Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39265 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:13:54

Savol: — Alloh mo‘minlarga kufrni xohlaganmi?

Javob: — Yo‘q.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:14:05

Savol: — Alloh kofirlarni, ularni yaratishdan rozi bo‘lgani uchun azoblaydimi yoki ularni yaratishdan rozi bo‘lmagani uchun azoblaydimi?

Javob: — Alloh ularni yaratishga rozi bo‘lgani uchun ularni azoblaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:14:14

Savol: — Nega?

Javob: - Chunki Alloh kufr uchun ularni azoblaydi, U kufrni yaratishdan rozi bo‘lgan, ammo aynan kufrning o‘zidan rozi bo‘lmagan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:14:22

Savol: Allohning «...U O’z bandalarining kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas...» (Zumar, 7, mazmuni), degan so‘ziga nima deysiz?

Javob: — Alloh bandalarga kufrni xohlaydi, ammo unga rozi bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:14:36

Savol: — Nega?

Javob: — Chunki Alloh Iblisni yaratdi, uni yaratishga rozi bo‘ldi, ammo Iblisning aynan o‘zidan rozi bo‘lmadi. Aroq va to‘ng‘izlar ham shunga o‘xshash. Alloh ularni yara-tishga rozi bo‘lgan, ammo ularning aynan o‘zidan rozi bo‘lmagan. Agar Alloh aroqning aynan o‘zidan rozi bo‘lganida edi, uni ichgan odam go‘yo Alloh rozi bo‘lgan narsani ichgan bo‘lardi. Alloh aroqdan ham, kufrdan ham, Iblis va uning qilmishlaridan ham rozi bo‘lmaydi. Lekin Alloh Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan rozidir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:14:44

Savol: — Yahudiylar: «Allohning «yadi» bog‘liq (baxil)...» (Moida, 64, mazmuni), — deganlarida, Alloh ularning shunday deyishlaridan rozi bo‘lganmi?

Javob: — Yo‘q.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:15:14

XOHISH TO’G’RISIDA BOSHQA BOB

Abu Hanifa dedilar:
- Unga ayt: agar Alloh barcha xalqni farishtalar kabi itoatli qilib yaratishni xoxlaganida, bunga qodir bo‘ladimi? Agar u: yo‘q qodir emas edi, desa, u Allohning: «Bandalari ustidan U g‘olibdir...» (An’om, 18, mazmuni) «...U sizlarga tepangizdan yoki oyoqdaringiz ostqtsan azob yuborishga yoxud sizlarni (turli) firqalarga aylantirib, ba’zingizga ba’zilar zararini totdirishga (ham) qudrati yetadigan zotdir...» (An’om, 65, mazmuni) degan gaplariga binoan Allohni O’zi vasf qidganidek vasf qilmagan bo‘ladi. Agar u: Alloh shunday qilishga qodir, desa, unga ayt: agar Alloh Iblisning itoatda Jabroil kabi bo‘lishini xohlaganida, Alloh shunga qodir emasmidi? Agar u: shunday qilishga Alloh qodir emas, desa, u o‘z so‘zidan qaytgan va Alloxni O’z sifati bilan sifatlamagan bo‘ladi. Agar u: banda zino qilsa yoki o‘g‘irlik qilsa yoki to‘hmat qilsa, bu Allohning xohishi bilan emasmi, desa, unga: ha, banda Allohning xohishi bilan qiladi, degin. Agar u: modomiki banda mazkur ishlarni Allohning xohishi bilan qilsa, nega ularga jazo qo‘llaniladi, desa, unga aytgin: jazo Allohning buyrug‘i bilan qo‘llaniladi, jazoni qo‘llashni Alloh amr qilgan, Allohning amri tark qilinmaydi.
Agar bir odam qulining qo‘lini kessa, bu albatta, u Allohning xohishi bilan sodir bo‘ladi, ammo odamlar uni malomat qiladilar. Agarda u qulni ozod qilsa, uni odamlar maqtaydilar. Vaholanki, mazkur ikki voqea ham Allohning xohishi bilan ro‘y beradi. Bu ikki ishni ham u Allohning xohishi bilan qilgan.
Lekin kim gunoh xohishi bilan ish qilsa, uning bu ishida Allohning roziligi ham, adli ham bo‘lmaydi.
Endi yuqoridagi, nega ularga jazo qo‘llaniladi, degan savoliga kelsak, bu ularning qoidalari bo‘yicha noto‘g‘ri savoldir. Chunki ular ko‘p gunohlarni Alloh taoloning xohishiga bog‘lamaydi. Aroq ichish va boshqa gunoh ishlarga hadni lozim etmaydi. Vaholanki, hamma ishlarni Alloh taolo o‘z xohishi bilan qiladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:15:26

GUNOHKORNI KOFIRGA CHIQARUVCHIGA RADDIYA BOBI

Savol: — Bir odam, biror gunohni qilgan banda kofirdir, desa, unga qarshi qanday dalil bor?

Javob: — Unga Alloh taoloning: «Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim», — deb nido qilgan (paytini es-lang)» (Anbiyo, 87, mazmuni), oyati karimasi aytiladi. Oyatdan ko‘rinib turibdiki, Zunnun (Yunus payg‘ambar) zolim, gunohkor mo‘min, ammo kofir ham, munofiq ham emas ekan.
Boshqa bir oyatda Yusuf alayhissalomning inilari: «...Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo‘ldik» (Yusuf, 97, mazmuni), deganlari aytilgan. Bu oyatdan ham bilinib turibdiki, Yusuf alayhissalomning inilari gunohkor edilar, kofir emasdilar.
Xuddi shuningdek, Alloh taolo Payg‘ambarimiz alayhissalomga: «...Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizdan kechishi...» (Fath, 2, mazmuni) dedi. Alloh bu oyatda «gunohlaringizdan», dedi, kufringdan degani yo‘q. Inchunun, Muso alayhissalom ham odam o‘ldirib qo‘yganida gunohkor bo‘ldi, kofir bo‘lib qolgani yo‘q.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:17:01

Savol: -- Bir odam: inshaalloh (Xudo xoxlasa), men mo‘minman, desa, unga nima deyiladi?

Javob: — Unga Alloh taolo: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey mo‘minlar, (sizlar ham) salavot va salom aytinglar!» (Ahzob, 56, mazmuni), - degan, agar sen mo‘min bo‘lsang, Payg‘ambarga (s.a.v.) salavot ayt, mo‘min bo‘lmasang, u zotga salavot aytma, deyiladi. Shuningdek, unga: Alloh «Ey, imon keltirganlar, qachonki, jum’a kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar!..» (Jum’a, 9, mazmuni), — degan, deyiladi.
Maoz ibn Jabal: Allohga shubha qilgan bandaning shubhasi uning barcha ezgu ishlarining savobini botil (barbod) qiladi. Imon keltirib, gunoh qilgan bandaning gunoxlari mag‘firat qilinishidan umidvor va unga azob berilishidan xavotirda bo‘linadi, deganlar.
Maoz ibn Jabalga bir odam: «Allohga shubha qilishlik, ezgu ishlarning savobini yo‘q qilsa, albatta, imon gunohlarni chilparchin qilib tashlaydi», dedi. Shunda Maoz ibn Jabal: «Qasamyod qilamanki, bu odamdan ko‘ra ilmliroq odamni ko‘rmaganman», dedi.
Bir odamga, sen musulmonmisan, deyilsa, u, «bilma-dim», deb javob qilsa, unga: «bilmadim» degan so‘zing adolatmi yoki zulmmi, degin. Agarda u, «bilmadim» degan so‘zim adolat, desa, unga: bu dunyoda adolat bo‘lgan u dunyoda adolat bo‘ladimi, deb so‘ra. Agar u, ha, u dunyoda adolat bo‘ladi, deb javob bersa, unga: Munkar Nakirga, yaxshi va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga ishonasanmi, degin. Agarda u: ha, desa, undan: sen mo‘minmisan, deb so‘ra. Agarda u: «men bilmayman», desa, unga: sen hech narsani bilmabsan va hech narsaning fahmiga yetmabsan va najot ham topmabsan, degin.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:17:20

Savol: -- Bir odam: Jannat va Do‘zax maxluq emas, desa, biz unga nima deymiz?

Javob: — Undan: Jannat va Do‘zax narsami yoki narsa emasmi? — deb so‘ra. Alloh taolo: «Alloh har bir narsaning Xoliqi (Yaratuvchisi)», «Shubhasiz, Biz har bir narsani me’yorida yaratganmiz...», «Do‘zaxga ular tunu kun ro‘baro‘ qilinajaklar...» degan. Agar u, Jannat va Do‘zax foniy bo‘lib ketadilar, desa, unga: Alloh o‘z in’omlarini «(ular) tuganmas va man etilmasdir» (Voqea, 33, mazmuni), deb tavsif qilgan, degin. Agar u: Jannat va Do‘zaxga ularning ahli kirib bo‘lgach, foniy bo‘lib ketadi, desa, u, shubhasiz, kofirdir. Chunki u bu so‘zi bilan Jannat va Do‘zaxda hayot abadiyligini inkor qilgan bo‘ladi.
Abu Hanifa so‘zida davom etdi:
- Alloh taolo bandalarning sifati bilan tavsif qilinmaydi. Allohning g‘azabi va rizoi — Uning tasavvursiz sifatlaridandir. Bu Axli Sunna val Jamoaning so‘zlaridir. Alloh g‘azablanadi va U rozi bo‘ladi, deyilgan iborada Allohning g‘azabini uqubat, deb va Uning roziligini savob, deb ta’vil qilinmaydi. Biz Alloh o‘zini qanday tavsif qilgan bo‘lsa, shunday tavsif qilamiz. Alloh o‘zini «ahad» (yagona), «somad» (hech kim va hech narsaga muhtoj emas), «lam yalid va lam yuulad» (tuqqan ham emas, turilgan ham emas), «lam yakun lahu kufuvan ahad» (Unga hech teng keladigan zot yo‘q», «hayy» (tirik), «qodir» (qudratli), «sami’» (eshitib turuvchi) «basir» (ko‘rib turuvchi), «olim» (bilib turuvchi) deb tavsif qilgan, biz ham shunday tavsif qilamiz. «Allohning yadi odamlar qo‘llari ustidadir», Uning yadi odamlar qo‘li kabi emas, odamlarning qo‘llari kabi shikast topmaydi, U qo‘llarning yaratuvchisidir. «Allohning yuzi odamlarning yuzi kabi emas», U hamma yuzlarni yaratuvchi zot, «Uning nafsi ham odamlarning nafsi kabi emas», U nafslarning yaratuvchisidir, «Unga o‘xshash narsa yo‘q», u «eshituvchi» va «ko‘ruvchi» zotdir.

Qayd etilgan