Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39315 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:12

Savol: — Birov: men Do‘zax axlidanman, desa-chi?

Javob: — U ham yolg‘onchidir. Chunki unda ham Do‘zaxga tushishi yoki tushmasligini biladigan ilm yo‘q. U Allohning rahmatidan noumid bandadir. Mo‘min odam, men haqiqiy mo‘minman, deyishi lozim. Zero, mo‘min imonida shubha qilmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:20

Savol: — Mo‘minning imoni farishtalarning imoni kabimi?

Javob: — Ha.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:27

Savol: — Amali noqis bo‘lsa ham, haqiqiy mo‘min bo‘ladimi?

Javob: — Menga Horisaning hadisini aytib berdilar. Payg‘ambarimiz alayhissalom unga:
- Qanday uxlab turding, Horisa? — dedilar.
Horisa: — Haqiqiy mo‘min bo‘lib uxlab, uyqudan turdim.
Paygambarimiz (s.a.v.): -- O’ylab gapir. Har bir haq narsaning haqiqati bor. Sening imoning haqiqati nima?
Horisa: -- Ey payg‘ambari Xudo! Nafsimni dunyodan bildim, hatto kunimni tun, tunimni kun qildim. Endi men Rabbimning Arshiga qarayotgandayman, ahli Jannatlarning bir-birlarini ziyorat qilayotganlarini ko‘rayotgandayman, Do‘zax ahlining Do‘zaxda bir-birlariga adovat qilayotganlariga qarayotgandayman.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): — Muddaoga erishibsan, muddaoga erishibsan, shunday qilishda davom etaver! So‘ngra atrofdagilarga: «Alloh qalbini munavvar qilgan bandaga boqib, shod bo‘lishni istagan banda Horisaga boqsin», dedilar.
Horisa: — Ey Payg‘ambari Xudo! Mening shahid bo‘lishimni so‘rab, Allohga duo qiling.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni duo qildilar va duolari mustajob bo‘lib, Horisa shahid bo‘ldi.
(Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan Horisa o‘rtalaridagi suhbat tugadi.)

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:35

Savol: -- Mo‘min odam Do‘zaxga kirmaydi, deganlarning maqsadi nima?

Javob: — Har bir mo‘min, albatta, Do‘zaxga kiradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:43

Savol: — Kofir-chi?

Javob: — Ular o‘sha kuni imon keltiradilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:10:52

Savol: — Qanday qilib?

Javob: — Alloh taoloning: «Bas, qachonki, ular Bizning azobimshni ko‘rishgach: «Yakka Allohga imon keltirdik va (ilgari Allohga) sherik qilib olgan narsa (but)larimizga kofir bo‘ldik», — dedilar. (Lekin) Bizning azobimizni ko‘rgan vaqtdagi imonlari ularga foyda beruvchi bo‘lmadi...» (G’ofir, 84—85, mazmuni), degan oyatlariga binoan. Nohaq o‘ldirgan, o‘g‘irlik qilgan, bosmachilik va yo‘lto‘sarlik qilgan, fisqu fujur bilan mashg‘ul bo‘lgan, zino qilgan, aroq ichgan yoki mast bo‘lgan fosiq mo‘mindir, kofir emasdir. Alloh uni gunohiga yarasha Do‘zaxida azoblaydi va so‘ngra imoni tufayli undan chiqaradi. Agarda imon keltirish lozim bo‘lgan hamma narsalarga imon keltirsa-yu, ammo, «men Muso va Isoning payg‘ambar yoki payg‘ambar emasliklarini bilmayman», desa u kofir bo‘ladi. «Kofirning Jannatda yoki Do‘zaxda bo‘lishini bilmayman», degan odam ham kofirdir. Bunga dalil Alloh-ning: «Kofir bo‘lgan kimsalarga esa jahannam o‘ti bor-dirki, na ularga hukm qilinib, o‘la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur...» (Fotir, 36, mazmuni); shuningdek: «ularga o‘t azobi bor... ularga qattiq azob bor» degan oyatlaridir. Sa’id ibn Musayyabning: «kofirlarni Do‘zaxdagi o‘z joylariga joylashtirmagan banda ham ular kabidir», degan so‘zlari mengacha yetib kelgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:11:19

Savol: — Banda mo‘min bo‘lsa-yu, ammo namoz o‘qimasa, ro‘za tutmasa, Islomning amaliy ibodatlaridan biror narsa qilmasa, unga imonining foydasi bormi?

Javob: — U Alloh ixtiyoridadir. Agar istasa, uni azoblaydi va istasa, unga rahm qiladi. Allohning kalomidan biror narsani qat’iy inkor qilmagan banda mo‘mindir. Ba’zi bir axli ilmlar menga quyidagi voqeani so‘zlab bergan edilar:
«Maoz ibn Jabal Hums shahriga qadam qo‘yganlarida odamlar to‘planib, u kishini o‘rab oldilar va undan bir o‘spirin yigit:
- Namoz o‘qiydigan, ro‘za tutadigan, Baytullohga hajga boradigan, Alloh yo‘lida kurashadigan, qul ozod qiladigan, zakot beradigan, faqat Alloh va Uning Payg‘ambariga shak-shubha keltiradigan, banda to‘g‘risida nima deysiz, — dedi. Maoz:
- Shunday bo‘lsa, unga Do‘zaxdir, — dedilar. Shundan keyin o‘spirin:
- Namoz o‘qimaydigan, ro‘za tutmaydigan, qajga bormaydigan, zakot bermaydigan, faqat Alloh va Uning Payg‘ambariga imon keltirgan banda to‘g‘risida nima deysiz, dedi. Maoz unga:
- Unga yaxshilikni umid qilaman va oqibatining yomon bo‘lishidan ham qo‘rqaman, deb javob berdi. O’spirin:
- Ey, Abu Abdurahmon (Maozning kunyalari), shirk bilan amal foyda bermaganidek, imon bilan hech narsa zarar qilmaydi, deb yo‘liga ravona bo‘ldi. Maoz esa:
- Bu o‘lkada ushbu o‘spirindan ko‘ra faqihroq hech kim yo‘q, dedilar.
(O’spirin bilan Maozning suhbati tugadi.) Abu Hanifa so‘zlarida davom etdilar:
- Isyonkorlarga qarshi kofirliklari uchun emas, balki isyonkorliklari uchun jang qilganlar. Sen odil toifa va sitamkor hukmdor bilan birga bo‘lasan. Isyonkorlar bilan birga bo‘lma. Ko‘pchilik (jamoa) orasida fosiqlar, zolimlar bo‘lsa ham, ular ichida fosiq va zolimlarga qarshi kurashda senga yordam beradigan ahli saloh ham bor. Agarda jamoaning hammasi isyonkor bo‘lsa, ulardan chetlan, boshqa jamoa huzuriga bor! Alloh taolo: «...Allohning yeri unda hijrat qilishlaring uchun (etarlicha) keng emasmidi?..» (Niso, 97, mazmuni)', «...Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!» (Ankabut, 56, mazmuni), degan. Shuningdek, Hammod ibn Ibrohim Ibn Mas’uddan quyidagi hadisni rivoyat qilgan:
«Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar:
— Yer yuzida ma’siyatlar zohir bo‘lsa va sen ularni isloh qila olmasang, u yerdan boshqa joyga ko‘ch va u yerda Rabbingga ibodat qil!»
Ahli ilmlardan ba’zilari sahobalardan rivoyat qilingan quyidagi hadisni menga aytib berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: - Bir odam fitnadan qo‘rqib, bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chsa, Alloh unga yetmish siddiqning savobini yozadi.
Abu Hanifa dedilar:
— Rabbim osmondami yoki Yerdami, bilmayman, desa u Parvardigor sifatlarini bilmagani uchun kofirdir. Alloh taolo: «Alloh osmonlarni, ko‘rib turganingizdek ustunsiz ko‘tarib qo‘ygan, so‘ngra Arsh uzra mustaviy bo‘lgan...» (Ra’d, 2, mazmuni)', «(U) Arsh uzra mustaviy bo‘lmish Rahmondir» (Toha, 5, mazmuny). Men Arshning osmonda yoki Yerda eka-nini bilmayman, desa ham kofirdir. Chunki u bu so‘zi bilan Arshning osmonda ekanini inkor qiladi. Vaholanki, Arsh Illiyinning eng tepasidadir. Alloh ulug‘dir, aksincha bo‘lishi mumkin emas. Pastliqda, narsa ichida yo ustida bo‘lish ilohning sifati emasdir.
Hadisda rivoyat qilinganki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir odam qora cho‘rini yetaklab kelib, u zotga: menga bir mo‘min qul ozod qilish vojib bo‘lib qoldi, mana bu cho‘ri bo‘ladimi, dedi. U zot cho‘riga: sen mo‘minmisan, dedilar. U: ha, dedi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: Alloh qaerda, dedilar. Cho‘ri: munazzah deb yod qildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boyagi kishiga: bu cho‘rini ozod qil, u mo‘mina ekan, dedilar.
Abu Hanifa aytdilar:
- Qabr azobini bilmayman, degan banda halokatga yo‘liqqan, pastkash jahmiyalar toifasidandir. Chunki u: «...ularni ikki bora azoblaymiz...» (Tavba, 101, mazmuni), ya’ni qabrda va do‘zaxda, «Albatta, zolim (kofir) bo‘lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir...» (Najm, 47, mazmuni), ya’ni, qabrda azob bor, degan oyatni inkor etadi. Agar u: men mazkur oyatlarga imon keltiraman, ammo ularning ta’vili va tafsiriga ishonmayman, desa ham kofir bo‘ladi. Chunki ba’zi oyatlar ba’zilarining ta’vilidir. Ularni qat’iy inkor etsa, so‘zsiz, kofirdir.
Abu Hanifa dedilar:
- Bir odam menga Minhol ibn Umardan, u esa Ibn Abbosdan ushbu hadisni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib berdi. U zot (s.a.v.) marhamat qildilar:
- Ummatimning yomonlari: men Do‘zaxda emas, Jannatda bo‘laman, — deydi. Ummatimdan massollarning holiga voy! U zotdan (s.a.v.): «Massollar kimlar», deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Falonchi Jannatda, pistonchi Do‘zaxda bo‘ladi», deydiganlar massollardir, -- dedilar. Ushbu hadisni Abu Sibyon rivoyat qilgan.
Abu Hanifa dedilar:
- Men Nofe’dan eshitdim, u Ibn Abbosdan ushbu hadisni rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar:
- Mening ummatimni Jannatda yoki Do‘zaxda bo‘ladilar, deb aytmanglar! Alloh Qiyomat kuni ular orasida hukm chiqargunga qadar ularni o‘z hollariga qo‘yinglar! Alloh taolo qudsiy hadisda: «Bandalarimni men Qiyomat kupi ular o‘rtasida hukm chiqarmagunimcha va ularni o‘z qarorgohlariga joylashtirmagunimga qadar, ularni sizlar Jannat yoki Do‘zaxga tushirmanglar!» -- deb buyurgan (Hasandan rivoyat qilingan).

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:11:44

Savol: — Qotilning orqasida namoz o‘qib bo‘ladimi?

Javob: — Har bir yaxshi yoki yomon imomning orqasida namoz o‘qish joizdir. Sening savobing o‘zingga va uning gunohi o‘zigadir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:11:51

Savol: — Qilich ko‘tarib odamlarga qarshi chiqqan, ularni o‘ldirgan va ularni xo‘rlagan toifa to‘g‘risida aytib bering-chi.

Javob: -- Ular turli-tuman guruhdirlar, ularning barchasi ham do‘zaxiylardir. Payg‘ambarimizdan, alayhissalom, Abu Hurayra ushbu hadisni rivoyat qilgan. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar:
- Isroil avlodlari yetmish ikki firqaga bo‘linib ketgan edilar. Mening ummatim yetmish uch firqaga bo‘linib ketajaklar. Ulardan «as-Savod al-A’zam» (ahli jamoa)dan bo‘lak hammasi do‘zaxiydirlar.
Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar:
- Islomga yangilik olib kirgan halokatdadir, bid’atni olib kirgan esa zalolatdadir, zalolatda bo‘lgan odam esa do‘zaxiydir.
Yana Ibn Abbos rivoyat qiladilarki, bir odam Payg‘ambarimiz alayhissalom oldilariga kelib: «Yo Rasulalloh, menga ta’lim bering», dedi. U zot: «Bor, Qur’onni o‘rgangin», deb uch marta takrorladilar va to‘rtinchisida:
- Haq, sen yaxshi ko‘radigan odamdanmi yoki yomon ko‘radigan odamdanmi, bundan qat’i nazar, unga yuzlan, Qur’onni o‘rgan, u qaysi tomonga moyil bo‘lsa, sen ham o‘sha tomonga moyil bo‘l! — dedilar.
Ibn Mas’ud rivoyat qilgan hadisda esa Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar:
- Ishlarning eng yomoni dinga kirib qolgan yangiliklardir, har bir yangilik bid’atdir, har bir bid’at esa zalolatdir va har bir zalolat esa Do‘zaxga mahkumdir.
Alloh taolo oyatda: «unga fisqu fujurini ham, taqvosini ham ilhom qilib qo‘ygan...» (Shams, 8, mazmuni), «Haqiqatan, Biz sening ortingdan qavmingni imtihon qildik. Somiriy ularni yo‘ldan ozdirdi...» (Toha, 85, mazmuni) — deydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:12:06

XOHISH BOBI

Savol: — Alloh taolo odamlarni ular xohlamagan narsaga buyurganmi? Va Alloh biror narsani xoxlagan-u, ammo uni qilishni odamlarga buyurmaganmi?

Javob: — Ha.

Qayd etilgan