Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar  ( 21643 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:12

— Payg‘ambarlardan, alayhimussalomlar, keyin odamlarning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ngra Umar ibn al-Xattob al-Foruq, so‘ngra Usmon ibn Affon Zinnurayn, so‘ngra Ali ibn Abu Tolibdirlar. Ularning hammasidan Alloh rozi bo‘lsin. Ular Haq bilan bo‘lib, haqda o‘tganlar. Ularning barchalarini do‘st tutamiz. Payg‘ambarimiz sahobalaridan har birlarini faqat yaxshilik bilan yodga olamiz. Biror musulmonni qilgan gunohi uchun, garchi u katta gunoh qilgan bo‘lsa qam, uni halol hisoblamasa, kofirga chiqarmaymiz, undan imon nomini olib tashlamaymiz va uni haqiqatda mo‘min deb ataymiz. Kishi kofir bo‘lmay fosiq mo‘min bo‘lishi mumkin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:19

— Maqsiga mash tortish sunnat bilan sobitdir. Ramazon oyida taroveh namozini o‘qish sunnatdir. Solih va solih bo‘lmagan mo‘minlarning ortida namoz o‘qish joizdir. Biz mo‘minga gunohlar zarar qilmaydi va u do‘zaxga kirmaydi, dunyodan mo‘min holda ketsa, agar u fosiq bo‘lsa ham, do‘zaxda abadiy qoladi, demaymiz. Biz, murjialar kabi, albatta yaxshi ishlarimiz maqbul va yomon ishlarimiz mag‘fur demaymiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:28

— Alloh taolo dunyodan imon bilan o‘tganning yaxshiliklarini, shartlariga binoan va buzuvchi ayblardan xoli qilib, kufr va dindan qaytish bilan yo‘qqa chiqarmagan bo‘lsa, zoe qilmaydi. Balki qabul qiladi va unga ajr beradi. Shirk va kufrdan boshqa gunoh qilib tavba qilmay, imon bilan o‘tgan kishi Allohning xohishida, agar istasa, uni do‘zax bilan azoblaydi va xohlasa, uni afv qiladi va do‘zax bilan abadiy azoblamaydi, deymiz. Biror ishda riyo bo‘lsa, ajrini yo‘q qiladi. Shuningdek, g‘ururlanish ham

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:35

— Payg‘ambarlar mo‘‘jizalari, avliyolarning karomatlari haqdir. Ammo Allohning dushmanlari — Iblis, Fir’avn, Dajjol kabilarda bo‘lgan va bo‘ladigan mo‘jiza va odatdan tashqari ishlarni karomat ham deb atamaymiz. Bularni biz ularning hojatlarini chiqarish deb ataymiz. Chunki Alloh dushmanlarini dunyoda g‘ururda, oxiratda azobda qolishi uchun hojatlarini ravo qiladi. Ular bu bilan mag‘rurlanib, kufru tug‘yonda haddan oshib ketadilar. Bu mumkindir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:42

— Alloh maxluqlarni yaratmasidan ilgari qam yaratuvchi va ularga rizq bermasdan oldin ham rizq beruvchi zotdir. Alloh taolo oxiratda ko‘rinadi. Uni mo‘minlar Jannatda o‘z ko‘zlari bilan o‘xshashsiz, tasavvursiz, o‘rtada masofasiz ko‘radilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:50

— Imon iqror va tasdiqdir. Yeru osmon ahlining imoni ozaymaydi ham, ko‘paymaydi ham. Mo‘minlar imonda va tavhidda tengdirlar, amallarda esa ular bir-birlaridan ortiqdirlar.
Islom taslim bo‘lmoq va Allohning buyruqlariga bo‘yinsunmoqdir. «Imon» va «Islom» so‘zlarida lug‘aviy ma’no jihatidan farq mavjud bo‘lsa-da, imonsiz Islom bo‘lmaganidek, Islomsiz imon ham bo‘lmaydi. Ularning ikkalasi bel bilan qorindek. Din imon, Islom va ahkomlarning hammasining nomidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:58

— Biz Alloh taoloni, Kitobida zotini vasf qilganidek, hamma sifatlari bilan haqiqiy taniymiz. Hech kim Allohga U loyiq bo‘lgan haqiqiy qullikni ado etolmaydi. Ammo Uning amri bilan, U buyurganiday Unga qullik qiladi. Mo‘minlarning barchalari Allohni tanishda, ishonishda, Unga suyanishda, Uni sevishda, Undan rozi bo‘lishda, Undan qo‘rqishda, Undan umidvor bo‘lishda va imonda bir-birlari bilan tengdirlar. Ammo ular bir-birlaridan amalda farq qiladilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:05

— Alloh bandalariga fazlu karam qiluvchi va adolatli zotdir. U fazl aylab, bandaga u loyiq bo‘lganidan bir necha barobar ziyoda savob beradi. U adl aylab, bandaga gunohi uchun azob beradi va fazl aylab, uning gunohini afv qiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:20

— Payg‘ambarlarning, alayhimussalom, shariatlari haqdir va Payg‘ambarimizning, alayhissalom, gunohkor va azobu uqubatga loyiq bo‘lgan, gunohi kabira qilgan mo‘min bandalarni shafoat qilishlari haqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:39:28

— Qiyomat kuni tarozida amallarning tortilishi haqdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, jannatda hovuzlari borligi haqdir. Qiyomat kuni xusumatchilar o‘rtalarida bir-birlaridan yaxshi amallarini olib, qasos olishlari hakdir. Agar ularning yaxshi amallari bo‘lmasa, mazlumlarning yomon amallari zolimlarga ortilishi haq va joizdir.

Qayd etilgan