mavzuni nomini o'zgrtirsa yaxshi bo'lardi deb o'yliman chunki mavzuda qizlar jumlasi ishlatilgan huddi qizlarga sog'ligiga ziyonu erkaklarga taluqli emas degandek.
papiros hamma uchun haromdir hoh er kishi bo'lish hoh ayol kishi bo'lsin...
Savol:Sigaret va nos chekish joizmi???
J: Sigaret va nos "keksayib" topgan kasalilardan biridir.Nabiy s.a.v davarlarida xam,sahobalar va tobeinlar davridan ham sigaret va nos yo'q edi.SHunig uchun Quron va Hadisda ular haqida hech narsa deyilmagan..Ammo Kitob va Sunnat qiyomatgancha insoniyatga hodiy ekan,bunday salbiy moddalar haqida hech gap aytmagan deyish unchalik to'g'ri emas.Boshqa ko'pgina hususlarda bo'lgani kabi, tutun va nos to'g'risida ikkala manbada ham ko'plab ishoralar bor:
"O'zingizni halokatga tashlamang" (Baqara surasi 195 oyat);
"O'zingizni o'zingiz o'ldirmang.Albatta Alloh sizlarga rahmlidir"(Niso surasi,29 oyat); "Bugun sizlarga barcha pokiza narsalar halol qilind"(Moida surasi,5 oyat) kabi oyatlaga asoslanib aksar fatvo kitoblarida sigaret va nos chekish harom qilindi.
Ummu Salama onamiz (r.a): Rasululloh s.a.v har qanday mast qiluvchi va badanni bushashtiruvchi,zaiflashtiruvchi narsalani istemol qilishdan qaytara edilar",deydilar Imom Ahmad Ibn Mojjalar rivoyatlarida, yana boshqa bir hadisda Islomda o'ziga ham o'zgaga ham zarar etkazish yo'q" deyilgan..
Kashandalik esa ham o'ziga zarar ham o'zgalarga.
Tamaki tutunining tarkibita 4 000ga yaqin modda bo'lib,hammasi insonni salomatligini emiruvchi ekanligini tibbiy tajribalrda aniqlangan.
Inson-Allohning mukammal tarzda yaratgan san'ati.Uning tanasidagi qon tomirlari uzunligi 150 000(bir yuz ellik ming)km. tashkil qilar ekan (ikki kihishini tomirlarini birlashtirilsa,Oyga etar ekan)..sigaret esa ,ayni shu go'zal san'atga halal beradi: qon tarkibi va aylanishini buzadi,tomirlani qotiradi.Nosning zarari esa tutunnikidan aslo kam emas.
Har kuni o'rtacha bir quti tamaki chekish bir yarim soat vaqtni olar ekan, bu hisob bir yilda yigirma uch kunni, o'n olti yilda esa roppa rosa bir sanani tashkil etar ekan.
Chekadiganlarni farzandlari esa bir yilda 80-90 quti chekkandek zaharlanar ekan.
O'rtacha narhda chekuvchi odam bir yilda 100 000 (yuz ming) so'm pulini tutunga aylantirar ekan(bu 2001 yil hisobi bo'yicha)
Bir marta tutun puflash atrofni etmish milligramm kukun ,yigirma besh milligramm karbonooksid bilan zaharlaydi.
Tamaki o'rash uchun eng sihatli suv qog'ozlar ishlatiladi.agar bu qog'ozlar kitob bosish uchun ishlatilsa bormi.....Oddiy bir qiyos: Bitta chekuvchini umr bo'yi chekkan tamakisi qog'oziga 300 000 (uch yuz ming) betli kitob bosish mumkin ekan.
Hullas, ezgulik dini Bo'lgan Islom bundayin zararkunandalrga beparvo qarashi mumkin emas.Ularni iste'moli Ulamolarimiz ijmoiga ko'ra man qilingan.....
.. (Muslmonlar Taqvim kitobi 2001 yil soni)