Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39313 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:05:57

Savol: — Ularni kofirlar deymizmi?

Javob: - Yo‘q, Lekin ularga qarshi peshvolarimiz kurashganiday, ezgulik sohiblari Hazrati Ali va Umar ibn Abdulazizlar kabi kurashamiz.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:06:05

Savol: - Xavorijlar biz kabi takbir aytadilar, namoz o‘qiydilar, Qur’on tilovat qiladilar. Abu Amomaning qissasini eslang-chi! U Damashq masjidiga kirganida, unda xavorijlardan birtalayining kallalari dumalab yotar edi. U Abu G’olib al-Hummusiyga: Ey Abu G’olib, ular odam bolalari, hamshaharlaringdan-ku, dedi. Senga ularni tanishtiraman, deb Abu G’olib: Ey ahli do‘zaxning laychalari, ey ahli do‘zaxning kuchuklari, ey osmon tagidagi eng razil murdalar, dedi. Abu Amoma o‘zini to‘xtatolmay ko‘z yosh to‘kardi. Bu holatni ko‘rgan Abu G’olib: Ey Abu Amoma, seni yig‘latayotgan narsa nima, dedi. Abu Amoma unga dedi: ular musulmon edilar, sen ular to‘g‘risida nimalar deyapsan, men nimalarni eshityapman, avvalambor Alloh taolo Qur’onda: «Ba’zi yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang: yuzi qorayganlarga: «Imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizlarmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib ko‘ring endi», - deyilur» (Oli Imron, 106, mazmuni); «Yuzlari oqargan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)dadirlar. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir» (O’sha sura, 107, mazmuni) degan-ku.
Ikkinchidan, Paykambarimiz alayhissalom, «Subhanalloh»ni yetti marta aytib: «Xavorijlarning kufri kufroni ne’matdir, Allohning ularga bergan in’omlariga kufr qilganlar», deb aytmaganmilar?

Savol: — Xavorijlar xuruj qilgan, kurashgan, g‘orat qilgan bo‘lsalar ham, so‘ngra islohga kelganlar. Shunga qaramay, ular qilmishlari uchun ta’qib qilinaveradilarmi?

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:06:13

Savol: - Xavorijlar biz kabi takbir aytadilar, namoz o‘qiydilar, Qur’on tilovat qiladilar. Abu Amomaning qissasini eslang-chi! U Damashq masjidiga kirganida, unda xavorijlardan birtalayining kallalari dumalab yotar edi. U Abu G’olib al-Hummusiyga: Ey Abu G’olib, ular odam bolalari, hamshaharlaringdan-ku, dedi. Senga ularni tanishtiraman, deb Abu G’olib: Ey ahli do‘zaxning laychalari, ey ahli do‘zaxning kuchuklari, ey osmon tagidagi eng razil murdalar, dedi. Abu Amoma o‘zini to‘xtatolmay ko‘z yosh to‘kardi. Bu holatni ko‘rgan Abu G’olib: Ey Abu Amoma, seni yig‘latayotgan narsa nima, dedi. Abu Amoma unga dedi: ular musulmon edilar, sen ular to‘g‘risida nimalar deyapsan, men nimalarni eshityapman, avvalambor Alloh taolo Qur’onda: «Ba’zi yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang: yuzi qorayganlarga: «Imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizlarmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib ko‘ring endi», - deyilur» (Oli Imron, 106, mazmuni); «Yuzlari oqargan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)dadirlar. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir» (O’sha sura, 107, mazmuni) degan-ku.
Ikkinchidan, Paykambarimiz alayhissalom, «Subhanalloh»ni yetti marta aytib: «Xavorijlarning kufri kufroni ne’matdir, Allohning ularga bergan in’omlariga kufr qilganlar», deb aytmaganmilar?
Xavorijlar xuruj qilgan, kurashgan, g‘orat qilgan bo‘lsalar ham, so‘ngra islohga kelganlar. Shunga qaramay, ular qilmishlari uchun ta’qib qilinaveradilarmi?

Javob: — Xavorijlik harakati tinganidan so‘ng xavorijlarga jarima ham solinmaydi, ularga jazo ham, xun ham yo‘q va hatto ulardan qasos ham olinmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:06:23

Savol: — Nima uchun shunday?

Javob: — Hazrati Usmon roziyallohu anhu qatl etilganlarida odamlar orasida voqe’ bo‘lgan fitnaga oid hadisda sahobalar, qon to‘kkan odamga qasos yo‘q, zino qilganga jazo yo‘q, mol olgan odam ta’qib etilmaydi, faqat molning ayni o‘zi topilsa, egasiga qaytariladi, deb ittifoq qilganlari uchun.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:06:31

Savol: — Bir odam, men kofirni kofir deb bilmayman, desa, unga nima deysiz? Yoki kofirning taqdiri menga ma’lum emas, desa-chi?

Javob: — Unday odam kofir kabidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:08:49

Savol: — Kofirning borar joyini bilmayman desa-chi?

Javob: — U Allohning kalomiga munkirdir, u ham kofirdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:08:58

Savol: — Sen mo‘minmisan, deb so‘ralganida, «Allohu a’lam» (Alloh biluvchiroqdir), deb javob bergan odamga nima deysiz?

Javob: — U o‘z imonida shak qiluvchidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:09:06

Savol: — Kufr bilan imon o‘rtasida munofiqlik bor. U yo mo‘min, yo kofir, yo munofiq emasmi?

Javob: — Yo‘q, o‘z imoniga shubha qiladigan banda munofiq emas.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:09:16

Savol: — Nega?

Javob: — Hammod menga quyidagi qissani so‘zlab bergan edi: Horis ibn Molik birodarlari Maoz ibn Jabal al-Ansoriy bilan birga edilar. Maoz ibn Jabalning jon taslim qilayotganlarini ko‘rgan Horis ibn Molik yig‘ladilar. Ko‘z yoshini ko‘rgan Maoz: seni nima yig‘latyapti, ey Horis, dedilar. U: meni sizning vafot etayotganingiz yig‘latayotgani yo‘q. Chunki, u oxirat siz uchun bu dunyodan ko‘ra afzalroqdir. Meni yig‘latayotgan narsa sizdan keyin bizga kim muallimlik qiladi, degan savoldir, dedi. Boshqa bir rivoyatda: sizdan keyin olim odam kim bo‘ladi, degan savol meni yig‘latmoqda, dedilar. Shunda Maoz: sabr qil, mendan so‘ng Abdulloh ibn Mas’udning etagidan mahkam ushlanglar, dedilar. Menga biror narsani nasihat qiling, dedi Horis. Maoz ibn Jabal Alloh imkon berganicha pandu nasihat qilganlaridan so‘ng: olimning xatosidan saqlaninglar, deb jon taslim qildilar.
Maoz ibn Jabal vafotidan keyin Horis Kufaga, Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga bordilar. Shu vaqt namozga azon aytila boshladi. Horis masjidda o‘tirganlarga: azon ovozini eshitgan har bir mo‘min azonga javob berishi vojibdir, o‘rningizdan turinglar, dedi. Odamlar unga qarab: sen mo‘minmisan, deyishdi. U: ha, men mo‘minman, deb javob qildi. Odamlar uni ayblashdi. Abdulloh ibn Mas’ud chiqqanlarida, unga bo‘lgan voqea so‘zlab berildi. Abdulloh ibn Mas’ud ham Horisga ular aytganlarini aytdilar. Horis boshini egdi va yig‘lab Alloh taolo Maozni rahmatiga olsin, dedi. So‘ng uning xabarini yetkazdi."
So‘ng Abdulloh ibn Mas’ud bilan Horis ibn Molik o‘rtalarida ushbu suhbat bo‘lib o‘tgan ekan: - Sen haqiqiy mo‘minmisan? -- dedilar.
Horis: — Ha, men haqiqiy mo‘minman.
Abdulloh: — Sen o‘zingni ahli Jannatdanman, deysanmi?
Horis: — Maozni Alloh rahmat qilsin, u menga olimning xatosidan saqlanishni, munofiqning hukmini e’tiborga olmaslikni vasiyat qilgan.
Abdulloh: — Biror xato ko‘rdingmi?
Horis: — Senga Alloh nomi bilan qasam ichamanki, Payg‘ambarimiz alayhissalom hayot bo‘lganlarida odamlar uch toifa: ichida ham, tashida ham mo‘min bo‘lgan; ichida ham, tashida ham kofir bo‘lgan; ichida munofiq bo‘lgan, emasmidi? Sen bu uch toifaning qaysi biridansan?
Abdulloh: — Sen menga Alloh taolo nomi bilan qasam ichsang, men ichimdan ham, tashimdan ham haqiqiy mo‘min-man.
Horis: -- Nega bo‘lmasa, men haqiqiy mo‘minman, desam, menga dashnom berding?
Abdulloh: — Bu mening nuqsonim, uni mening ichimga ko‘mib yuboringlar. Alloh Maoz ibn Jabalni o‘z rahmatiga olsin!
(Abdulloh ibn Mas’ud va Horis ibn Molik o‘rtalaridagi suhbat tugadi.)

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:09:53

Savol: — Birov: men albatta Jannat ahlidanman, desa nima bo‘ladi?

Javob: -- U yolg‘onchidir. Chunki u Jannatga kirishi yoki kirmasligini bilmaydi. Mo‘min imon bilan Jan-natga kiradigan, gunohlari bilan Do‘zaxda azoblanadigan bandadir.

Qayd etilgan