Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar  ( 21638 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:20:39

Imomi A’zam Abu Hanifa No‘mon ibn SOBIT

Tavhidning poydevori va e’tiqod qilish to‘g‘ri bo‘lgan narsalar

Banda shubhasiz ishongach, unga Alloh taologa, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, o‘lgandan so‘ng qayta tiriltirilishga, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohning irodasi bilan bo‘lishiga imon keltirdim, Hisob, Mezon, Jannat va Do‘zax hammasi hakdir, demoq vojib bo‘ladi...
 
— Alloh birdir. Uning birligi son jihatidan emas, balki sherigi yo‘qligi, tug‘maganligi, tug‘ilmaganligi, tengi yo‘qligi, maxluqlaridan biror narsaga o‘xshamasligi, unga maxluqlaridan biror narsaning o‘xshamasligi jihatidandir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:36:48

— Alloh ismlari, zotiy va fe’liy sifatlari bilan hamisha bo‘lgan va bo‘ladi. Tiriklik, qodirlik, bilish, so‘zlashish, eshitish, ko‘rish, xohlash Alloxning zotiy sifatlaridir. Yaratish, rizq berish, paydo qilish, vujudga keltirish kabilar Allohning fe’liy sifatlaridir. Alloh o‘z ismi va sifatlari bilan bo‘lgan va bo‘ladi. Allohning birorta ism sifati yangi paydo bo‘lmagan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:36:54

— Alloh o‘z ilmi bilan doimo olim, ilm Uning azaliy sifatidir, U o‘z qudrati bilan doimo qodirdir, qodirlik Uning azaliy sifatidir. U o‘z yaratuvchiligi bilan doimo yaratuvchi, yaratish Uning azaliy sifatidir. U o‘z fe’li bilan doimo fo’iddir, fe’l Uning azaliy sifatidir. Fo’il Alloh taolodir, maf’ul maxluqdir. Allohning fe’li maxluq emas. Allohning sifatlari azalda qadimiydir, maxluq emasdir.Kim Allohning sifatlarini maxluq yoki yangidan paydo bo‘lgan desa yoki u betaraf bo‘lsa yoki Allohning sifatlariga shubhalansa, u Allohni inkor etgan kofirdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:03

— Qur’on mushaflarda bitilgan, qalblarda yodlangan, tillarda o‘qilgan va Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi vasallam, nozil qilingan. Qur’onni talafuz qilishimiz, uni yozishimiz va o‘qishimiz maxlukdir. Qur’on maxluq emas. Alloh taolo Qur’onda Muso va undan boshqa payg‘ambarlar to‘g‘risida hamda Fir’avn va ib-lis haqida aytganlari barchasi Allohning ular haqida bildirgan kalomidir. Muso, alayhis-salom, va undai boshqa maxluqlarning so‘zlari ham maxlukdir. Qur’on Alloh taoloning kalomidir, ularning kalomi emasdir. Alloh taolo: "Alloh Musoga gapirdi..." deb bayon qilganidan, Muso, alayhissalom, Alloh taoloning kalomini eshitdi. Alloh Musoga, alayhissalom, gapirishdan oldin ham azalda so‘zlaguvchidir. Maxluqotlarni yaratishdan ol-din ham azalda yaratguvchidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:18

— Alloh Musoga, alayhissalom, so‘zlashni iroda etganida unga o‘zining azaliy so‘zlash sifati bilan so‘zladi. Allohning hamma sifatlari maxluqlarning sifatiga o‘xshamaydi. Alloh taolo biladi. Bilishi bizning bilishimizga o‘xshamaydi. Alloh taolo Qodirdir. Qudrati bizning qudratimizga o‘xshamaydi. Alloh taolo ko‘radi. Ko‘rishi bizning ko‘rishimizga o‘xshamaydi. Alloh taolo eshitadi. Eshitishi bizning eshitishimiz-ga o‘xshamaydi. Alloh taolo so‘zlaydi. So‘zlashi bizning so‘zlashimizga o‘xshamaydi. Biz vositalar (a’zolar) va tovushlar yordamida so‘zlaymiz. Alloh taolo bevosita va tovushlarsiz so‘zlaydi. Tovushlar maxluqdir. Allohning kalomi maxluq emas. Alloh mavjuddir. Mavjudligi maxluqlarning mavjudligi kabi jism, javhar, araz (alomat) bilan emasdir.
Uning ziddi va tengi va o‘xshashi yo‘qdir. Alloh Qur’onda zikr qilganidek, Uning tasavvursiz yadi, yuzi va nafsi bor. Allohning yadi qudratidir yoki ne’matidir deyilmaydi. Zero, bunday aytish sifatni yo‘q qilishdir, qadariylar va mo‘‘taziliylar so‘zidir. Yadi Uning tasavvursiz sifatidir. Allohning g‘azabi va rizosi Allohning, tasavvuri yo‘q sifatlaridan ikkitasidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:31

— Alloh taolo narsalarni yo‘qdan yaratdi. U narsalarni ular bo‘lmasidan azalda bilguvchidir. Narsalarning holatini tayin etib hukm qilguvchi Udir. Bu dunyoda qam, oxiratda ham hech narsa Allohning xohishidan, ilmidan, qazoyu qadaridan, Lavhul Mahfuzga bitganidan tashqari bo‘lmaydi. Lavhul Mahfuzga bayon etib bittandir. Hukm etib bitgan emasdir. Qazo, qadar, xohish Allohning azaliy, tasavvuri yo‘q sifatlaridir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:37

— Alloh yo‘qning yo‘qlik holatida qandayligini va uni yaratsa qanday bo‘lishini biladi. Alloh mavjudning vujudlik holatida qandayligini va uning yo‘qligi qanday bo‘lishini biladi. Alloh taolo bilishi o‘zgarmay yo bilishi yangi bo‘lmay turganni turgan holida qandayligini, agar u o‘tirsa, o‘tirgan holida qanday bo‘lishini biladi. O’zgarish va holatdagi har xillik maxluqlarda yuz beradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:46

— Alloh maxluqlarni kufrdan va imondan xoli yaratdi. So‘ng ularga rasullari orqali xitob qildi, imon va toatga buyurdi, kufr va gunohdan qaytardi.
So‘ng kofir bo‘lgan o‘z fe’li, inkori, o‘jarligi bilan va Alloh. taoloning unga madadi bo‘lmaganidan kofir bo‘ladi, mo‘min bo‘lgan o‘z fe’li, iqrori, tasdig‘i, Alloh taoloning unga tavfiqi va madadi bilan mo‘min bo‘ladi.
Alloh Odam zurriyotini uning pushtidan zarralardek qilib chiqarib, akdli qildi, ularni imonga buyurdi, kufrdan qaytardi. Ular Allohning rububiyatiga iqror bo‘ldilar. Bu ularning imonidir. Ular mana shu sifatda tug‘iladilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:37:54

— So‘ng kofir bo‘lgan fitriy imonini kufrga almashtiradi va o‘zgartiradi. Mo‘min imonda sobit qolib, unda davom etadi. Alloh hech bir maxluqni kufrga va imonga majbur etmadi va ularni mo‘min qilib ham, kofir qilib ham yaratmadi, ularni kufr va imonga qobiliyatli shaxslar qilib yaratdi. Imon va kufr bandalarning fe’llaridir. Alloh taolo kofir bo‘lgan kimsani kufri holida qandayligini, agar u so‘ng imon keltirsa, imoni holida qanday mo‘minligini biladi va yaxshi ko‘radi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:38:02

— Bandalarning hamma harakat va turish fe’llari haqiqatda ularning kasbidir. Ularning yaratuvchisi Alloh taolodir. Ularning hammasi Allohning xohishi, ilmi va qazoyu qadari bilan sodir bo‘ladi. Toatlarning hammasi Allohning amri, muhabbati, roziligi, ilmi va qazoyu qadari bilan ro‘y beradi. Gunohlarning hammasi Allohning ilmi, qazoyu qadari va xohishi bilan voqe’ bo‘ladi, ammo Allohning amri, roziligi va muhabbati bilan bo‘lmaydi.
Hamma payg‘ambarlar, alayhimussalotu va sallam, katta va kichik gunohlardan va kufrdan asralgandirlar. Goho ularning ba’zilaridan yanglishishlar sodir bo‘lgan. Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, Allohning habibi, xos bandasi, rasuli, payg‘ambari, tanlag‘anidir. Butga sig‘inmaganlar, Alloq taologa aslo shirk keltirmaganlar, kichik va katta gunohni hech qilmaganlar.

Qayd etilgan