Muallif Mavzu: Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 24440 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #60 : 22 Fevral 2008, 07:17:35 »
Savol: — Alloh o‘zi qaerda, deb so‘ralsa, nima deb javob beramiz?

Javob: — Unday savol bergan odamga: Alloh bor edi, makon yo‘q edi, Alloh xalqni yaratmasdan ilgari bor edi, Alloh bor edi, «qaerda», «hech narsa» degan so‘zlar yo‘q edi, U hamma narsaning yaratuvchisidir, deb javob beriladi.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #61 : 22 Fevral 2008, 07:17:45 »
Savol: — Xohlovchi xohlash bilan xohlaydimi, deyilsa, nima deymiz?

Javob: — Unga aytki, sifat bilan bo‘lgani uchun xohlaydi. Alloh qodirdir. U qudrat sifatiga ega bo‘lgani sababli har narsaga qodir. Alloh biluvchi. Bilish sifati zotida borligi sababli U hamma narsani biluvchidir. Alloh molik — mulk egasi. Uning zotida mulkka ega bo‘lish sifati mavjudligi sababli butun olam Uning mulkidir.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #62 : 22 Fevral 2008, 07:17:54 »
Savol: — Alloh xohish bilan xohlaydi, xohish bilan taqdir etadi, bilish bilan xohlaydi, desak to‘g‘ri bo‘ladimi?

Javob: — Savol bergan kimsaga, ha, deb javob ber!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #63 : 22 Fevral 2008, 07:18:09 »
IMON BOBI

Savol: — Imonning qarorgohi qaerda?

Javob: — Imonning ma’dani va qarorgohi qalbdadir. Imonning far’i, sho‘‘basi jasaddadir.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #64 : 22 Fevral 2008, 07:18:18 »
Savol: — Imon barmoqda ham bormi?

Javob: — Ha.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #65 : 22 Fevral 2008, 07:18:29 »
Savol: — Barmoq kesib tashlansa Imon qaerga ketadi?

Javob: — Qalbga.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #66 : 22 Fevral 2008, 07:18:51 »
Savol: — Alloh bandalardan biror narsani talab qiladimi?

Javob: — Yo‘q, aksincha, ular Allohdan talab qiladilar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #67 : 22 Fevral 2008, 07:19:03 »
Savol: — Allohning bandalar ustidagi haqi nima?

Javob: -- Bandalarning Allohga ibodat qilishlari (sig‘inishlari), bandachiliqtsa Allohga hech kim va hech narsani sherik qilmasliklari (shirk keltirmasliklari) Allohning bandalar bo‘ynidagi haqidir. Bandalar shunday qilsalar, ularning gunoxlarini mag‘firat qilish va ularga ajru savob berish bandalarning Alloxdagi haqlaridir. Chunki, Alloh mo‘minlardan rozi bo‘ladi:
«(Ey, Muhammad,) darhaqiqat, Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at (qasamyod) qilayotgan vaqtlarida - rozi bo‘ldi...» (Fath, 18, mazmuni). Iblisdan esa Alloh g‘azabnok bo‘lgan. Allohning: «...Nimani xohlasangizlar, o‘shani qilaveringizlar!..» (Fussilat, 40, mazmuni) degan oyati va’id oyatlaridandir.
«Rabbingiz Uning O’zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi» (Al-Isro, 23, mazmuni).
«Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo‘yib, ko‘rlikni (zalolatni) sevib qoldilar...» (Fussilat, 17, mazmuni), (biz ularga zafar ato etgan va bayon qilgan edik).
«Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf, 29, mazmuni). Bu va’id oyatidir.
«Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Vaz-zoriyot, 56, mazmuni). Ya’ni, Meni yakkayu yagona deb atashlari uchun yaratganman, de-yilmoqtsa. Lekin hamma narsa, yaxshisi ham, yomoni ham, shirini ham, achchig‘i ham, foydasi ham, zarari ham Allohning yaratishi bilan bo‘ladi.
«Mabodo Biz ularga farishtalarni tushirsak va o‘liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo‘lar edilar...» (An’om, 111, mazmuni).
«Agar Rabbing xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilasizmi?! Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas...» (Yunus, 99—100, mazmuni).
«Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo‘lur edi. (Ular) mudom turlicha (har xil e’tiqodda) bo‘lib borurlar. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar...» (Hud, 118— 119, mazmuni), ya’ni, Allohning xohishi bilan. Alloh ularni shuning uchun yaratgan.
«..."Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar", (degan vahiy bilan) paygambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo‘ldan ozishligi qat’iy bo‘lganlar ham bo‘lgan...» (Nahl, 36, mazmuni).
«Alloh xohlaganinigina sizlar xohlaysizlar», ya’ni, Alloh taqdir qilganini xohlaysizlar.
Shuayb alayhissalom dedilar: «Diningizdan bizni Alloh qutqarganidan keyin yana unga qaytadigan bo‘lsak, Allohga yolg‘on to‘qigan bo‘lamiz-ku? Illo, Rabbimiz — Alloh xohlagani bo‘lur. Rabbimizning har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o‘rtasida haqiqiy ajrim ato et! Zero, Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan» (A’rof, 89, mazmuni).
Nuh alayhissalom dedilar: «Agar Alloh sizlarni og‘dirishni istab turgan bo‘lsa, (men) sizlarga nasihat qilishni istaganim bilan, sizlarga nasihatim foyda bermaydi. U Rabbingizdur va Uning huzuriga qaytarilajaksizlar» (Hud, 34, mazmuni).
«(Zulayho) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo‘lgandi. Agar Rabbining hujjatini ko‘rmaganida (bo‘lar ish bo‘lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u (dili) xolis bandalarimizdandir» (Yusuf, 24, mazmuni).
«Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So‘ngra u tavba qilib...» (Sod, 34, mazmuni).
Buyuk va benuqson zot bo‘lgan Alloh biluvchiroq zotdir.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #68 : 22 Fevral 2008, 07:19:27 »
Allohning madadi va husni tavfiqi bilan Abu Hanifaning «al-Fiqh al-Absat» kitobi nihoyasiga yetdi.
Olamlarning Rabbi Allohga hamd bo‘lsin!

Xojamiz va mavloyimiz Muhammad alayhissalomga, u zot avlodlariga va sahobalarining barchasiga Allohning salavoti bo‘lsin!

(Asarlar, Imomi A’zam. Toshkent. 2003 yil)
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: AL-FIQH AL-ABSAT. Imomi A'zam Abu Hanifa
« Javob #69 : 13 Iyul 2008, 09:26:30 »
Al-fiqh al-absat



Muallif: Imomi A'zam Abu Hanifa

Hajmi: 40 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnad

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 749
Ko'rilgan: 252901
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:09:40
muallifi AbdulAziz
Imomi A’zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-akbar

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 29
Ko'rilgan: 14152
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 09:23:00
muallifi AbdulAziz
Alouddin Mansur. Imomi A'zam - buyuk imomimiz

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 11
Ko'rilgan: 26109
So'nggi javob 27 Iyun 2011, 16:16:53
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi A'zam tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2934
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 12:18:48
muallifi AbdulAziz
Vasliy Samarqandiy. Imomi a'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2910
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 01:25:08
muallifi AbdulAziz