Sigareta tutgan "œnozik qo’llar""¦
Nafs yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur,
Yo’ldan ozib tuzib gumroh bo’lur,
Yotsa-tursa shayton birla hamroh bo’lur,
Nafsni tiygil, nafsni tiygil, Ey, badkirdor!
A.Yassaviy
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bugungi kunda sigareta chekishga rujo’ qo’ygan ayollar, xususan qizlar soni ko’payib bormoqda. Avvaliga, bu ajablanarcha qabul qilingan bo’lsada, keyiniga xuddi oddiy holdek bo’lib qoldi. Buni har kim har xil talqin etadi. Mening fikrimcha, ayol kishi har qanday holatda ham ayollik nafosatini yuqotmasligi darkor!
Kuni kecha bir voqea diqqatimni tortdi. Ishxonamiz oldida bir panaroq joy mavjud. Bir kuni ana shu yerga ikkita xushbichim o’zbek qizi o’tib ketib, ozgina vaqt o’tmay qaytib ketishdi. Bu holatni bir necha marotaba kuzatgan hamkasblarimdan biri: "œBalkim sigareta chekkani kelishgandir",-deya so’z qotdi. Darhaqiqat, ko’cha-kuyda qizlarni sigareta tutatib ketishlari tobora ko’paysa ko’paymoqdaki, lekin kamaymadi"¦
Keyin bir zum tasavvur qildim. Shu sigaretani tutgan "œnozik qo’lli" oyimchalar, ertaga aqilli, diyonatli, balkim namozxon o’g’illariga ne-ne umidlar bilan so’rab kelgan onaxonlarga mayda qadamlar tashlab choy uzatishadi. Ular haqida aytilgan ba’zida asli haqiqat yashiringan ta’riflarni eshitgan sovchilar, misli boshlariga "œbaxt qushi" qo’ngandek beshak-begumon indiniga bo’lajak kuyov bilan uchrashuvni belgilab ketishadi. Yolg’on asnosida qurilajak oila kelajagini Olloh Azza va Jalladan o’zga bilmaydi.
Yuqorida keltirilgan misol bilan men hamma qizlar ham shunaqa demoqchi emasman. Aslo! Aksincha, tabiatan xushxulq (yoxud orttirilgan), hidoyatli, iymon-diyonatli bo’lgan qizlar sha’niga shu oyimchalar tufayli ta’na-dashnomlar yetmasin, yigitlar qalbida o’zlari tasavvur qilgan mo’mina qizlarga nisbatan shubha uygonmasin deyman. Alhamdulillah, Yaratgan Egamga ming tasannolar bo’lsinkim, hayotda haqiqiy mo’minalarni uchratdim, ularga do’st tutindim va havas qilaman. Ularning hidoyati oldida bosh egaman.
Yana so’zimizga qaytadigan bo’lsak, uchrashuvga chiqqan yigitni bir tasavvur qilib ko’ring-a? Nozik hilqat deya sanalmish oy yuzli qiz salom bersa-yu, sigaretaning yoqimsiz hidi undan ufurib tursa, qay ahvolga tushadi yigit bechora? Yoinki onasi bag’rida erkalanib, mayin hididan sarmast bo’lish ilinjida onasi sari intilgan bola dimog’iga achqimtir ifor urilib bolakayni to’ppa-to’g’ri otasi bag’riga yetaklasa? Mayli, uni bola deylik, necha yoshga kirmaylik baribir onamizga bolalarcha erkalik qilgimiz keladi, ularni bag’rida o’zimizni ko’rishni istab qolamiz ba’zida. O’shanda, mushtipar onamizdan kelgan "œyoqimsiz" hid kap-katta bo’lgan biz bolalarga ham yoqmaydi. Albatta, bu ko’rgulikdan Yaratganning o’zi asrsin, omin!
Bundan bir necha oy oldin, men poytaxtinimizning nomi ulug’ firmalaridan birida ishlar edim. Firma chet eldan mol olib kelib tashkilotlarga tarqatardi. "œBaliq boshdan sasiydi" deganlari bejiz emas ekan, chunki ishxonada direktordan tortib to oddiy mutaxassisgacha deyarli hamma sigareta chekardi (hatto bir dugonamning ham chekishi guvohi bo’lganimdan keyin unga qanday munosabatda bo’lishni bilmay boshim qotgan). Buni ustiga direktor bilan guruh-guruh bo’lib chekkan paytlari ham bo’lgan. Tez-tez, "œIltimos, tashqariga chiqib chekinglar",-deya qayta-qayta o’qtirishlarimga yo zarda aralash javob olardim, yo "œuf" deya chiqib ketishardi (Yaratganga ming tasannolar bo’lsin, men hozir o’zga bir tashkilotda, yaxshi hodimlar orasida faoliyat yuritib kelyapman). Yoki shu kabi holatlar keyingi yillarda tashkilotlar orasida odatga aylanib borayotgan rusmdir?
So’zimni nubuvvat egasi bo’lmish, Payg’ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilingan bir hadislar ila yakunlayman: "œAyollarga o’zini o’xshatgan erkaklarga, erkaklarga o’zini o’xshatgan ayollarga Ollohning la’nati bo’lsin". Shu hadisni chin dildan his etib, haqiqatdan o’zini yaratgan Ollohidan qo’rqqan Bandai ojiza, albatta, bunday hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "œKim (biror kishini) hidoyatga chaqirsa, hidoyatga ergashgan kishining ajridan biror narsa kamaytirilmasdan, uning ajricha ajr oladi", dedilar. (Imom Muslim rivoyatlari) Agar har birimiz yelkama-yelka bo’lib shu kabi illatlarga qarshi tursak, nafaqat, bu dunyoda balkim, inshaolloh, u oxiratda ham bizga yaxshiliklar ravo ko’rilgay.
Olloh har bir insonni hidoyatga chorlab, to’g’ri yo’ldan ozdirmasin. O’zi tanlagan dinda sarmast va sobitqadan etib, oxiratimizni obod aylasin. Inshaolloh, Parvardigor bizni qiyomat pushaymonidan soqit, gunohlarimiz og’irligini yengil, yaxshilar hayotini rizq va matlabi ko’ngil, haloliyat ila kifoya va haromiyat tajovuzidan, yovuzlar yovuzligidan himoya, ota-ona, aka-uka, opa-singillarimizni qiyomat hasratlaridan va jamiki mo’’minu mo’minalarni jahannam dahshatlaridan ozod qilsin, omin!
Duoingiz ilinjida,
Fazilat