Savol:
— Imon nima?
Javobida Abu Hanifa shunday dedilar:
— Hammod Ibrohimdan, u Alqama ibn Murshiddan, u esa Yahyo ibn Ya’murning Ibn Umarga (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) quyidagi savol bilan murojaat etganini rivoyat qilgan:
-Din to‘g‘risida xabar bering-chi, u nima o‘zi?
Ibn Umar javob qildilar: Imon keltirsang, uni bilasan.
Yahyo ibn Ya’mur: Bo‘lmasa, ayting-chi, imon o‘zi nima? — dedim.
Shunda Ibn Umar qo‘limdan ushlab bir keksa cholning oldiga olib bordilar, uning yoniga o‘tqizib qo‘ydilar va: bu mendan imon nima o‘zi, deb so‘rayapti dedilar. Bu mo‘ysa-fid Badr muhorabasida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ishtirok etganlardan, dedilar-da, menga yuzlanib:
- Men Rasulullohning, sallallohu alayhi va sallam, yonlarida edim, bu mo‘ysafid men bilan birga edi. Shu payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga boshida sallasi bor, chiroyli ko‘rinishdagi bir kishi kirib keldi. Biz uni badaviy arablardan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. U odamlarning yelkalari osha o‘tib Payg‘ambarimiz (s.a.v.) oldilarida to‘xtab:
— Ey Allohning elchisi, imon nima? — dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) javob qildilar:
- «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning bandasi va elchisi» deb iqror bo‘lmoqliging. Allohning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, Qiyomat kuniga, yaxshilik va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga ishonmoqligingdir.
Mo‘ysafid, to‘g‘ri aytding, dedi. Biz, badaviylarning savodsizliklariga qaramay, bu mo‘ysafidning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiqlayotganidan ajablandik. Mo‘ysafid so‘zida davom etib:
- Ey Allohning elchisi, Islomning arkonlari nima? - dedi.
- Namoz o‘qimoq, Ramazon oyida ro‘za tutmoq, zakot bermoq, imkoni bor odamga Baytullohga haj qilmoq, janobatdan g‘usl qilmoq, — dedilar Payg‘ambarimiz. Mo‘ysafid:
- To‘g‘ri aytding, — dedi.
Biz yana uning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiq qilayotganidan ajablandik. Go‘yo u Payg‘ambarimiz alayhissalomga ta’lim berayotgandek edi.
- Ey Allohning elchisi, ehson nima? — dedi mo‘safid.
- Allohni ko‘rib turganingdek ish qilmog‘ing. Chunki sen Uni ko‘rmasang ham, albatta, U seni ko‘rib turadi, -dedilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.).
- To‘g‘ri aytding, — dedi mo‘ysafid va:
Qiyomat qachon bo‘ladi? — deb so‘radi.
- So‘ralayotgan so‘raguvchi odamdan bilimdonroq emas, - deb javob berdilar Payg‘ambarimiz, alayhissalom.
Shundan so‘ng mo‘ysafid o‘rnidan turdi, u odamlar ora-siga kirgach, biz uni ko‘rolmay qoldik. Payg‘ambarimiz alayhissalom:
- Ushbu mo‘ysafid Jabroil alayhissalom edilar. U sizlarning oldingizga diningiz asoslarini ta’lim bergani keldi, — dedilar.