Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn  ( 190276 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 38 B


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:32:00

3-bob
Fatvo haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Ba'zi insonlar fatvo berishni makruh sanashdi. Ilm ahlining ommasi, agar fatvo beruvchi fatvo berishga salohiyatli bo'lsa, joiz deyishgan. Avvalgi toifaning hujjati Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisdir: "Sizlarning do'zaxga jur'atlilaringiz fatvoga jur'atlilaringizdir".

Salmon Forsiydan odamlar fatvo so'rashganida: "Bu sizlarga yaxshi, menga yomon", deganlar.

Abdurahmon ibn Abu Laylo aytadilar: "Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan yuz yigirmatasini ko'rdim. Ularning muhaddisi ham, muftiyi ham o'zidan ko'ra, birodari hadis aytib, fatvo berishini istardi".

Ibn Siyrin aytadilar: "Huzayfa ibn Yamon: "Uchta kishi insonlarga fatvo beradi. Qur'onning nasx bo'lgan oyatlarini biladigan kishi, yoki chorasiz qolgan amir, yoki fatvo so'ralgan ahmoq", dedilar".

Ibn Siyrindan biron narsa haqida so'ralsa: "Men (bu) avvalgi ikkalasi ham emasman, uchinchi bo'lishni ham yomon ko'raman", deb qo'yar edilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:32:11

Fatvo berishni muboh deganlarning hujjati Abu Hurayra, Zayd ibn Ma'badlar aytgan ushbu hadisdir: Ulfa aytadilarki: "Biz Payg'ambarning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlarida edik. Bir kishi turib: "Alloh sizni maqtasin, bizning oramizda Allohning kitobi bilan hukm qiling", dedi. Uning xasmi (adovatchisi) turib — u undan faqihroq edi:  "U rost gapirdi, bizning oramizni Alloh taoloning kitobi bilan hukm qiling, menga izn bersangiz, aytaman", dedi. Nabiy unga ruxsat berdilar. U kishi aytdi: "Mening o'g'lim bu kishiga xizmatchi edi. O'g'lim uning ayoli bilan zino qildi. Unga yuzta qo'y va bir xizmatchini fidya berdim. So'ng ilm ahlidan bu haqda so'raganimda, o'g'lim zimmasiga yuz darra va bir yil surgun, uning ayoli zimmasida rajm (toshbo'ron qilinish) borligini aytishdi", dedi"... Bu hadisda fatvo berishning joizligiga dalil bor. Chunki u kishi: "Ilm ahlidan so'radim, ular menga xabar berdilar", deb aytganida Rasululloh inkor qilmadilar. Yana o'ylab ko'r, bu xabarda fatvo berishning joizligiga boshqa bir dalil ham bor. Garchi boshqa bilimlirog'i bo'lsa ham, ular fatvo berishyapti va Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida fatvo berishyapti! Quyidagi hadis Ali ibn Abu Tolibdan (roziyallohu anhu): U kishidan tuyaqushning tuxumini sindirib qo'ygan muhrim (ehromdagi kishi) haqida so'rashganida, har bir tuxumga tuyaning bolasini qurbonlik qilishni buyurdilar. So'ragan kishi Payg'ambarga (sollallohu alayhi vasallam) kelib, buni xabar berganida, Rasululloh unga: "Alidan eshitganing eshitganing. Lekin shoshil. Har bir tuxum uchun bir miskinga taom berishing vojib", dedilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:32:21

Abu Hurayradan dengiz hayvonini ovlab so'yilsa, ehromli kishi uni esa, halolmi, deb so'rashganida, joiz, deb aytganlar. Abu Hurayra Umarga bu haqda xabar berganlarida, u zot: "Agar bundan boshqasini aytganingda, seni falon-falon qilardim", deganlar. Chunki sahobalar voqealarga hadislar bilan fatvo berardilar. Shunday qilib, fatvo berishni musulmonlar meros qilib olganlar. Chunki Alloh taolo:
 
"Bas, agar o'zlaringiz bilmaydigan bo'lsangizlar, ahli ilmlardan so'ranglar!" (Anbiyo,7), deb aytgan.

Alloh taolo johil (bilmaydigan) kishilarga ulamolardan so'rashga buyurgan bo'lsa, ulamolarga ham so'ralgan narsalarining xabarini berishni amr etgandir.

Hikoya qilinishicha, bir to'p odam uchta oqilning qaysi biri aqlliroq ekanini bilmoqchi bo'lishdi. Xulosa shu bo'ldiki, insonlarning eng aqllisi bilgan narsasini gapiradigan kishi ekan.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:32:52


4-bob
Fatvo berishga haqli kishi haqida

Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Abu Hanifa va u zotning ikki sohibi (Abu Yusuf va Muhammad) so'zlarini, ular qaerdan gapirganini bilgan va insonlarning muomalalarini o'rgangan kishigina fatvo bersa, durust bo'ladi. Agar kishi ulamolarning so'zlarini o'rganganu, insonlarning muomalalari va mazhablarini o'rganmagan bo'lsa, bir masala haqida so'ralganida, odamlarning mazhablarini o'zlashtirgan ulamolar bu masalaga ittifoq qilganini bilsa, bu mumkin, bu mumkinmas, deb aytsa, uning so'zi hikoya tariqasida bo'lib, zarari yo'q. Agar ulamolar ixtilof qilgan masala bo'lsa, bu falonchining qavlida joiz, deb aytishida ham zarar yo'q. U o'zicha bir so'zni ixtiyor qilishi mumkinmas. Ulamolarning hujjatlarini bilmasa ham, ularning fatvolari bilan javob beradi.

Isom ibn Yusuf aytadilar: "Men Mu'tam shahrida bo'lganimda Abu Hanifaning ashobidan to'rttasi — Zufar ibn Huzayl, Abu Yusuf, Aqiba ibn Yazid va Hasan ibn Ziyod to'planishdi. Ular: "Biror kishi, modomiki biz qaerdan gapirganimizni bilmas ekan, bizning so'zimiz bilan fatvo berishi halol (durust) emas", degan qarorga kelishdi".

Ibrohim ibn Yusuf Abu Yusufdan, u Abu Hanifadan rivoyat qiladi: "Abu Hanifa: "Biror kishi bizning so'zimiz bilan fatvo bermog'i durust bo'lmaydi, modomiki biz qaerdan gapirganimizni bilmasa", dedilar".

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:33:07

som ibn Yusufdan rivoyat qilinadi. Unga: "Siz Abu Hanifaga ko'p xilof qilyapsiz. Vaholanki, unga bizga berilmagan fahm ato etilgan. U fahmi bilan biz idrok qilolmagan narsalarni idrok eta oladi. Bizning fahmimiz o'zimizga yarasha, bizga uning so'zi bilan fatvo bermog'imiz durust bo'lmaydi, modomiki u qaerdan gapirganini tushunmas ekanmiz", deyishdi.

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: O'zini muftiy bilgan yoki musulmonlarning ishlaridan bir narsaga valiy bo'lgan va insonlarning hojati unga qaratilgan kishi ularning hojatlarini ado etmasdan hech bir uzrsiz ularni qaytarmasligi lozim. Balki muloyimlik va halimlik bilan muomala qilishi loyiq ishdir. Qosim ibn Muhammad Ibn Abu Maryamdan rivoyat qiladi. U kishi bilan Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) ashobi o'rtasida do'stlik bor edi. Ibn Abu Maryam aytadi: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kim musulmonlarning ishlaridan biror narsada valiy bo'lsa, ularning ehtiyoji va zarurat kunida etishmovchiliklaridan ko'z yumsa, Alloh taolo qiyomat kunida uning zarurati va hojatidan ko'z yumadi", deganlar".

Muftiyga nisbatan tavoze', muloyim bo'lish, zolim, qaysar, dag'al, qo'pol bo'lmaslik lozim. Chunki Alloh taolo:
 
"(Ey Muhammad), Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli ularga yumshoq so'zli bo'ldingiz. Agar qo'pol, qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta, ular atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lar edilar" (Oli Imron, 159).

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:33:23

5-bob
Ixtiloflar haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar ulamolar ixtilof qilgan masalalar haqida gapirishdi. Ba'zilari, ikkalasi ham to'g'ri, deb aytishdi, bu mo''taziliylarning so'zi. Ba'zilari esa, bittasi to'g'ri, ikkinchisi xato, deyishdi, faqat undan gunoh ko'tarilgan. Bu so'z eng to'g'ri so'z.

Avvalgi toifaning hujjati Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan hadisdir: Rasululloh Bani Nazir qabilasining xurmolarini kesishni buyurdilar. Abu Laylo Mozaniy ajva xurmosini, Abdulloh ibn Salom esa, faqat luz xurmosini kesdilar. Abu Layloga, nima uchun ajvani kesding, deyishganda, chunki unda dushmanni zaiflashtirish bor, dedilar. Abdulloh ibn Salomdan, nima uchun sen luz daraxtini kesding, deb so'rashganda, men bilamanki, bu xurmolar Nabiyga (sollallohu alayhi vasallam) qoladi, shuning uchun u zotga ajva daraxti qolishini xohladim, dedilar. Natijada Alloh taoloning:
 
"(Ey mo'minlar), sizlar (Bani Nazir xurmozorlaridan) biron xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki uni o'z poyasida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (sizlar qilgan har bir ish) Allohning izni-irodasi bilan va u fosiq-itoatsiz kimsalarni rasvo qilish uchun (bo'ldi)" (Hashr, 5), degan oyati nozil bo'ldi. Darhaqiqat, Alloh taolo ikkala firqaning ham qilgan ishidan rozi bo'ldi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:33:34

Ikkinchi toifaning hujjati esa, Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) rivoyat qilingan ushbu hadisdir: Rasululloh Amr ibn Osga: "Bu ikkalasining orasida hukm qil", deb buyurdilar. Shunda u: "Siz hozir bo'laturib, men hukm qilamanmi?" dedilar. Rasululloh: "Ha", dedilar. Shunda u zot: " Nimaga binoan hukm qilaman?" deb so'radilar. Rasululloh: "Shunga binoanki, agar to'g'ri hukm qilsang, senga o'n savob bo'ladi, agar xato qilsang, bir savob", dedilar. Darhaqiqat, Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) mujtahid ijtihodida ba'zan xato qilishini, ba'zan to'g'ri topishini ochiq bayon qilib berdilar. Chunki Alloh taolo:

"Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan paytlarini (eslang). O'shanda unga qavmning qo'ylari bo'shalib kirib (uni payhon qilib yuborgan) edi. Biz ular (chiqargan) hukmga shohid edik. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik" (Anbiyo, 78-79), deb turib, Dovud idrok eta olmagan narsani fahmi bilan idrok etgani sababli Sulaymonni madh qildi. Ikkalasiga salomlar bo'lsin. Agar har ikkala hukm ray qiluvchining ijtihodida to'g'ri bo'lganida, Sulaymon (sollallohu alayhi vasallam) fahmini madh qilish lozim bo'lmas edi.

Agar ikkala so'zning biri xato bo'lsa, mujtahidga ijtihod qilishga izn berilgani sababli, undan gunoh ko'tariladi. Muso Juhaniy Talha ibn Mutarrifdan rivoyat qiladi: "Agar uning oldida ixtilof zikr qilinsa, ixtilof demanglar, balki kengchilik deb aytinglar", derdi.

Umar ibn Abdulazizning: "Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ashobining ixtiloflari menga qizil tuyadan ham yaxshiroq", deganlari rivoyat qilingan. Chunki ular ixtilof qilmaganlarida, ulardan so'ng birortaga ixtilof joiz bo'lmas va insonlarga qiyin bo'lib qolar edi. Qosim ibn Muhammad: "Sahobalar ixtilofi musulmonlarga rahmat bo'ldi" deganlar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:33:57

6-bob
Hadisning ma'nosini rivoyat qilish haqida


Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar hadisning ma'nosini rivoyat qilish haqida ixtilof qilishdi. Ba'zilar, faqatgina lafzi bilan joiz, deyishdi. Boshqalar, esa faqat ma'nosining o'zini rivoyat qilish joiz, deyishgan, shu to'g'ri so'zdir.

Birinchi toifaning hujjati Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): "Mendan bir hadisni eshitib, so'ng uni eshitganidek qilib etkazgan kishini Alloh rahmat qilsin", degan so'zlaridir.

Baro' ibn Ozib aytadilarki: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) bir kishiga duo o'rgatdilar. U kishi duoning oxiridagi: "Nozil qilgan kitobing va yuborgan payg'ambaring", degan joyini "yuborgan rasuling",  deb o'qidi. Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) "yuborgan payg'ambaring", deb to'g'irladilar va uni hadis lafzini o'zgartirib o'qishdan qaytardilar".

Ma'nosini rivoyat qilish joiz, deganlarning hujjati Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam): "Ogoh bo'linglar, shohid bo'lganlar g'oyiblarga etkazsin", degan so'zlaridir. Darhaqiqat, Nabiymiz bizga etkazishni buyurdilar.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:34:11

Vosila ibn Asqa'ning: "Agar biz hadisning ma'nosini aytsak, shu sizlarga kifoyadir", deganlari rivoyat qilinadi. Vaholanki, u zot sahobalardan edi.

Ibn Avf: "Ibrohim Naxa'iy, Sha'biy, Hasan Basriylar hadisning ma'nosini etkazardilar", deb aytgan.

Vaki': "Agar rivoyat keng ma'no bilan bo'lmaganida, insonlar, albatta, halok bo'lardilar", deydi. Sufyon Savriy: "Men sizlarga eshitganimdek aytyapman, desam, meni tasdiqlamanglar, chunki Alloh taolo:
 
"Axir ulardan har bir guruhdan bir toifa odamlar (jang uchun) chiqmaydilarmi?! (Qolganlari esa Madinada) dinni o'rganib, (jangga ketgan) qavmlari ularning oldlariga qaytganlarida, u qavmlar Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani (qolmaydilarmi)?!" (Tavba, 122) deb arabcha lafzda aytyapti, agar ularning qavmi arabiy lafzni tushunmasa, bayon va tafsir bilan tushuntirishlari shart bo'ladi". Demak, rivoyat qilishda lafzga emas, ma'noga e'tibor berish kerakligi isbotlandi.

Qayd etilgan


Naqshbandiy  22 Fevral 2008, 07:34:29

7-bob
Hadisni rivoyat qilish va bu ishga ijozat berish haqida


Faqih Abu Lays (rahimahulloh) aytadilar: Odamlar hadisni rivoyat qilish haqida ixtilof qilishdi, agar "bizga hadis aytdi" deganning o'rniga "bizga xabar berdi" yoki aksincha "xabar berdi"ning o'rniga "bizga hadis aytdi", desa, joizmi, joiz emasmi, deb ixtilof qilishdi. Ba'zi hadis ahllari: "Agar sen hadisni muhaddisga aytmoqchi va uni undan rivoyat qilmoqchi bo'lsang, "falonchi bizga xabar berdi", deb aytishing lozim bo'ladi. Agar  senga muhaddis o'qib bersa, falonchi bizga gapirib bergan (hadis aytgan), deb aytasan", deyishadi. Ilm ahlining ko'pchiligi ikkalasini ham baravar bilishgan. Biz shunisini olamiz. Yusuf Qoziydan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinishicha, u kishi aytganlar: "Sen hadisni faqihga o'qib berasanmi yoki u senga o'qib beradimi, xohlasang, hadis aytdi, deysan, xohlasang xabar berdi yoki falonchidan eshitdim, deb aytasan".

Abu Muti' aytadilar: "Men Abu Hanifadan: "Bizga xabar berdi, deymi yoki bizga hadis aytdi deymi?" deb so'radim. U zot xohlasang, xabar berdi, de, xohlasang, hadis aytdi, de", dedilar.

Sha'ba ibn Hajjoj aytadilar: "Xohlasang, xabar berdi, de, xohlasang, hadis aytdi, de, xohlasang, bizga bildirdi, deb ayt. Agar muhaddis, mendan rivoyat qilishingga ijozat beraman, desa, xabar berdi yoki hadis aytdi, deyishing joiz emas, balki falonchi menga ijozat berdi, deb aytasan".

Faqih (rahimahulloh) aytadilar: Xalil ibn Ahmad qozi: "Abu Tohir Ahmad ibn Safin Dayomiy shunday deganlarini eshitdim: "Agar muhaddis, men senga ijozat berdim, deb aytsa, u, men senga mening zararimga yolg'on gapirmasliging bilan ijozat berdim, degan bo'ladi", deganlar.

Qayd etilgan