Savol: — Agar u, nega Alloh bandalarni gunoh qilishga majbur qiladi, so‘ngra ularga azob beradi, desa, siz nima degan bo‘lardingiz?
Javob: — Agar u shunday desa, sen undan so‘ra: Banda o‘ziga o‘zi foyda yoki zarar keltira oladimi? Agarda u: yo‘q, chunki bandalar zarar va foydada majbur qilinganlar, itoat qilish va ma’siyat qilishda emas, desa, unga ayt: Alloh yomonlikni yaratganmi? Agar u: ha, yaratgan, desa, o‘z so‘zidan chiqqan bo‘ladi. Agarda u: yo‘q, Alloh yomonlikni yaratgan emas, desa, u holda Allohning: «...Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga, yaratgan narsalari yovuzligidan...» (Falaq, 1—2, mazmuni) so‘ziga binoan, u kofirdir. Alloh yomonlikning ham yaratguvchisidir. Agarda u: sizlar Alloh kufrni ham, imonni ham xoxlaydi, demaysizlarmi? — desa, biz unga: ha, desak u: «U (Alloh) qo‘rqilishga loyiq va qo‘rqqanlarni mag‘firat qiluvchidir. (Bandalar Undan qo‘rqishi lozim)» (Muddassir, 56, mazmuni), deb, Alloh marhamat qiladimi? — deydi.