Imomi A'zam Abu Hanifa. Al-fiqh al-absat  ( 39261 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:55:58

Savol: — Nega?

Javob: — Chunki bu odam Alloh taoloning: «(Ey isonlar), sizlarga ne musibat yetsa, bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir» (Sho‘ro, 30, mazmuni); «Sizga qanday yaxshilik yetsa, u Allohdandir, Sizga qanday noxushlik yetsa, u o‘zingizdandir...» (Niso, 79, mazmuni), ya’ni, gunohing sabablidir, «...Bas, Alloh (O’zi) xohlagan kimsani yo‘ldan ozdirur va (O’zi) xohlagan kishini hidoyat qilur...» (Ibrohim, 4, mazmuni) degan oyatlari ta’vilida xato qilgan. Allohning: «...Alloh inson bilan uning dili (o‘rtasi)da «parda» bo‘lib turadi...» (Anfol, 24, mazmuni) degani, mo‘min va kufr, kofir va Imon o‘rtasida (parda) bo‘ladi, deganidir.
Bandaning ma’siyat qilishga qodirligining aynan o‘zi uning Allohga itoat qilishga ham salohiyatidir. Banda, Alloh unga ma’siyat qilish uchun emas, itoat etish uchun bergan, buyurgan qodirlik salohiyatini gunoh ishga sarf qilgani uchun jazolanadi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:56:09

Savol: — Agar u, nega Alloh bandalarni gunoh qilishga majbur qiladi, so‘ngra ularga azob beradi, desa, siz nima degan bo‘lardingiz?

Javob: — Agar u shunday desa, sen undan so‘ra: Banda o‘ziga o‘zi foyda yoki zarar keltira oladimi? Agarda u: yo‘q, chunki bandalar zarar va foydada majbur qilinganlar, itoat qilish va ma’siyat qilishda emas, desa, unga ayt: Alloh yomonlikni yaratganmi? Agar u: ha, yaratgan, desa, o‘z so‘zidan chiqqan bo‘ladi. Agarda u: yo‘q, Alloh yomonlikni yaratgan emas, desa, u holda Allohning: «...Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga, yaratgan narsalari yovuzligidan...» (Falaq, 1—2, mazmuni) so‘ziga binoan, u kofirdir. Alloh yomonlikning ham yaratguvchisidir. Agarda u: sizlar Alloh kufrni ham, imonni ham xoxlaydi, demaysizlarmi? — desa, biz unga: ha, desak u: «U (Alloh) qo‘rqilishga loyiq va qo‘rqqanlarni mag‘firat qiluvchidir. (Bandalar Undan qo‘rqishi lozim)» (Muddassir, 56, mazmuni), deb, Alloh marhamat qiladimi? — deydi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:56:19

Savol: — Biz unga: ha, desak u: Alloh kufrga loyiqmi? — desa, biz qanday javob qilamiz?

Javob: — Unga ayt: Alloh istagan toatga loyiq, istagan ma’siyatga loyiq emasdir.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:56:31

Savol: — Agar u: Alloh Unga qarshi yolg‘on va tuhmat qilinishini istamadi, desa biz nima deymiz?

Javob: — Unga ayt: Allohga yaqinlik — so‘z va gap bilan bo‘ladimi yoki yo‘q? Agar u: ha, desa, unga ayt: Odamga hamma ishlarni kim o‘rgatdi? Agar u: Alloh o‘rgatdi, desa, unga ayt: kufr so‘zmi yo so‘z emasmi? Agar u: ha, so‘z, desa, unga ayt: kofirni kim so‘zlatdi? Agar u: Alloh, desa, bilginki, ular o‘zlariga xusumatchi bo‘ladilar. Chunki shirk gap jumlasidandir. Agar Alloh xoxlasa, kofirlarga shirkni so‘zlatmas edi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 06:56:40

Savol: — Agar u menga: bir odam xoxlasa, ya’ni, unda bir ishga xohish bo‘lsa, uni qilaberadi, agar xohishi bo‘lmasa, uni qilmaydi, xohlasa yeydi, xohlamasa yemaydi, xohlasa ichadi, xohlamasa ichmaydi, desa, men nima deb javob beraman?

Javob: — Unga ayt: Alloh Bani Isroilga dengizdan kechib o‘tishni hukm qildi, Fir’avnga esa g‘arq bo‘lishni taqdir qildi, shundaymi, degin. Agar u: ha, desa, unga ayt: Fir’avn Musoni izlamasligi, u va uning hamrohlari g‘arq bo‘lmasligi ro‘y berishi mumkinmidi? Agar u: ha, desa, demak, u kofirdir. Agar u: yo‘q, desa, u yuqoridagi so‘zini bekor qilgan bo‘ladi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:02:27

TAQDIR BOBI

Abu Hanifa roziyallohu anhu dedilar: - Hammod Ibrohimdan va u Abdulloh ibn Mas’uddan ushbu hadisni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilganlarini bizga aytdi. Payg‘ambarimiz alayhissalom aytdilar:

- Har birlaringizning yaralish jarayoni shunday kechadi, u qirq kun onasining qornida nutfa, so‘ngra yana shuncha muddatda alaqa, so‘ngra yana shuncha muddatda muzg‘a bo‘ladi.
Shundan keyin Alloh bir farishtani yuboradi va u bandaning rizqini, yashash muddatini, uning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishini yozadi. O’zidan bo‘lak iloh yo‘q zotga qasamki, banda ahli Do‘zaxning ishini qilganida, u bilan Do‘zax orasida bir ziro’ masofa qoladi va shu vaqtda unga kitob g‘olib keladi va u Jannat ahlining amallaridan qila boshlaydi va so‘ng vafot etadi va Jannatga kiradi. Boshqa bir odam esa ahli Jannatning amallaridan qilib yuradi va Jannatga kirishiga bir ziro’ masofa qolganida, unga kitob g‘olib keladi va Do‘zax ahlining ishlaridan qila boshlaydi, so‘ngra vafot etadi va Do‘zaxga kiradi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:03:31

Savol: — Bir odam amri ma’ruf va nahyi munkar qilib yursa va odamlar unga ergashsa, so‘ngra u jamoatga qarshi chiqsa, bunday odam to‘g‘ri qilgan bo‘ladimi?

Javob: — Yo‘q.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:05:00

Savol: — Nega? Axir Alloh va Uning payg‘ambari amri ma’ruf va nahyi munkarga buyurganlar va bu mutlaqo farz-ku.

Javob: — Shunday. Lekin ularning buzadigan narsalari qon to‘kish, halolni harom deyish, mollarni o‘g‘irlash kabi narsalarni isloh qilishlaridan ko‘p bo‘ladi.
Alloh taolo: «Agar mo‘‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar!..» (Hujurot, 9, mazmuni), degan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:05:18

Savol: - Tajovuzkor, haddan oshgan toifaga qarshi qilich bilan kurashamizmi?

Javob: -- Amri ma’ruf va nahyi munkar qilasan, qabul etmasalar, ularga qarshi jang qilasan. Payg‘ambarimiz alayhissalomning: «Sizga jabr qiluvchining zulmi, odil odamning adolati zarar qilmaydi. Sizga o‘z ajringiz, ularga o‘z gunohlari», degan so‘zlariga binoan sen, agar imom sitamkor bo‘lsa, adolatli toifa bilan birga bo‘lasan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:05:29

Savol: — Ochiq xavorij bo‘lganlar to‘g‘risida nima deysiz?

Javob: — Ular xavorijlarning eng ifloslaridir.

Qayd etilgan