Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39254 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:45:55

AL-FIQH AL-ABSAT

Kitob Imomi A’zam bilan shogirdlari Abu Muti’ning savol-javoblariga asoslanib yozilgan.

Savol:
- Eng ulug‘ va eng sodda fiqh nima?

Javob:
- Kimsani gunohi uchun kofirga chiqarmasliging, birorta odamni imonsiz deb mahkum qilmasliging, yaxshilikka buyurishing va yomonliklardan qaytarishing, senga tekkan narsaning tegmasligi mumkin emasligini, senga tegmagan narsaning tegishi mumkin emasligini bilishing, Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ashoblaridan birortalaridan o‘zingni chetga tortmasliging, birlaridan birlarini yaqin tutmasliging. Hazrat Usmon va Hazrat Alining (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) voqealarini Allohga havola qilishing, ulardan birini ikkinchisidan afzal deb bilmasliging eng sodda va eng ulug‘ fiqhdir.
Imomi A’zam so‘zlarida davom etdilar:
- Diniy bilimlarni bilish ahkomlarni bilishdan ko‘ra afzalroqdir. Zero, odamning Parvardigoriga qanday ibodat (bandachilik) qilishni bilishi boshqa ko‘p ilmlarni o‘zida to‘plaganidan ko‘ra foydaliroqdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:50:06

 Savol:
— Eng afzal fiqh qaysi?

Javob:
- Bandaning Allohga imon keltirishni, diniy vojiblarni, sunnatlarni, to‘siqlarni, ummatning ixtiloflarini bilishi eng afzal fiqhdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:50:54

Savol:
— Imon nima?

Javobida Abu Hanifa shunday dedilar:
— Hammod Ibrohimdan, u Alqama ibn Murshiddan, u esa Yahyo ibn Ya’murning Ibn Umarga (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) quyidagi savol bilan murojaat etganini rivoyat qilgan:
-Din to‘g‘risida xabar bering-chi, u nima o‘zi?
Ibn Umar javob qildilar: Imon keltirsang, uni bilasan.
Yahyo ibn Ya’mur: Bo‘lmasa, ayting-chi, imon o‘zi nima? — dedim.
Shunda Ibn Umar qo‘limdan ushlab bir keksa cholning oldiga olib bordilar, uning yoniga o‘tqizib qo‘ydilar va: bu mendan imon nima o‘zi, deb so‘rayapti dedilar. Bu mo‘ysa-fid Badr muhorabasida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ishtirok etganlardan, dedilar-da, menga yuzlanib:
- Men Rasulullohning, sallallohu alayhi va sallam, yonlarida edim, bu mo‘ysafid men bilan birga edi. Shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga boshida sallasi bor, chiroyli ko‘rinishdagi bir kishi kirib keldi. Biz uni badaviy arablardan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. U odamlarning yelkalari osha o‘tib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilarida to‘xtab:
— Ey Allohning elchisi, imon nima? — dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob qildilar:
- «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning bandasi va elchisi» deb iqror bo‘lmoqliging. Allohning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, Qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga ishonmoqligingdir.
Mo‘ysafid, to‘g‘ri aytding, dedi. Biz, badaviylarning savodsizliklariga qaramay, bu mo‘ysafidning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiqlayotganidan ajablandik. Mo‘ysafid so‘zida davom etib:
- Ey Allohning elchisi, Islomning arkonlari nima? - dedi.
- Namoz o‘qimoq, Ramazon oyida ro‘za tutmoq, zakot bermoq, imkoni bor odamga Baytullohga haj qilmoq, janobatdan g‘usl qilmoq, — dedilar Payg‘ambarimiz. Mo‘ysafid:
- To‘g‘ri aytding, — dedi.
Biz yana uning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiq qilayotganidan ajablandik. Go‘yo u Payg‘ambarimiz alayhissalomga ta’lim berayotgandek edi.
- Ey Allohning elchisi, ehson nima? — dedi mo‘safid.
- Allohni ko‘rib turganingdek ish qilmog‘ing. Chunki sen Uni ko‘rmasang ham, albatta, U seni ko‘rib turadi, -dedilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
- To‘g‘ri aytding, — dedi mo‘ysafid va:
Qiyomat qachon bo‘ladi? — deb so‘radi.
- So‘ralayotgan so‘raguvchi odamdan bilimdonroq emas, - deb javob berdilar Payg‘ambarimiz, alayhissalom.
Shundan so‘ng mo‘ysafid o‘rnidan turdi, u odamlar ora-siga kirgach, biz uni ko‘rolmay qoldik. Payg‘ambarimiz alayhissalom:
- Ushbu mo‘ysafid Jabroil alayhissalom edilar. U sizlarning oldingizga diningiz asoslarini ta’lim bergani keldi, — dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:52:25

Savol: — Agar banda yuqorida zikr etilganlarga qattiq ishonsa yoki ularga iqror bo‘lsa, u mo‘minmi?

Javob: - Ha, agar banda ularga iqror bo‘lsa, demak, Islomning barcha ta’limotlariga iqrordir va u mo‘mindir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:54:53

Savol: - Banda Allohning yaratganlaridan birortasini inkor qilsa va: buning yaratguvchisini bilmayman desa-chi?

Javob: - Unda u Allohning: «...U (Alloh) hamma narsaning yaratuvchisidir...» (An’om, 102, mazmuni) degan oyatiga binoan kofirdir. Go‘yo u o‘z so‘zi bilan: buning yaratuvchisi Allohdan o‘zgadir, degan kabi bo‘ladi. Shuningdek u: menga Alloh namoz o‘qishni, ro‘za tutishni, zakot berishni farz qilganini bilmayman desa, Allohning: «Namozni mukammal ado etingaz, zakot beringiz...» (Baqara, 43, mazmuni) va shuningdek, Uning: «...sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi...» (Baqara, 183, mazmuni), «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish vaqtlaringizda ham Allohga tasbeh aytingaz!» (Rum, 17, mazmuni) oyatlariga binoan u kofirdir. Agar u, bu oyatlarga ishonaman, lekin ularning ta’vilini ham, tafsirini ham bilmayman desa, kofir bo‘lmaydi. Chunki u, bularning Alloh tomonidan nozil bo‘lganiga ishongan, ammo tafsirlarida xato qilgan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:02

Savol: — Agar u mushriklar yurtida bo‘lsa, farzlardan va boshqa shariat ahkomlaridan biror narsa bilmasa, Qur’onga ham, shariat ahkomlaridan birortasiga ham iqror bo‘lmasa, faqat Allohga va Imonga iqror bo‘lsa, shu holda vafot etsa, u mo‘minmi?

Javob: — Ha, u mo‘mindir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:18

Savol: — Faqat Imonga iqror bo‘lib, u hech narsa bilmagan va hech qanday amal qilmagan bo‘lsa ham-a?

Javob: — U mo‘mindir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:32

Savol: — Imon haqida aytib bering.

Javob: — Tanho Allohdan o‘zga sig‘inadigan ilohning yo‘qligiga, Uning sherigi yo‘qligiga iqror bo‘lishing, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, Jannatu Do‘zaxiga, Qiyomatiga, yaxshilik va yomonlik Undan ekanligiga iqror bo‘lishing, Alloh amallarni hech kimning ixtiyoriga topshirmaganligiga, odamlar Allohning xohish-irodasi va belgilaganiga muvofiq bo‘lishlariga iqror bo‘lishing.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:42

Savol: — Agar banda bularning hammasiga iqror bo‘lsa-yu, lekin Allohning: «Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin!» (Kahf, 29, mazmuni), degan oyatiga binoan: istasam imon keltiraman, istasam imon keltirmayman, xohish-ixtiyor menda, desa, siz nima degan bo‘lar edingiz?

Javob: — U o‘z da’vosida yolg‘onchidir. Allohning: «Yo‘q! Balki, ular oxiratdan qo‘rqmaslar. Yo‘q! U (Qur’on) bir eslatmadir. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur. Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur’ondan) eslatma olurlar...» (Qiyomat, 53—56, mazmuni); «(Ular) Alloh istaga-ninigina istaydilar...» degan oyatlariga qaramaysanmi?! Allohning «Istagan odam imon keltirsin, istagan odam inkor qilsin!» degan oyati va’iddir. Mazkur banda bu oyatning o‘zini va uning Alloh tomonidan nozil bo‘lganini rad qilayotgani yo‘q. U faqat oyatni ta’vil qilishda xatoga yo‘l qo‘ygan va bu bilan u kofir bo‘lib qolmaydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:50

Savol: — Banda, agar menga musibat yetsa, Alloh u bilan meni sinamoqchimikin yoki musibat meni qilmishimdanmikin, Alloh meni u bilan sinamoqchi emas, desa, kofir bo‘ladimi?

Javob: — Yo‘q.

Qayd etilgan