayniqsa, farosatsizlarcha birontasi ko'zing oldida tupursa ko'ngillaring aynib ketadi.
Uni ichiga ohak, tamaki, yana allaqanday ahlatlarniyam sovorisharkan...
"Buni cheksen kayf nimaligini bilasan, og'ayni manga qaragin, bundan bitta oginchi, tilini tayiga sol" deydigan bema'nilar ham uchrab turadi.
Eng yomon ko'rgan joyim yana machitga chiqadigan ba'zi chollaram nosvoy urib yurishadi.
Balki o'rganib qolgandir.
LEKIN BUNAQA HUNUK, BUNAQA SASSIQ, BUNAQA BO'LMAG'UR NARSAGA UMUMAN YAQINLASHMASLIK KERAK!!!

Qayd etilgan


Margilanets  06 Sentyabr 2006, 07:40:40

TAMAKI TARIXIDAN...


XV asrning oxiriga qadar bu o'simlik haqida hech bilamagan, agarda amerikaninig tub aholisini tilga olmasak. Arxeologik topilmalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, bundan 4000 yil avval yoki unda ham oldin, shimoliyamerikalik indeyeslar tamakini iste'mol qilishgan. Qadim zamonlarda tamaki tutunini ilohiy narsa, davolovchi hususiyatga ega deb o'ylashgan, bundan tashqari tutunini tortish vaqtida hudo bilan yaqinlashish deb bilganlar.
"Tamaki" so'zi, balkim "Tobago" oroli nomidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. 1492 yilning 15 oktabrida Kolumbo bilan kelgan matroslar izoh berishicha, "tobaco" so'zi bilan ular katta-katta barglardan o'ralgan tayoqchalarni atashgan. Oqibatda ispaniyaliklar va portugaliyaliklar tamakini va tamaki donlarini Yevropaga ham olib kirishgan, to'siqlarga qaramasdan yevropaliklar ham tamaki rivojlantira boshladilar. Matroslarda oldin tamaki bilan savdo qiluvchilar savdogarlar, ruxoniylar va ... siyosiy arboblar bo'lishgan.
1560 yilda portugaliya kiroli Jan Niko saroyi qoshidagi Fransiya elchisi tamakaning oz miqdorini Ekaterina Medichiga junatib, uni bosh ogriqga davo deb tavsiya kilgan. Bundan keyin tamakiga moda butun Fransiyaga keng tarkala boshladi. Keyinchali ushbu usimlik Nikoga bag'ishlanib lotincha Nicotina deb nomlana boshlandi va 19 asr boshida shu usimlikdan chikgan alkaloid - "nikotin".
16 asr urtasidan boshlab tamaki dorivor usimlik deb tanikli bulishni boshladi (evropa tabiblari xindular fiqrini to'liq maqullashdi). Tamakini hidlashar edi, chekishar edi , chaynashar edi, shobodalash, bosh va tish og'rigiga, teri va infeksiyaga karshi boshqa dorivorlar bilan aralashtirishardi.
1580 yilda angliya aristokrati, ashaddiy chekuvchi, dengizchi va shoit, ser Valter Reyli Irlandiyada tamaki plantatsiyasini yaratgan, keyinchali amerika hududida yana bir nechta plantatsiya yaratgan. Ulardan bittasini "Virdjiniya" deb nomlangan va bu keyinchali eng kup tarkalgan tamaki nav nomiga aylangan.
17 asr boshida hozirgi Amerika yerlarida, asosan ingliz koloniyalarida boshqa tamaki plantatsiyalari tashkil topdi. 1611 yil ana shunday plantattsiyani Virdjiniyada ingliz Djon Rolf bunyod qildi. Tamaki donlarini Trinidada va Venesuelladan, o'stirish yo'llarini esa Velter Reylidan olib, uni yanada gullatdi. 8 yildan so'ng mahsulotni Virdjiniyadan Angliyaga eksport qilishni boshladi, Djon Rolf o'zi esa yangi maydonda joylashadi, hattoki unga tamakichilikda o'zingni sinab ko'r deb maslahat bergan shu yerlik Hindus qabilasi qiziga ylanadi.
Aristokratlar orasida boshqa tamaki "kasalligi" ga yo'liqqanlar ham oz emas edi. Prussi Frederik I (XVII asr boshlari) nemis saroyida chekish kechalari uyishtirar edi, uning o'g'li esa, Frederik-Vilyam "Tamaki birodarligi" tashkilotni tuzdi. Bu yerda ular siyosiy arboblarni, mamlakatni g'iybat qilish bilan shug'ullanishar edi. Shu yerning o'zida ular tamaddiq qilish bilan bir yo'la ashaddiylik bilan chekishar ham edi. Chor Rossiyasi tarixida Petr I dan tashqari hech kimni eslab bo'lmaydi.

Qayd etilgan